Nima uchun o’simliklarning ildizi bor?

O’simliklarga ildiz, asosan, ikki narsa uchun kerak. Birinchidan, ular tuproqdagi tayanch vazifasini o’taydi, ikkinchidan, tuproqdan suv va mineral tuzlarni yutadi. Aksariyat daraxtlarning ildizi tuproqda o’sadi. Ular o’simlikka o’sishida yordam beradi. Ildizlar cho’zilib, tarmoqlanib, tuproqqa kirib boraveradi va undan mineral moddalarni so’rib oladi. Yosh ildizdan o’sib chiqadigan minglab tukchalar tuproqdagi moddalarni so’rib oladi. Shuning uchun ham maysa yoki nihol daraxtdan sug’urib olinganda, ildiz tukchalari o’zi bilan birga tuproq ham olib chiqadi. Ayrim o’simliklarning o’q ildizi bo’ladi. O’q ildiz boshqa tarmoqlanib ketgan ildizlarga nisbatan katta bo’ladi. Boshqa o’simliklarning esa bitta emas, bir. nechta bir xil o’lchamdagi o’q ildizi bo’ladi. Bunday ildizlar bog’lamsimon tizimni tashkil etadi. Odatda, o’tlarning shunday tizimi bo’ladi. Bunday to’pildizlarga ega bo’lgan tuproq yemirilmaydi. Ko’pgina o’simliklar, masalan, yorong’ulning ildizi poyasidan o’sib chiqadi. Ildizlar yo’gonlashib borgan sari ko’p miqdordagi qand va kraxmalni yig’a boradi. Bunga lavlagi va shirin kartoshkani misol hqilib keltirish mumkin. Shirin kartoshka ildizdir, ammo ko’zli irland kartoshkasi poyadir. Hamma o’simliklarning ildizi ham tuproqda o’savermaydi. Ayrim daraxtlarda o’sadigan tropik orxideyalarining ildizi havoda osilib turadi. Ular havoda o’sadi, namlikni ham undan shimib oladi. Ingliz pechagi va zaharli pechak ochiq ildizlari bilan devorlarga yoki daraxtlarga yopishib oladi. Ayrim o’simliklarning ildizi esa o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, yer ostida o’sadi va tuproqqa kirib, o’ziga tirgak hosil qiladi. Masalan, shirin kartoshkaning ildizlari kurtak hosil qiladi. Bu kurtaklar yaproqli shoxlarga aylanadi va o’simlik ko’payishi uchun xizmat qiladi.