22 fevral kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon fikrlash kuni.
? Butunjahon ensefalitga qarshi kurash kuni.
?? Yevropa Ittifoqi – Jinoyat qurbonlari kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Yaponiya – Mushuklar kuni.
?? Yaponiya – Takeshima kuni.
?? Polsha – Jinoyat qurbonlari kuni.
?? AQSh – Milliy yovvoyi tabiat kuni.
?? AQSh – Supermarket xodimlari kuni.
?? Saudiya Arabistoni – Tashkil etilgan kun.
?? Sent-Lyusiya – Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1407 – Amir Temurning nabirasi, Sohibqiron vafotidan oldin uni oʻziga valiahd deb eʼlon qilgan Temuriy shahzoda Pirmuhammad Mirzo vafot etdi.
  • 1495 – Fransiya qiroli Karl VIII Neapolni jangsiz egalladi.
  • 1632 – Galelio Galiley o‘zining “Dunyoning ikki yetakchi – Ptolemey va Kopernik sistemalari to‘g‘rida dialog” asarini chop etdi.
  • 1714 – Sankt-Peterburgda Botanika bog‘i tashkil etildi. 
  • 1744 – Avstriya merosxo‘ri uchun urushda Tulon jangi boshlandi.
  • 1819 – Ispaniya Floridani AQShga 5 million dollarga sotdi.
  • 1828 – Rossiya va Eron o‘rtasida Turkmanchoy shartnomasi imzolandi.
  • 1848 – Parijda burjua-demokratik inqilobi boshlandi. 
  • 1878 – Birinchi martta Chaykovskiyning to’rtinchi simfoniyasi ijro etildi.  
  • 1901 – “Rio-de-Janeyro” yo‘lovchi kemasi halokati: 128 ta qurbon.
  • 1913 – Meksika inqilobi: to‘ntarish natijasida prezident Fransisko Madero o‘ldirildi.
  • 1918 – Qoʻqon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik shartnomasi” imzolandi. 
  • 1945 – Urugvay Germaniyaga urush e‘lon qildi.
  • 1946 – Doktor Zelman Vaksman streptomitsin antibiotigini kashf qildi.
  • 1958 – Misr va Suriya prezidentlari ikki davlat birlashishi to‘g‘risidagi aktni imzolashdi.
  • 1966 – “Kosmos-110” yo‘ldoshi bortida Veterok va Ugolok itlari bilan kosmosga uchirildi.
  • 1968 – sovet antarktika stansiyasi – “Bellensgauzen” ishga tushdi.
  • 1979 – Sent-Lyusiya Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1990 – Angliya hukumati “Jinoyat qurbonlari Xartiyasi” ni e’lon qildi.
  • 1993 – Ganjada ozarbayjon zobiti Surat Guseynov hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi.
  • 1995 – “Adolat” gazetasi chiqa boshladi.
  • 2015 – Xarkovda terakt sodir etildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1403 – Karl VII Muzaffar (1461) – Valualardan bo‘lgan Fransiya qiroli (1422-yildan).
  • 1732 – Jorj Vashington (1799) – Amerika davlat arbobi va harbiy rahbari, AQShning birinchi Prezidenti (1789-1797).
  • 1788 – Artur Shopengauer (1860) – nemis faylasufi, irratsionalizm maktabi ilk namoyondalaridan.
  • 1800 – Anna Kern (1879) – rus zodagon ayoli, memuarist.
  • 1810 – Shopen Friderik (1849) – polyak kompozitori, pianinochi, musiqiy romantizmning yirik vakili, milliy kompozitorlik maktabi asoschisi.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1850 – Fedor Vasilyev (1873) – rus peyzaj rangtasvirchisi.
  • 1857 – Gers Genrix Rudolf (1894) – nemis fizigi, elektrodinamikaning asoschilaridan biri, elektromagnit to’lqinlarni kashf etgan (1888).
  • 1909 – Jamol Karimov (1993) – matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967).
  • 1914 – Renato Dulbekko (2012) – amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1975).
  • 1917 – Yo’ldoshev Sadriddin – biolog olim, akademik (1978), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968). 
  • 1921 – Jan-Bedel Bokasso (1996) – Markaziy Afrika respublikasining prezidenti (1966-1976) va imperatori (1976-1979).
  • 1921 – Mazina Juletta (1994) – italyan kinoaktrisasi.
  • 1948 – Azim Suyun (2020) – shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
  • 1969 – Xoakin Kortes – ispan aktyori, balet raqqosi, YI da lo‘lilar vakili.
  • 1975 – Dryu Berrimor – amerikalik aktrisa.
  • 1975 – Olga Budina – rossiyalik aktrisa, romanslar ijrochisi.
  • 1982 – Dichen Lachman – kelib chiqishi nepallik boʻlgan avstraliyalik aktrisa.
  • 1988 – Ximena Navarrete – meksikalik model, ”Dunyo go‘zali 2010“ konkursi g‘olibasi.