AFRIKANERLAR
AFRIKANERLAR (burlar; gollandcha — «dehqon» so’zidan) — JARda yashovchi xalq. 18-asrda ko’chib kelgan golland, frantsuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari, qisman mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. Afrikanerlarning umumiy soni 3 milliondan oshiq kishi (1992). German tillari guruhidagi afrikaans tilida so’zlashadi. Dindorlari xristianprotestantlar. Afrikanerlar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadilar. Afrikanerlar madaniyat va turmushlarida Yevropa normalariga rioya qiladilar.