Meva va sabzovotlar o’z nomlarini qanday olgan?

Atrofimizdagi har bir narsaning o’z nomlanish tarixi bor. Ba’zida biz bu nomlar qayerdan paydo bo’lganini eshitib, hayron qolamiz. Masalan, «krijovnik»ning ingliz tilidagi ma’nodoshi (gooseberry) o’zbekchaga aynan tarjima qilinsa, «g’ozning mevasi» degan ma’noni bildiradi. Aslida, bu mevaning g’ozlarga hech bir daxli yo’q. Saksonlar davrida goose so’zi «dag’al», «qo’pol» degan ma’noni anglatgan, ya’ni krijovnik tikanli va dag’al butada o’sadi, degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilidagi raspberry («xo’jag’at») so’zi nemis tilidagi «yig’moq» yoki «bir joyga yig’ilgan» ma’nolarini ifodalovchi so’zdan kelib chiqqan, chunki bu mazali meva kichik mevalarning yig’indisidan tarkib topgandir. Strawberry («qulupnay») so’zi o’simlikdan har tomonga shoxlab ketgan novdalar ma’nosini anglatadi. Straw so’zi «yuguruvchi, intiluvchi» demakdir. Chernika rus tilida o’z rangidan kelib chiqib shunday nomlangan. Uning ingliz tilidagi ma’nodoshi esa poyaga osilib turgan mevaning kranga o’xshashidan kelib chiqqan. Currents («qorag’at») va cherry («olcha»)lar o’zlari ilk marta o’stirilgan joyning nomidan olingan. Uzum ingliz, italyan, daniya va fransuz tillarida «g’ujum» degan so’zdan kelib chiqqan. Olxo’rining inglizcha nomi ikki qismdan iborat. Birinchi qism uni Angliyaga olib kelgan Lord Geyj oti bilan, ikkinchi qismi esa uning g’o’rlikdagi yashil rangi bilan bog’liq. Abrikos («o’rik») lotincha so’z bo’lib, «erta pishuvchi» deganidir. O’rik navlaridan biri bo’lgan «javpazak» (forscha) ham aynan shu ma’noni anglatadi. Pineapple («ananas») «qarag’ay olmasi» deganidir, negaki u qarag’ay g’uddasiga o’xshashdir. «Granat» («anor») yunoncha «granatus» («urug’i ko’p») so’zidan kelib chiqqan. Inglizcha «pomegranate» so’zining birinchi qismi anor meva ekanini anglatadi. Kashtan o’zi kelib chiqqan shaharning otiga qo’yilgan. Walnut inglizchaga saksonlardan o’tgan va «chet el yong’og’i» deganidir, chunki u dastlab Eronda paydo bo’lgan. «Ispan polizi» degan ma’noni anglatadigan so’zdan spinach («ismaloq») kelib chiqqan.