Nega qor uchqunlari aynan olti qirrali?

Qor uchquni tabiatning eng go’zal ijod namunalaridan biridir. Bunday nafis shaklni yasash o’ta mashaqqatli ish. Qor yoqqanda millionlab bunday uchqunlar yerga tushadi, ammo ular orasidan ikkita bir xil uchqunni topib bo’lmaydi.

Siz qor muzlagan suv ekanini yaxshi bilasiz. Agar u muzlagan suv bo’lsa, nega oppoq? Axir, muzlagan suv rangsiz bo’ladi-ku! Qorning oqligi sababi shuki, muz kristallchalaridan iborat yassi uchqun yorug’likni qaytaradi va ko’zimizga oppoq bo’lib ko’rinadi.

Suv muzlayotganda kristallar hosil bo’ladi. Negaki, bunda suv molekulalari o’ziga xos tartib bilan tiziladi va biz «kristall» deb ataydigan geometrik shakl hosil qiladi. Suv molekulasi uch zarradan: ikki vodorod atomi va bir kislorod atomidan tarkib topadi. Shuning uchun ham u kristallashayotganda, uch yoki olti burchakli shakl hosil qiladi.

Qorga aylanadigan suv suvning atmosferadagi bug’idir. Suv kristallchalari muzlayotganda ko’zga ko’rinmas darajada kichik bo’ladi. Qor hosil bo’layotganda bu kristallchalarni havo oqimlari goh pastga, goh yuqoriga haydab yuradi.

Bunday ko’chishlar jarayonida ular chang zarralari yoki suv tomchilari atrofida birikadi. Bunday kristallar guruhi tobora kattalashib boradi. Shunday hilib, bir yadroning tevaragida bir necha yuzlab shunday kristallar yig’ilishi mumkin. Bu guruh katta va og’ir holga kelgach, yerga inadi. Biz uni «qor uchquni» deb ataymiz. Ayrim qor uchqunlarining diametri 3 sm.gacha etadi. Uchqunlarning hajmi katta-kichikligi temperaturaga bog’liq.