Kashtanga tikan nima uchun kerak?

Tabiat tikanlarni mevaning etini yirtqichlardan himoya qilish uchun yaratgan. Ular ham tikanli sim bajargan vazifani ado etadi. E’tibor bersangiz, inson ko’pincha tabiat ixtirolaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalanadi. Yovvoyi kashtan va boshqa ko’pgina daraxtlarning mevasini qattiq po’choh qoplab olgan bo’ladi. Bu po’choqni olmaning urug’larini o’rab turgan eti va yupqa po’stiga qiyoslash mumkin. Malla kashtanlar kashtan daraxtining urug’idir. Olmaning urug’lari esa mevaning ichida joylashgan bo’ladi. Urug’larning ichida kelgusi o’simlikning homilasi bo’lgan meva kurtaklari bor. Bundan tashqari, urug’ning tarkibida endosperm mavjud. U o’simlik uchun dastlabki paytlarda zarur bo’lgan ozuqa omboridir. Ozuqa moddalar zaxirasi yangi o’simlik unib chiqayotgan payt ishlatiladi. Uni hech kim bevaqt yeb qo’ymasligi uchun meva tikan bilan himoyalanadi. Qulay sharoit keldi deguncha, tikanli yashil po’stloq yorilib ketadi va meva unib chiqa boshlaydi. O’simliklarning mevasi tarkibida ko’plab ozuqa moddalari va darmondorilar bo’lgani uchun ham odamlar va hayvonlar xush ko’rib yeyishadi. Biz kashtan, bodom, yong’oq, loviya hamda boshqa daraxtlarning et va yupqa po’stdan iborat mevalarini iste’mol qilamiz. Ayrim urug’lardan olingan yog’ ham iste’mol qilinadi.