Greypfrutlar qayerda paydo bo’lgan?

Ko’pgina dasturxonlarga nonushtaga suyumli taom sifatida greypfrut tortiladi. U qanday qilib kundalik yemakka aylanib qolganini bilib qo’yish ziyon qilmaydi. Ammo uning qayerdan paydo bo’lgani hamon sirligicha qolmoqda. «Pompelmus» (pumelo) yoki «jannat olmasi» deb atyladigan bir meva bor. U greypfrutdan ancha kichkina. Ayrim olimlarning fikricha, greypfrut mutasiya — genlarning o’zgarishi oqibatida pompelmusdan kelib chiqqan. 1814 yili bir olim pumeloning bir turini topib oladi va hidi uzumnikiga o’xshagani uchun uni greypfrut — uzum mevasi deb atadi. Ammo hozirgi kunda ham hech kim greypfrut dastlab qayerda paydo bo’lganini aniq aytib bera olmaydi, biroq u Yamaykada paydo bo’lgan, degan taxmin haqiqatga yaqinroqdir. Greypfrut daraxtining bo’yi ham apelsin daraxtiniki singari 4 — 6 metrga yetishi mumkin. Uning mevasi esa apelsindan ikki barobar katta bo’ladi. Greypfrutlar ishlov berish jarayonida yangi sifatlarga ega bo’la boshladi. Ayrimlarining eti och sariq rangdan pushti va qizg’ish tusga o’zgarib ketdi. Ayni paytda AQShda o’sadigan greypfrutning 23 ta och sariq tusli va 4 ta pushti yoki qizg’ish tusli turi bor. Greypfrut hali Amerika qit’asida paydo bo’lmasidan burun Vest-Indiyada meva sifatida iste’mol qilinar edi. U bundan 80 yil burun Floridada o’stirila boshlangan. Endilikda u AQShning ko’pgina Shtatlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarida ham yetishtirilmohda. Greypfrut qumloq, ammo unumdor yerlarda yaxshi o’sadi. Ekilgan daraxt 4 — 6 yildan so’ng hosilga kiradi. U juda serhosildir. Har bir daraxt 590 — 680 kg hosil beradi. Odamlar greypfrutni yil bo’yi iste’mol qilishadi, ammo u pishganidan erta ko’klamga qadar bo’lgan vaqt mobaynida yeyishga yaroqlidir. Shuning uchun ham uni konservalash yo’lga qo’yilgan. Biz ko’pincha tilik-tilik holida konservalangan greypfrutni yoki uning sharbatini ko’ramiz. Greypfrut salomatlik uchun juda foydali. U biz iste’mol qiladigan mevalarga nisbatan S vitaminiga ancha boy. Faqat limon va apelsin tarkibida S vitamini greypfrutdagiga nisbatan ko’proq.