Erkaklar shaxs sifatida kamol topishlari uchun ko’maklashadigan oltin qoidalar.

O’zingizni shakllantirish faqat o’z qo’lingizda. Dunyo olimlarining bu boradagi xulosalari!

1. Kezi kelsa har qanday omadsizlikdan ham foyda topa bilish mumkin va bu uddaburon erkaklar uchun hatto shartdir. Inqiroz ham kishini o’sishga undaydi, vaziyatni turlicha baxolashga o’rgatadi va eng muhimi bebaho tajribaga ega bo’lasiz. Har qanday holatni o’z foydangiz uchun yo’naltira olishingiz kerak.

2. Har bir voqelikni eng mayda tafsilotlarigacha qayd etib borish kerak. Organayzer tutishga odatlangan ma’qul. Rejalaringiz, g’oyalar va albatta o’y-xayollaringizni doim qayd qilib boring. Yozilganlar xotirada yaxshi qoladi va qaydlarni uzoq muddatgacha saqlash mumkin bo’ladi.

3. Turli vaziyatlarni har doim ham jiddiy qabul qilmaslik kerak. Biroz hazil-huzulga moyillik va o’zingizga nisbatan o’rnida ishlatilgan tanqidiy qarash sizni har qanday holatdan qutqara oladi. Asabiylashmaslikka, o’tmishdagi ginalarni eslamaslikka, kek saqlamaslikka harakat qiling. Bular faqatgina o’z zararingizga ishlaydi, azoblanasiz. Hayotga ijobiy va quvnoq ko’z bilan boqing.

4. Yuz berishidan cho’chiyotgan qo’rquvlaringiz 90 foiz ishonch bilan aytish mumkinki, hayotda aslo sodir bo’lmaydi. Qo’rquvga yo’g’rilgan xayollarning barchasi o’z nomi bilan xayolot mahsuli va ular hech qanday asosga ega emas. Shu sababli onggingizni bu kabi xayollar bilan «ovvora» qilmang.

5. O’zingizni hech qachon o’zga bir inson bilan taqqoslamang. Kimdir sizdan ustunroq ekanligini tan olish qiyin albatta. Shuning uchun o’zingizni faqatgina o’zingizga nisbatan qiyoslang. O’z ustingizda muntazam ishlab, omad va shaxsiy yetuklikka erishing. Aytishadiku, o’zingdan o’zding-o’zgadan o’zding, deb.

6. Hozirda, ayni damda siz ega bo’lgan narsalaringiz uchun o’zingizda shukronalik hissini tuyishingiz kerak. Yaqinlaringizni, qon-qarindosh va atrofingizdagi jamiki insonlarni qadrlashingiz shart.

7. Agar siz vaziyatni o’zgartira olmasangiz u holda vaziyatga nisbatan o’z qarashingizni o’zgartiring. Bu holatda siz albatta ijobiy natijaga erishasiz. Zeroki, zamon senga boqmasa sen zamonga boq, degan naql bor.

8. Muomala madaniyatini, omma bilan muloqotni oliy darajada o’zlashtiring. Insonlarni yaqin do’stingizdek bilib muloqotga kirishing, ochiq bo’ling.

9. O’zingizni hadeb ayblayvermang. Bu hol kuchingizni ketishiga, ko’tarinki kayfiyatingizni tushishiga va eng achinarlisi shaxsiy komolotingizga putur yetishiga sabab bo’ladi. Xato qilgan taqdiringizda ham undan to’g’ri xulosa chiqarib yana o’z yo’lingizda hech bir afsuslanishsiz davom etishingiz kerak. Inson xato qilibgina to’g’ri yo’lni topa oladi.

10. Hayotda o’z o’rningizni toping, faol bo’ling. O’sishdan to’xtab qolmang. Agar sustkashlikka yo’l qo’ysangiz ko’zlagan maqsadingizga aslo erisha olmaysiz. Doim harakatda bo’ling.

11. Biror narsaga erishish uchun avvalo o’zingiz nimadir berishingiz kerak. Bu hayot qonuni. Sevgi, mehr-muhabbat va yordamni kutish emas berish kerak. Birinchi bo’lib sevgingizni izhor qiling, birinchilardan bo’lib mehr ko’rsating, yordam qo’lini beminnat uzatingki sizga ham shak-shubhasiz ana shunday javob qaytariladi.

12. Parkinson qonunida nazarda tutilganidek, siz har qanday ishni o’zingiz kutganingizdanda a’loroq va tezroq bajara olasiz. Agarda sizga biror ishni oxiriga yetkazish uchun bir hafta muhlat berilsa buni uddalash nazdingizda qiyindek tuyuladi, mabodo shu ish uchun atigi ikki soat vaqt ajratildi deyilsa siz shu zahotiyoq e’tiboringizni bir joyga jamlab, bu ishni uddasidan albatta chiqa olasiz.