Nega ayrim dengizlar muzlaydi, boshqalari esa muzlamaydi?

Agar globusga qarasangiz, undagi yonlama (gorizontal) punktir chiziqlarga ko’zingiz tushadi. Bu chiziqlar yer yuzasini turli zonalarga bo’ladi. Zonalarning joylashish tartibi ham o’ziga xos. Ekvator atrofida tropik zona joylashgan. U yer sharini shimolga ham, janubga ham 23,5 gradus enlilikdagi tasma bilan o’rab oladi. Uning chegaralari Shimoliy va Janubiy tropiklar deb ataladi. Tropiklarning shimoli va janubida (23,5 gradusdan 66,5 gradusgacha) temperatura mintaqalari joylashgan. Ular mo’tadil iqlim mintaqalaridir. Ularning shimoli va janubida esa qutb mintaqalari joylashgan. Bu mintaqalar shimol va janubdagi 66,5 va 90 gradus oralig’idadir. Har bir mintaqaning o’ziga xos iqlimi bor. Yevropaning g’arbiy qismi mo’tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Chunki u yerda dengiz iqlimi hukm suradi. Demak, u yerda yozda jazirama, qishda esa qattiq sovuq bo’lmaydi. Dengiz yaqinida joylashgan mamlakatlar (Belgiya, Angliyada) da suv deyarli muzlamaydi. Bu yerda qishki suvning temperaturasi yerdagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Yozda esa buning teskarisini ko’ramiz. Yevropaning Sharqiy mintaqalari dengizdan uzoqligi sababli u yerlarda kontinental iqlim hukm suradi. Yozi uncha issiq bo’lmasa ham qishi sovuq bo’ladi. Shuning uchun ham Baltika dengizining Shimoliy qismi qishda muzlaydi. Qutbda esa deyarli issiq bo’lmaydi. U yerda qish yarim yildan oshiq davom etadi, hatto yozda ham jazirama issiq bo’lmaydi. Qutb dengizlarining suvi isishga ulgurmaydi. Shimoliy dengizda yoz oylari ham muzlar suzib yuradi. Shuning uchun ham ayrim dengizlar muzlaydi, boshqalari esa, umuman, muzlamaydi.