Tog’lar qanday paydo bo’lgan?

Tog’larning ulkan salobatiga boqib, ular abadiy tursa kerak, deb o’ylab qolasan, kishi. Ammo ularni tadqiq qiladigan olimlar, geologlar, tog’lar ham o’zgarib turishini, abadiy emasligini isbot qilib berishi mumkin. Yer yuzasida ro’y bergan ma’lum bir o’zgarishlar nurab, yevrilib boruvchi tog’larni yaratdi. Suvning muzlashi tog’yonbag’irlarini nuratadi, yomg’ir va suv oqimlari qoyalardagi tuproqni yuvib ketadi. Vaqt o’tishi bilan eng baland cho’qqilar ham tepalik va tekisliklarga aylanib qoladi. Geologlar tog’larni paydo bo’lishiga harab, to’rt turga bo’lishadi. Shu bilan birgalikda, tog’lar bundan bir necha million yillar avval yer yuzasida ro’y bergan keskin o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan. «Burma» tog’lar kuchli bosim ta’sirida qisilib, ulkan burmalar hosil qilgan tog’ jinsi qatlamlaridan iborat. Ko’p joylarda ravoq yoki botiq linzalarga o’xshab, egilib ketgan tog’ jinsi qatlamlarini ko’rish mumkin. Bu yer yuzasi bosimi va siquvining natijasidir. Bunga Appalachi va Alp tog’lari misol bo’la oladi. Gumbazsimon tog’larda tog’ jinslari yuqoriga gumbazlar shaklida ko’tarilgan bo’ladi. Katta bosim ostida yer yuzasiga otilib chiqqan suyuq lava bunday tog’ jinsi qatlamlarini hosil qilgan. Bunga AQShning Janubiy Dakota shtatidagi tog’lar misol bo’la oladi.

O’rkach-o’rkach tog’lar yer qobig’ining sinib o’pirilishi natijasida hosil bo’lgan. Yer qobig’ining keng ko’lamli maydonlari, butun boshli tog’ tizmalari qisqa vaqt mobaynida ko’tarilib tushib turgan. Bunga bo’yi 740 km, eni 150 km bo’lgan Serra Nevada tog’ tizmasini misol qilib keltirish mumkin. U AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan. Vulqon tog’lari yer yuzasiga otilib chiqqan lava, vulqon kuli va toshqollardan tarkib topadi. Odatda, vulqonlar tepasida krateri bor konus shaklida bo’ladi. AQShdagi Reyner, Shasta va Xud, Yaponiyadagi Fudziyama, Italiyadagi Vezuviy vulqonlari mashhur. Ko’pgina tog’ tizmalari qayd etilgan usullarning birikishi natijasida hosil bo’lgan. AQShning Rokiz tog’larida qisilish, sinish va hatto lava eroziyasi natijasida hosil bo’lgan tog’ tarmoqlarini kuzatish mumkin.