Protozoa nima?

Agar hovuz suvidan bir tomchi olib, mikroskop tagiga qo’ysangiz, unda millionlab mavjudot suzib yurganini ko’rishingiz mumkin! Bular protozoa — sodda bir hujayrali tirik organizmlardir. Protozoalar suvda va zax yerlarda hayot kechiradi. Bir hujayralilar jonivorning hayot kechirishiga zarur bo’lgan funksiyalarni bajargani uchun olimlar ularni zo’r qiziqish bilan tadqiq etadilar. Ular ovga chiqadilar, ovqat yeydilar, qazm qiladilar. Protozoalar nafas oladi, ozuqasini singdiradi va axlatlardan tozalanadi. Ular ham takror yaralish funksiyasiga ega. Prtozoalar oddiy yo’l bilan hamda yuzasida paydo bo’ladigan «o’simtalar» yordamida ko’payadiki, ular yorilganda yangi xilqatlar paydo bo’ladi. Olimlar 15 000 dan oshiq turi bo’lgani uchun protozoalarni ikki kichik guruh yoki sinfga bo’lishgan. Bu sinflar «rizopodlar» va «infuzoriyalar» deb ataladi. Rizopodlarning gavdasiga qayta kirib ketadigan, betartib joylashgan «soxta qo’l-oyoqlari» bo’ladi. Mazkursinfga «formaminiforlar» yoki parmalovchilar ham kiradi. Ular mayda teshiklari bo’lgan ingichka qobiqlar bilan ta’minlangan. Rizopodlar dengizning sokin va issiq kengliklarida yashaydi. Ular nobud bo’lgandan keyin qobiq dengiz tubiga cho’kib ketadi va yuz yil orasida dengiz tubida bo’r konlarini hosil qiladi. Infuzoriyalar protozoalarning murakkab turidir. Ularning sirtidan o’sib chiqqan tuklar suvda suzishi uchun eshkak vazifasini o’taydi. Protozoalarning murakkab formalari sochga o’xshash tuklarga ega bo’ladi va ular «tsiliya» deb yuritiladi. Protozoalarning ayrim turlari parazitlardir, ular odam va hayvonlar organizmida yashaydi. O’z hayotlarining ma’lum bosqichlarida ular sporalar (o’simlik va zamburug’larda ko’payish va tarqalishga xizmat qiladigan maxsus hujayra)ni vujudga keltiradilar. Protozoalarning ayrim turlari kasalliklar, masalan, bezgak va uyqu kasalini keltirib chiqaradi.