Ilk tarvuzlar qayerda paydo bo’lgan?

Oftob hammayoqni jizg’anak qilib kuydirayotgan pallada muzday va sersuv tarvuzdan ham lazzatliroq nima bo’lishi mumkin? Inson bu mevani ming yillardan beri suyib iste’mol qilib keladi. Tarvuz dastlab Afrikada paydo bo’lgan va keyinchalik iqlimi va tuprog’i to’gri keladigan barcha mintaqalarga tarqalib ketdi. Ko’hna sanskrit tilida tarvuzni ifodalovchi so’z bor. Qadimgi Misrda ishlangan suratlarda ham tarvuz aks ettirilgan. Shundan ham tarvuz bundan 4000 yildan oshiq vaqt muqaddam paydo bo’lganini anglab olsa bo’ladi. Tarvuz qovoqgullilar oilasiga mansub qovunlarning bir turidir. U xuddi bodring kabi yerga yoyilib, sudralib o’sadigan, yaproqlari yassi va cho’zinchoq, guli qo’ng’iroqsimon bir yillik o’simlikdir. Qovunning yana bir ko’hna navi mushkli qovun, asosan, Janubiy Osiyoda o’sadi. Uning zaif va xushta’m hidi bor. Kovunning «kasaba» va «asal ta’mli shudring» navlari kech pishadi va boshqa navlarga nisbatan uzoq saqlanadi. «Kasaba» katta, po’chog’i sariq-yashil tusdagi silliq qovundir. «Asal ta’mli shudring» navining po’chog’i undan ham silliqroq, eti esa ko’kimtir tusdadir. Tarvuz qovunga nisbatan kattaroq va sharbati ko’proq bo’ladi. Ayrim tarvuzlar 20 kg va undan oshiqroq tosh bosadi, ammo aksariyati undan kichik bo’ladi. Uning po’chogi qattiq va yashil, ko’pincha och yashil tasmalari ham bo’ladi va beqasam to’nga o’xshaydi. Tarvuz eti qirmizi, sariq yoki qizil tusdadir. Tarvuz pishib yetilishi uchun uzoq vaqt va issiq iqlim zarur. U yer qizib, muzlash ehtimoli yo’qolgach, ekiladi. Tarvuzni pishgan holicha yeyish mumkin, ammo uni tuzlash, po’chog’idan murabbo tayyorlasa ham bo’ladi. Sharq mamlakatlarida tarvuz urug’i tansiq taom hisoblanadi.