AFRIKANTROP

AFRIKANTROP (Afrika va Yunoncha anthropos — odam) — neandertallar tipiga mansub qazilma odam. Eyasi odami deb ham ataladi. Tanzaniyadagi eyasi ko’lidan 1935 va 1938 yillarda Afrikantropning bosh suyagi parchalari va ikki oziqtishi saqlangan jag’suyagi topilgan. Suyaklar bilan birga tosh qurollar ham topilgan. Pleystosen davrining 2-yarmiga oid.