Dengiz hayvonlaridan qaysilarining qoni ko’k?

Ustritsalarga amakivachcha bo’lgan sakkizoyoqlarning. Ularning qoni g’ayrioddiy — ko’k! Kislorodga to’yingan payti tim ko’k, venasida esa oq. Bu hayvonlar qonining rangi tarkibidagi metallarga bog’liq. Umurtqalilarning hammasi, shuningdek, yomg’ir chuvalchangi, zuluk va uy pashshalarining qoni qizildir. Ko’pgina dengiz chuvalchanglarining qonida temirning chala oksidi bor, shu bois ularning qoni yashil. Sakkizoyoqlar, o’rgimchaklar, Daryo qisqichbaqasi va chayonlarning qoni ko’kdir. Tarkibida gemoglobin emas, metall sifatida mis bo’lgan gemotsianin moddasi mavjud. Mis esa qonga ko’kish tus beradi. Sakkizoyoqlar yana ikkita tong qoldirarli xususiyatga ega. Birinchisi, ularning yuragi bitta emas, uchta! Biri tanani qon bilan ta’minlasa, qolgan ikkitasi uni oyqulog’lari orqali suradi. Ikkinchisi, tabiat ularga krab va baliqlardan pyure tayyorlashi uchun tishsimon a’zolar bergan. Sakkizoyoqlarning ishtahasi karnay bo’lgani bilan qizilo’ngachi kichkina, ular o’rmon chumolisidan kattaroq keladigan o’ljasini yutolmaydi. Mana shu o’rinda ularga «tishsimon a’zolari» yordam beradi. Sakkizoyoqlarning etli tili mayda tish bilan qoplangan. Tishlar ovqatni qiraverib, kasha qilib tashlaydi. Ovqat og’zida so’lagi bilan namlanadi va oshqozoniga tushadi.