Baliqlar qanday hidlaydi?

Baliqlar narsalarni hidlab ko’radi, desak ko’pchiligingiz hayron qolishingiz mumkin. Boshqa organizmlar singari baliqlar ham burni bilan hidlaydi. Baliqlarning ikki juft burun kavagi bor. Har bir kavak ikkitadan teshikka ega. Biri oldinda, ikkinchisi uning ortida. Boshidagi burun kavaklari baliq turiga qarab mutlaqo har xil bo’ladi. Suvlarning kirib chiqishi barcha teshiklari orqali amalga oshadi. U oldidan kirib, orqasidan chiqib ketadi. Suv hissiy hujayralarini qo’zg’ab, baliqqa hid haqida xabar beradi. Ko’p baliqlar hidni o’tkir sezadilar. Ular biror narsaning hatto bazo’r ko’rinadigan izini aniqlashlari mumkin. Sezgi baliqlar uchun, ayniqsa, uylariga qaytayotganda o’ta muhim o’rin tutadi. Bilasizmi, bikribaliqlar o’zlarining uvuldiriq sochgan ilk uylariga qaytadilar. Bunga qanday qilib erishadilar? Olimlarning isbotlashicha, ular o’z bolalariga hid orqali yo’l ko’rsatar ekanlar. Tadqiqotchilar bikribaliqni 14 xil hidni bilishga o’rgatdilar. Ayrim baliqlar ikki havzaning suvini ajrata oladilar. Agar ularning burnini yopib qo’ysangiz, hidni bilolmaydilar. Boshqa tajribalar o’tkazish maqsadida bikribaliqlarning bir guruhini boshqa suv havzasiga o’tkazdilar. Yarmining burnini yopib, yarminikini ochiq holda qoldirishdi. Burni yopilganlari adashib qoldi, asl holida qoldirilganlari esa o’z havzalariga suzib ketdi.