10 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro ayol sudyalar kuni.
? Xalqaro Bagpipe kuni.
? Xalqaro planetariylar kuni.
? Xalqaro parik kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ukraina – Davlat madhiyasi kuni.
?? Ruminiya – Székely Erkinligi Kuni.
?? Bolgariya – Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Iroq, ?? Eron, ?? Suriya – An’anaviy kurd liboslari kuni.
?? Ozarbayjon – Milliy teatr kuni.
?? Rossiya – Geodeziya va kartografiya xodimlari kuni‌‌.

? VOQEALAR:

  • 1535 – Ispaniyalik dengizchi Tomas de Berlanga Galapagos orollarini kashf qildi.
  • 1791 – Svayalarni qoqish uchun kopyor patentlandi.
  • 1801 – Britaniyada birinchi aholini ro‘yxatga olish boshlandi.
  • 1806 – Moskva Kremli muzeyi tashkil qilindi.
  • 1862 – AQSh da birinchi bor qog‘oz pullar chiqarildi.
  • 1893 – Fil Suyagi Qirg‘og‘i Fransiya koloniyasiga aylandi.
  • 1900 – Ikkinchi Bur urushi paytida Dreyfonteyn jangi bo’lib o’tdi.
  • 1905 – „Chelsi“ futbol klubi tashkil topdi.
  • 1910 – Xitoyda qulchilik ta’qiqlandi.
  • 1932 – Oqtuba viloyati (Qozog‘iston, 1992 yilgacha Aktyubinsk viloyati)  tashkil topdi.
  • 1943 – SSSRda yadro qurolini yaratish ishlari boshlandi.
  • 1945 – AQSh aviatsiyasi Tokioni bombardimon qildi: 80-100 ming aholi halok bo‘ldi.
  • 1952 – Fulxensio Batista Kubada davlat to’ntarishi uyushtirdi va o’zini “vaqtinchalik prezident” etib tayinladi.
  • 1959 – Tibet inqilobi boshlandi.
  • 1960 – Kanadada hindular ovoz berish huquqiga ega bo‘lishdi.
  • 1977 – Koyper observatoriyasi olimlari Uran xalqalarini kashf etishdi.
  • 1982 – Noyob astronomik hodisa – sayyoralar paradi: jami 9 ta sayyora Quyoshning bir tomonida bir chiziqqa tizilishdi.
    -1992 – Oʻzbekiston va Belgiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
  • 2006 – “Mars Reconnaissance Orbiter” sayyoralararo avtomatik stansiyasi Marsga yetib keldi.
  • 2015 – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 62 yoshida vafot etdi.
  • 2019 – Efiopiyada Boeing 737 MAX samolyoti halokatga uchradi: 157 ta qurbon.

? TAVALLUDLAR:

  • 1503 – Ferdinand I (1564) – Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1556-yildan).
  • 1628 – Marcello Malpigi (1694) – italyan biologi va shifokori, oʻsimlik va hayvonlarning mikroskopik anatomiyasi asoschilaridan biri.
  • 1845 – Aleksandr III (1894) – Rossiya imperatori (1881-1894).
  • 1910 – Viktor Reshetov (1979) – tilshunos-turkiyshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
  • 1927 – Ismatulla Abdullayev – sharqshunos, manbashunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989).
  • 1923 – Val Logsden Fitch (2015) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1980).
  • 1930 – Yustinas Marsinkyavichyus (2011) – Litva xalq shoiri (1978), yozuvchi, dramaturg.
  • 1936 – Toʻti Yusupova – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1994).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1936 – Yozef Blatter – FIFAning 8-prezidenti.
  • 1938 – Azimov Jaloliddin – zoolog, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000).
  • 1940 – Chak Norris – amerikalik kinoaktyor, jangovor san’at ustasi.
  • 1949 – Shukurov Jo’ra – dirijyor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1998).
  • 1952- Narimon Umarov – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (2020-yildan).
  • 1954 – Tamara Doshumova – xonanda, Qoraqalpogʻiston (1977), Oʻzbekiston (1980) va Tatariston (1981) xalq artisti.
  • 1957 – Usama bin Laden (2011-yilda o’ldirilgan) – Saudiya shayxi, “1-sonli terrorchi”.
  • 1958 – Sheron Stoun – amerikalik kinoaktrisa, model.
  • 1968 – Mirzayev Zoir – Toshkent viloyati hokimi.
  • 1972 – Yevgeniy Roshal – rossiyalik dasturchi, WinRaR arxivatorining muallifi.
  • 1977 – Shennon Miller – amerikalik gimnastikachi, ikki karra olimpiya chempioni.
  • 1981 – Samuel Eto’o Fils – kamerunlik futbolchi, Kamerun terma jamoasi hujumchisi.
  • 1984 – Oliviya Uayld – amerikalik aktrisa.
  • 1992 – Emili Osment – kino aktrisa.