Tsiklon nima?

Tsiklon yomg’ir bilan birga esadigan va vayronagarchiliklar keltiruvchi kuchli shamoldir. U yo’lida uchragan uylarning tomini ag’darib tashlaydi, daraxtlarni tag-tomiri bilan yulib otadi, ekinlarga zarar keltiradi.

Tsiklonning markazida past bosimli joy bo’lgani uchun ham havoning ulkan massasi uning atrofida tezlik bilan aylanadi. Meteorologiya stantsiyalari tsiklonning bir joydan boshqa joyga ko’chishini kuzatib boradi, muqarrar xavfdan havo va dengiz kemalarini, uning yo’lidagi mintaqalarda istiqomat qiladigan aholini ogohlantirib turadi. Tsiklon yuzlab, hatto, minglab kilometrlik hududlarni qamrab olishi mumkin. Osiyoda tsiklonlar tayfun, Antil orollarida uragan, Afrika va AQShda esa tornado deb ataladi.