Yerni Quyosh atrofida aylanishga nima majbur qiladi?

Keling, ishni yer va boshqa sayyoralarni aylanishga nima majbur qilishini aniqlashdan boshlay qolaylik. Quyosh sistemasining paydo bo’lishi to’g’risidagi nazariyalardan biriga ko’ra, bundan, taxminan, 5 milliard yil muqaddam ulkan chang buluti paydo bo’lib, aylana boshlagan. Natijada u gardishga aylanadi va uning markazidagi issiq massadan Quyosh bino bo’ldi. Chang bulutining chetki qismlari aylanayotgan ayrim-ayrim massalarga aylanadi, ulardan keyinchalik sayyoralar paydo bo’ladi.

Hozirgi paytda yer qatori boshqa sayyoralar ham aylanib turibdi. Nima uchun yer va boshqa sayyoralar ochiq kosmik fazoga uchib chiqib ketmaydi? Bunga Quyosh gravitasiyasi yoki tortish kuchi yo’l qo’ymaydi.

Nyutonning harakat qonuniga asosan, harakatlanayotgan narsa o’ziga tashqi kuch ta’sir qilmaguncha, to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qilaveradi. Shuning uchun ham harakatlanayotgan sayyoralar to’g’ri chiziq bo’ylab Quyoshdan uzoqlashishga intiladi, ammo tashqi kuchlar bunga to’sqinlik qiladi va sayyoralarni o’z orbitasida tutib qoladi. Bunday tashqi kuch Quyosh gravitasiyasi, ya’ni tortish kuchidir. Har bir sayyora o’z orbitasi bo’ylab harakat qiladi va uning tezligi o’zi bilan Quyosh o’rtasidagi masofaga bog’liq. Sayyora Quyoshga yaqin kelganida tezligi ortadi, uzoqlashganda esa susayadi. Yer Quyoshga eng yaqin borganida, tezligi sekundiga 30,2 kilometrga yetadi, eng uzoq yerga yetganda esa — 29,6 kilometrga tushadi. Sayyora orbitasi Quyoshga yaqin borganida uning tortish kuchi ortadi, uzoqlashganida esa kamayadi. Katta tortish kuchi sayyora harakatini jadallashtiradi. Masalan, Merkuriy sekundiga o’rtacha 47,9 kilometr, Pluton esa 4,6 kilometr tezlik bilan harakat qiladi.