Eng katta daryolar qaysilari?

Dunyodagi eng uzun daryo Nildir. Uning uzunligi 6 670 km bo’lib, Sudan va Misr (Afrika) hududlaridan oqib o’tadi. Uzunligi bo’yicha ikkinchi o’rinda Janubi Amerikadagi Amazonka daryosi turadi, uning uzunligi — 6 275 km. Amazonka eng sersuv daryodir. Uning irmoqlari, ya’ni Amazonkaga quyiladigan daryolar Braziliya, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Ekvadordan oqib o’tadi. Osiyodagi eng katta daryo Yantszidir (Xitoy). Uzunligi — 5 520 km. Shimoliy Amerikadagi Missuri va Missisipi daryolari ko’pincha bitta daryo deb hisoblanadi. Ularning jami uzunligi — 8 150 km. Ammo Missuri Missisipini yarim yo’lda «quvib yetadi». Ularning alohida uzunliklari 4400 km (Missuri) va 3750 km.dir (Missisipi). Afrika qit’asidagi Nildan keyingi eng katta daryo Kongodir, uning uzunligi — 4 200 km.