Yer atmosferasi nima?

Insonning oy va boshqa sayyoralarni o’zlashtirayotgani to’g’risida o’qiganimizda, biz atmosfera bilan bog’lih savollarga tez-tez duch kelib turamiz. Boshqa sayyoralarda ham atmosfera bormi?

Olimlar aniqlashicha, hech bir sayyora yoki yulduzning yernikiga o’xshash atmosferasi yo’q. Atmosfera o’zi nima? Biz uni yerni o’rab turgan va bir necha yuz mil balandlikka ega bo’lgan havo okeani sifatida tasavvur qilishimiz mumkin.

Havo okeanining butun yer yuzidagi tarkibi bir xil. U, asosan, ma’lum bir gazlardan tarkib topgan bo’lib, ularning proportsiyasi doimo bir xildir. Uning, taxminan, 78 foizini azot, 21 foizini kislorod, qolgan bir foizini kamdan-kam tilga olinadigan argon, neon, geliy, kripton va ksenon gazlari tashkil etadi.

Yer atmosferasi bir-biridan farq qiladigan qatlamlarga bo’linadi. Balandligi 16 km bo’lgan quyi qatlam troposferadir. Bu qatlamda ob-havo shakllanadi. Balandligi 16 km.dan 48 km.gacha bo’lgan qatlam stratosferadir.

Stratosferaning o’rtasida, taxminan, 20-25 km balandlikda yerdagi jamiki jonzotni zararli qisqa to’lqinlar nurlanishidan saqlab turadigan ozon qatlami bor. Ozon kislorodning o’ziga xos shaklidir, uning molekulasi odatdagi ikki o’rniga uch atomdan tarkib topadi. Issiq ozon qatlami bizni Quyoshning o’ta faol ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Uning yordamisiz Quyosh nuriga chidab bo’lmaydi. 100 km.dan yuqoridagi qatlam yoki qatlamlar ionosfera deb ataladi. Ionosfera Quyosh elektrlagan zarralardan iborat. Havo molekulalari doimiy harakatdadir. Atmosfera molekulalar bir-biri bilan to’xtovsiz to’qnashib turgan, ammo boshqa yoqlarga uchib keta olmaydigan sharoitdagina mavjud bo’lishi mumkin. Yuqoriga ko’tarilgan sari havo siyraklashib boradi. Pastdagi molekulaning tepadagisi bilan to’qnashgach, yana orqaga qaytish ehtimoli nihoyatda kam. Shuning uchun ham molekulalar ochiq fazoga chiqadi va atmosfera siyraklasha boradi. Ekzosfera deb ataluvchi zonada atmosferadan yulqinib chiqib ketgan molekulalar erkin harakat qiladi va bu zona yer yuzasidan bir necha yuz kilometr balandlikdan boshlanadi.