BELYAEV VIKTOR MIXAYLOVICH

BELYAEV VIKTOR MIXAYLOVICH (1888.25.1, Uralsk — 1968.16.2, Moskva) — rus musiqashunosi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor (1944). 1941 — 43 yillari O’zbekiston XKS huzuridagi san’at ishlari boshqarmasi, san’atshunoslik instituti va Toshkent konservatoriyasida ishlagan. Rus va ajnabiy kompozitorlar ijodi, rus, o’zbek, turkman va boshqalar. Sharq xalqlari musiqasiga oid tadqiqotlar muallifi. Jumladan o’zbek millim cholg’u asboblari, O’zbekistonning qadimgi musiqa tarixi, Shashmaqom muammolari, usullar tizimini yoritish va Xorazm tanbur chizig’ini zamonaviy notaga ko’chirishga katta hissa qushgan. As: Muzikalniye instrumenti Uzbekistana, M., 1933; Muzikalno etnograficheskaya rabota A. F. Eyxgorna v Uzbekisane. Muzikalnaya folkloristika v Uzbekistane, T., 1963.