Yirtqich o’simliklar o’z o’ljalarini qay tariqa yelimlab qo’yadi?

Shimol o’lkalarida, botqoqliklarda, torf va mox bosgan maydonlarda muxolovkaga yaqin urug’dosh — rosyanka o’sadi. Uning asosiy maqsadi — o’ljasini yelimlab qo’yish. Rosyanka sirtdan muxolovkaga o’xshaydi, ammo uning tikanlari yo’q, och-qizil tukchalarida yopishqoq suyuq tomchilari yaltirab turadi. Chanqog’ini bostirmoqchi bo’lgan hasharotlarni ana shular yelimlab oladi. Hasharot, masalan, pashshaning kichkina oyoqlari tukchalariga tegishi bilan o’simlik yopishqoq suyuqlik ajrata boshlaydi, natijada pashsha butunlay yelimlanib qoladi. U oyoqchalarini sug’urib olmoqchi bo’lib, tipirchilaydi, aksiga olib yopishqoq suyuqlik izchil ajralib chiqaveradi. Bu orada yopishqoq tukchalar pashshani quchib oladi va batamom bargiga yelimlab tashlaydi. Keyingi jarayon muxolovkanikiday davom etadi. Botanik olimlar rosyankaning 80 ga yaqin turini aniqlashgan. Rossiyada kichik, gugurt qutisiday keladigan turi o’ssa, Janubiy Amerikada rosyankaning eng kattasi o’sadi va u qirol deb ataladi. U kichikroq jonivorlarni tutib olishi va hazm qilishi mumkin.