ABDULKARIM NODIRPOSHO

ABDULKARIM NODIRPOSHO (1807-1885.2, Meteliya) — turk harbiy arbobi. Rossiya-Turkiya urushi (1828— 29) qatnashchisi. 1853—56 yillardagi Qrim urushi davrida Anadolu armiyasiga qo’mondonlik qilgan. 1862 yilda Chernogoriya-Turkiya urushida qatnashgan. 1876 yilda Murod V hukumatida harbiy vazir. Serbiya-Turkiya urushi (1876) da Turkiya armiyasiga qo’mondonlik qilib, serblarni tor-mor qilgan. 1877-78 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi boshlarida turklarning Bolqon yarim orolidagi armiyasiga qo’mondon. Urushdagi mag’lubiyatlar sababli qo’mondonlikdan chetlatilib avval Lemnos oroliga, so’ngra Rodos oroliga surgun qilingan.