Eng uzun tog’ tizmasi qaysi?

Shimoliy Amerikaning g’arbiy sohillari bo’ylab cho’zilib ketgan qoyali tog’lar eng uzun tog’ tizmasi hisoblanadi. Uning Janubiy Amerikadagi davomi And deb ataladi. And tog’lari Janubiy Amerikaning g’arbiy yonbag’irlari bo’ylab 7 000 km.ga, ya’ni qit’aning boshidan oxirigacha cho’zilib ketgan. Ispanlar uning Shimoliy qismini bejiz Kordileri (aynan tarjimasi — «arqon») deb atashmagan. Ushbu tog’ tizimida bir nechta 6 000 metrdan oshiq cho’qqilar bor. Chili bilan Argentina o’rtasidagi chegarada joylashgan Akonkagua tog’ining balandligi 6 969 metrga etadi. Akonkagua qit’aning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Andning ko’pgina cho’qqilari faol vulqonlardir. And tog’lari o’zining mis, oltin, kumush singari boy tabiiy qazilmalari bilan ham mashhur. Qadim zamonlarda hindular tog’dan qimmatbaho metallarni qazib olishgan. Dunyoning ko’pgina muzeylarida ulardan tayyorlangan bezaklar, taqinchoqlar saqlanadi.