O’simlikka nega ona va o’gay ona deb nom berishgan?

Deyarli barcha ertaklarda o’gay onalar badjahl va shafqatsiz tasvirlanadi. Bechora Zolushkaning beshafqat o’gay onasidan qanchalar azob chekkanini yoki baxtiqaro Nastyani badjahl o’gay onasi qishning izg’irinli kunlarida o’rmonga haydab yuborgani, Morozko uni samimiy qalbi uchun shafqat qilgani va o’lmay qolganini bir esga oling. Ko’krak bergan ona o’gay onaga nisbatan har doim munis va suyumli bo’ladi. Hayotda har doim ham ertaklardagidek bo’lavermaydi. Ammo aynan shunday hol ro’y berishi aniq. Bargining bir tomoni mutlaq silliq va siypasangiz sovuq, ikkinchi tomoni momiq bilan qoplangani sababli mayin va yumshoh bo’lgani uchun Rossiyadagi o’simliklardan biriga ona va o’gay ona (bizda uni tuyatovon deyishadi) deb nom berishgan. Shu tariqa bu o’simlik bargining bir tomoni o’gay ona, ikkinchisi — ona deb nomlangan.