Zang qanday hosil bo’ladi?

Temir, ochiq havoda qolganida, tez orada zanglay boshlaydi. Bu hodisa, u agar suvga tegib tursa, yanada sur’atli sodir bo’ladi. Metall buyumlarni zang bosishidan xalos bo’lish maqsadida odatda bo’yashadi yoki olif bilan qoplama qilishadi. Zang temirning havoda yoki suvda kislorod bilan oksidlanishidan hosil bo’ladi. Afsuski, u metalni bundan buyog’idagi korroziyadan muhofaza qila olmaydi, ya’ni u chiriy boshlaydi. Atmosfera havosi tarkibiga kiruvchi kislorod koroziyalangan qatlamning mitti teshiklari orqali sizib kiradi-da yemirish ishlarini davom ettiraveradi. Shu bois, agar metall buyumlarga himoya qoplamasi surgalmasa, ular tez orada zanglab qoladi va yemirilib ketadi. Bu maqsadda odatda oddiy bo’yoq, olif yoxud maxsus kimyoviy ishlov berishdan (xromlash, nikellash va h.k.) foydalaniladi. Darvoqe, Eyfel minorasiga surgalgan bo’yoqning og’irligi bir necha tonnalardan oshib ketadi.