31-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

3001. Mashhur nemis fizik olimi Albert Eynshteyn o‘layotgan chog‘ida ham qandaydir buyuk g‘oyalar, hayotiy xulosalarini bayon qilishga uringan. Afsuski, olimning so‘nggi so‘zlari o‘zi bilan ketgan. Bunga sabab nima?
Javob: Chunki uning yonida turgan hamshira nemis tilini tushunmagan.

3002. Tabiat -Xudo emas
Inson- mashina emas
Faraz esa nima emas?

Javob: Dalil

3003. Kunlardan bir kuni bir kishi Pushkinni mot qilish maqsadida undan so’radi:
-Men bilan quyosh o’rtasida qanday o’xshashlik bor ?
Pushkin o’ylab o’tirmay javob berdi:
Diqqat savol o’zingizni Pushkin deb tasavvur qiling va Pushkin bu vaziyatda qanday javob berganini aniq qilib yozib bering?

Javob: Sizga ham quyoshga ham peshonani tirishtirmay qarab bo’lmaydi.

3004. Uning ajoyib shirinlik ekani balki ko‘pchilikka ma’lum emasdir. Ammo uni sevuvchi bir qahramon bor. Shirinlikning yaralish tarixi ham g‘alati: unga qandolatchilar ham emas,oshpazlar ham emas harbiylar nom berishgan. Oldin uni ko‘pchilik bilmasdi. Hozir uning nomi ancha mashhur. Lekin hammamiz uni tatib ko‘rganmiz deb ayta olmayman.
Diqqat savol : Nomi bizga yaxshi tanish bo‘lgan shirinlikni topib bering?

Javob: Gulbashakar
Izoh: Bizga yaxshi tanish bo‘lgan bu so‘z turklarning milliy shirinligi. Rashod Nuri Guntekinning «Choliqushi» asarida Feridega harbiylar  Gulbashakar deb laqab topishadi. Asarda Feride va Kamronning suhbatidan parcha:
-Gulbashakarni yaxshi ko‘rasanmi Kamron?
-Ha, men gulbashakarni judayam yaxshi ko‘raman

3005. E’tibor bilan kuzating
Bu suratda bir g’alati jihat bor.
Ho’sh bu suratda qanday g’alati jihat bor?

Javob: Bu rasmning g‘alati joyi shundaki rasmdagi ayol “Payalnik”ni uchidan ushlab olgan bu degani payalnik tokka tiqilmagan. Agar tokka tiqilgan bo’lganida ayol ushlab turgan yerini ushlab bo’lmas edi. Chunki u yer issiq bo’lardi

3006. Sherlok Holms safardan uyga qaytgach Vatsonga: Uyda kimdir bo’lgan va nimanidir ta’mirlagan deydi. Keyin esa missis Xadson keladi. Holms unga: Xizmatkor uchun Sizga 2,5 shilling beraymi? – deydi. Xadson: Yo’q, 1,5 shilling! Holms: Yo’q, missis Xadson, u 2,5 shillingga loyiq ish qilgan! Diqqat savol: Holms ning xulosasiga nima sabab bo’lgan?
Javob: SHAM!
Izoh: Hali yoritish tizimi bo’lmagani uchun uy ichida albatta SHAMDAN foydalanishgan. Uning qancha yonganiga qarab esa vaqtni taxminan aniqlasa bo’ladi. Vaqtni bilgandan so’ng shu vaqtda qancha pullik ish qilish mumkinligini hisoblash mumkin!

3007. Yozning issiq kunlaridan birida madaniyatli to’y bazmi bo’lyapti. Hammaga bazmda bir xil sharbat tarqatilibdi. Bir kishi ichimlikni birinchi bo’lib tez ko’tarib ichib qo’yibdi. Qolganlar esa beamalol sekin ichishibdi. Shu kuni to’yda birinchi ichgan kishidan boshqa hamma zaharlanib qolibdi. Diqqat savol zahar qayerda bo’lgan?
Javob: Zahar sharbat ichadigan trubkada bo’lgan?. Birinchi ichgan kishi trubkasiz ko’tarib ichib qo’ygan.

3008. O’rta asrlarda “choryorlar davri” deb aytilgan kimlar yoki qaysi davrni?
Javob: 4 xalifa davri “chor” 4 degani yor xalifa payg’ambardan keyingi xalifalar

3009. Yilning qaysidir oyida 3 ta shanba kuni oyning juft kunlariga to’g’ri kelgan. Shu oyning 25 – kuni haftaning qaysi kuniga mos keladi?
Javob: Dushanba

3010. Xud alayhissalom
Solix alayhissalom
Shuayb alayhissalom
Muhammad alayhissalom
Bu payg’ambarlarni alfa birlashtirib turadi. Alfa ni toping?

Javob: Arab millati
Izoh; Bularning barchasj arab millatidan chiqqan. Qolgan payg’ambarlar boshqa qavmdan chiqqan

3011. “Goldstar” kompaniyasining hozirgi nomi nima?
Javob: LG

3012. Aleksandr Romanovichga ishonadigan bo‘lsak, bir paytlar Buenos-Ayres qirg‘oqlarida suzib yuruvchi bu mahluq odamlarni ancha cho‘chitgan?
Javob: Ixtiyandr

3013. Yaponiyaning Nagoya shahrida futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bo‘lib o‘tgan. O’yin 10 minutli 2 taymdan iborat bo‘lib, tanaffusi esa 20 daqiqa cho‘zilgan. Agar siz u yerdagi “futbolchilarni”
topgan bo‘lsangiz, menga esa nima uchun 20 daqiqa tanaffus berilganini aniq qilib yozib
berishingizni so‘rayman?

Javob: Batareykalarni zaryadka qilish uchun
Izoh: JCh robotlar o‘rtasida o‘tgan.

3014. Kunlardan bir kuni Muhammad Yusuf do’stlari bilan toqqa dam olgani ketayotib bir tol daratining tagida dam olish uchun to’xtashadi. Kun juda issiqligi tufayli chanqagan Muhammad bir eshikni taqillatadi. Uydan bir chiroyli qiz chiqibdi. Muhammad singlim bir kosa suv bersangiz deb suv so’raydi. Shunda u Qiz unga qarab shunday degan
Aylanaman sharqni kezib aylanaman
Iboli bir yor topolmay qiynalaman
O’z yurtimning suluvlari til uqmasa
Uzun ko’ylak turkman qizga uylaman.
Debsiz boring o’sha turkman qizingiz bersin suvni deb eshikni yopib qo’yadi. Bu holatdan tasirlangan Muhammad qaysi sherini yozadi?

Javob: Sodda Muhammad
Izoh: Sodda Muhammadman
Sodda Muhammad
Turkman qizni maqtab baloga qoldim
Havas qilganim ko’ylagiga faqat
To abad bitmas g’avg’oga qoldim

3015. Metro transportlar ichida eng qulay va eng arzon transportlardan hisoblanadi. Eng tez yuradigan metro Yaponiyada eng ozoda metro esa Toshkentda deyishadi. Moskva metrosi ham eng gavjum metro hisoblanadi. Metro yerni tagida bo’lganligi uchun yo’lovchilar tashqi hayotdan uzulib qolganday xuddi lekin Moskva metrosida bu kamchiliklar to’ldirilgan deb bemalol ayta olaman. Chunki yo’lovchilar uchun maxsus boshqa metrolardan ikkita afzal tomoni bor Birinchisini barcha deyarli biladi. Ko’rgan yoki eshitgani aniq .Shunday ekan menga siz Moskva metrosini ikkinchi afzal tomonini ayting?
Javob: ikkinchisi telefonni zaryadlash
Birinchisi Bepul wifi

3016. Bu multfilim menga juda yoqardi. Lekin hojatxonadagi belgi mani asabimi chiqardi. Faqat mani emas balki butun musulmon xalqini. Bu belgini maksimal tarzda toping?

Javob: Yarim oy
Izoh: musulmonlarda yarim oy qanchalik ahamiyatli ekanligini barcha yaxshi bilsa kerak

3017. Uning umri uzun va qisqa bo’lishi dunyoga qay vaqtda kelishiga bog’liq. Masalan, ular iyun oyida dunyoga kelsa 48 kun , iyul oyida dunyoga kelsa 28 kun yashaydi. Kuzda dunyoga kelgani eng ko’p umr ko’radi: u kelgusi yilning may oyigacha yashaydi. U nima?
JAVOB: Asalari

3018. Ayollarning sumkasida tartib bo’lmasligini hamma yaxshi biladi. Ammo bu savolni tayyorlash vaqtida bitta ma’lumotga ko’zim tushib qoldi. Ayolar sumkasi 2 ta mashhur kompaniyaga o’xshar ekan. Chunki ulardan ham hamma narsa topsa bo’ladi.
Diqqat savol: Ayollar sumkasi qaysi kompaniyagalarga o’xshaydi ?
Ikkala kompaniya ham to’liq qilib yozilmasa qabul emas.

Javob: Google va Yandex

3019. Futbol matchi.
Braziliya va Meksika o’rtasidagi uchrashuvda ikki futbolchi janjallashib qoladi. Ulardan biri Koutinyo bo’ladi. Bu vaziyatga U aralashadi. Albatta futbolchilarni tinchlantirish uchun. U ning ko’rinishi va Koutinyoning qiyofasi bir biriga juda o’xshaydi. Shu tufayli hakam unga qizil kartochka ko’rsatib yuboradi. U jahl bilan maydonni tark etadi va kiyim almashtirish xonasiga kirib endi butsasini yechayotga orqasidan murrabbiy kirib keladi va uni maydonga qaytishi aytadi. Ahir qanaqasiga menga qizil ko’rsatishdiki deb javob beradi. Muhlislar seni qaytishingni talab qilishyapti. Hattoki hakam ham almashtirilgan.
Endi savol: U deganda kim nazarda tutilyapti. Kim uchun shunchalik qonun hatto qizil kartochka bekor qilingan?

Javob: Futbol qiroli
Pele

3020. Savol, Bir kishi 5 soatda konstitutsiya yaratgan kim va qaysi davlat?
Javob: Otto fon Bismark “Temir kansler” Germaniya

3021. Kitob betlarini sahifalab chiqish uchun 1012 ta raqam ishlatildi. Agar raqamlash 3-betdan boshlangan bo‘lsa kitob necha betlik?
Javob: 374 bet

3022. Dunyoda eng Televizor tomosha qiladigan xalq aynan ular ekan. Ular 9 soat vaqtini Televizor ko’rishga sarflashar ekan. Diqqat savol bu qaysi xalq?
Javob: Yaponlar

3023. Kuydirish uchun kuyish
Ardoqlash uchun ardoqlanish shart
Ushbu misralar muallifi kim?

Javob: Abdulla Qahhor

3024. ”Adabiyot yashasa millat yashaydi” fikr muallifi kim?
Javob: Cho’lpon

3025. Yunonlar uni sfinks deb atashgan. U ishlatgan qatl uslubi odamlarni jalb qilmaydi. Bir mashhur adabiy qahramon ham bu qatl uslubidan foydalangan. Endi menga uning nomini emas, yunonchada sfinks qanday ma’noni bildirishini ayting?
Javob: Bo’g’uvchi.
Izoh: Gap bo’g’ma ilon haqida bormoqda. Adabiy qahramon bu – Otello.

3026. Adabiyot atomdan kuchli lekin uning kuchini …. uchun sarflash kerak emas. Nuqtlar o’rnidagi so’zni toping?
Javob: O’tin yorish

3027. Agarda sizga buloq suvini yoki botqoqlikda to‘plangan suvni ichish uchun taklif qilishsa, siz ham boshqalar ham albatta buloq suvini tanlaysiz. Botqoqlikdan
olingan suvni buloq suvidan ustun qo‘yuvchi bir soxa kishilari ham bo‘lgan.
Savol: Bu kasb egalari kimlar ekanligini topgan bo‘lsangiz ular nima uchun botqoq suvini ma’qul qo‘rishadi?

Javob: Bu kasb egalari – dengizchilar. Ular orollarga to‘xtab suv zaxira
qilishgandi buloq suvidan ham, botqoqlikda sizib chiqqan suvlarni bochkalarga
joylab olib ketishgan. Sababi oddiy buloq suvidan ko‘ra, botqoq suvlarini uzoq
saqlash mumkin. Unda tabiiy antiseptiklar ko‘p, u suvni aynishini oldini oladi.

3028. Ibn Sino aytgan ekan : “u shunday kasallikki uni davolab bo’lmaydi,
uni faqatgina yo’qotish kerak “
Savol Ibn Sino qaysi kasallikni nazarda tutgan?

Javob. Sepkil

3029. Fransiyalik etnograf 1879-yili Gruziyaga sayohat qilganida, gruzin bozorlarida qanchalik qiziq bo’lmasin bu ikki buyumning bir joyda tayyorlab sotilayotganidan hayratlanib, bu holatni qanchalik faylasufona, shoirona deya izohlaydi. Savol: bu ikki buyum nomini ayting?
Javob: Beshik va tobut

3030. U odam organizmiga zarar qilibgina qolmay, balki atrof -muhitga ham ta’sir qiladi. Hatto, qog’oz yetishmayotgan poligrafiya sanoati ham undan zarar ko’rishi aniqlandi. Mutaxasislarning hisob kitobiga ko’ra u narsaning kuniga 10 donasidan foydalanadigan odam bir yilda 58 ming 400 kvadrat sm qogozni yo’qqa chiqarar ekan. Shu hajmdagi qog’oz bilan 150 sahifali kitob chiqarish mumkin. Savol u nima?
Javob: Sigaret. Tamaki

3031. Britaniya muzeyi shtatida oltita mushuk paydo bo’ldi. Ularning o’z formalari bor, ular ham barcha xizmatchilar qatori yiliga 50 funt sterling oylik oladi. Ularga hatto bepul ovqat ham berishadi. Lekin har kuni emas. Chunki, mushuklar qorinlarini to’yg’azib olgach, o’zlarining birinchi darajali vazifalarini unutib qo’yishlari mumkin. Har xolda muzey rahbarlarining fikrlari shunday. Diqqat savol xurmatli bilimdonlar oltita mushukning aynan muzey rahbarlari fikricha vazifalari nima?
Javob: Sichqon ovlash

3032. Unga aniq ta’rif berib bo’lmaydi. U qalb uchun xokimlik qilish istagi, aql uchun ichki o’xshashlikka intilish istagi, tana uchun esa egalikka intiluvchi nozik istakdir. U qanday istak?
Javob: Sevgi

3033. Negrlar ” XX asrning eng telba oq tanli kishisi” deb kimni aytishgan?
Javob: A. Gitler

3034. Chin do’stlar xuddi X va Y ga o’xshashadi. Agar X og’risa Y bir harakatni amalga oshiradi.
Agar Y o’sha harakatni amalga oshirsa, X darxol uni bartaraf etadi.
Diqqat savol X va Y nima bo’lishi mumkin?

Javob: X bu Qo’l Y Ko’z
Izoh. Qo’l og’risa ko’z yoshlanadi. Agar ko’z yoshlansa qo’l uni darxol artadi.

3035. Hozirgi Messining yoshlikdagi Messiga yozgan maktubi.
Hozirgi asr endi boshlangan vaqtda sen samolyotda uchib ketyapsan. Parijda bir yulduz porlamoqda X degan. U sening akanga aylanadi Barselonaga kelganingda seni yaxshi qarshi oladi. Ammo tayyor tur qismat seni deb X ni Barselonadan ketkazib yuboradi. Yo’q yo’q bunda seni zarracha aybing bo’lmaydi. U o’ziga o’zi qiladi. Aytmoqchimanki sen undan futboldagi sehrgarligini o’rgansang ham uning bir jihatini o’rganma.
Diqqat savol X bu kim va Messi undan nimani o’rganmasligi kerak?

Javob: X bu Ronaldinho. O’rganmaslik kerak bo’lgan jihat bu uning harakteri.

3036. Rimliklar xudolarining ko’pchiligi yunonlar xudolarini esga soladi. Muhim ish boshlashdan oldin Rimliklar bu ishda madad berishi uchun xudolarga qurbonlilar bag’ishlar edilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Maalan jangda mag’lubiyatga uchragudek bo’lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jahlini chiqardik degan hayolga borishgan. Demak qadimgi Rimda urush xudosi Mars bo’lsa Yunonlarda urush xudosi kim?
Javob: Ares

3037. Qaysi kasb egalari kasbidan tashqari yana jarima yozishi, Qamoqqa olishi, xatto olamdan o’tayotgan odamni merosini rasmiylashtirishga ham haqqi bor?
Javob: Samolyot kapitani

3038. Buyuk zotlar o’z qadrlarini doimo baland tutganlar. Masalan: Jorj Vashington
“Hazrat oliylari” deb atashlarini istagan. Kolumb esa Dengiz admirali.
Xindlar vitse-podshosi deb taqdirlashlarini so’ragan. Hammadan Viktor Gyugoniki ortib tushgan u Parij shahriga o’z nomini qo’yishlarini so’ragan. Vilyam Shekspir esa nafaqat o’z nomini, balki butun avlodini e’tirof etilishini istab, o’z urug’-aymog’i uchun uni yasatmoqchi bo’ladi. Savol: Shekspir avlodi ulug’vorligini ko’tarish uchun nima yasatmoqchi bo’lgan?

Javob: Shekspir o’z avlodining gerbini yasatmoqchi bo’lgan.

3039. Xondamir Alisher Navoiyning bir asariga shunday ta’rif bergan
“Haqiqatdan, ul hazratning sher nozikliklari to’g’risidagi mahoratlarining ko’pligi bu risoladan anglanadi. Chunki o’tmishdagi shoirlar sezgilarining nuri tushmagan bir qancha maqbul bahri aruz doirasiga doirasiga qo’shganlarki u qimmatli nusxa mutolaa qilinsa, bu nuqta ma’lum bo’ladi”. Diqqat savol Xondamir Navoiyning qaysi asariga shunday ta’rif bergan?

Javob. “Mezon ul-avzon”

3040. Otasi Ozor budga sig’inuvchilarning sardorlaridan biri bo’lib va o’zi bud yasab sotardi. Bu qaysi payg’ambarning otasi edi
Javob: Ibrohim a.s

3041. Rivojlanib borayaotgan sohalar juda ko’p . Agar siz ham sohangizni rivojlanishiga o’z hissangizni qo’shishni istasangiz, jamiyat X i bilan bevosita bog’liq holda ish tutishingiz lozim bo’ladi.
X-?

Javob: Ehtiyoj

3042. Bir kuni bir bola ota onasiga savol beribdi nima uchun u meniki bo’lsa ham faqat sizlar ishlatasiz savol Ota Ona bolaga tegishli nimani ishlatadi?
Javob: Ism

3043. Hayotda xursand bo’lishga arzigulik narsa qolmadi desangiz qattiq adashasiz. Bu ishni qilishning o’zi ham xursand bo‘lishga arziydi qolgani esa o’z qo’lingizda. Diqqat savol: Bu ish deganda nima nazarda tutilyapti?
Javob: Tongni qarshi olish
Izoh: Tongni yaxshi kayfiyatda boshlab olsangiz kunni qanday kayfiyatda o’tkazish o’z qo’lingizda.

3044. 2008-yil chempionlar ligasi yarim final o’yini (Barselona-Inter). O’sha yili Gvardiola va Mourinyolarning ilk to’qnashuvlaridan biri. Shu o’yinda Barselona ikki o’yin natijasiga ko’ra 3-2 hisobida mag’lub bo’ladi. Bu yerda natija hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ahamiyatlisi Barselona shu yili tiki-takani avjiga olib chiqqan. Barselonani to’xtatishni iloji yo’q edi. Ammo Mourinyo Barselonaga bitta usul qo’llaydi. Shu usul yordamida 3 ta gol uradi. Diqqat savol: Mourinyo tiki-takaga qarshi qanday usul qo’llaydi ?
Javob: Avtobus qo’yish usuli. Ya’ni Mourinyo himoyakor o’yin ko’rsatgan

3045. Ellikqal’a tumani haqida hamma eshitgan bo’lsa kerak. Ko’pchilik bu nom 50 ta qal’a nomidan kelib chiqqan deb o’ylashadi. Aslida unday emas ekan. Bu yerda bitta qal’a, shamol tegirmoni, uylar, bozor va tepaliklardan tashkil topgan ekan. Diqqat savol bu yerda 50 ta qal’a bo’lmasa Ellikqal’a nomi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Bu yerda shamol ko’p esgan shu tufayli aholi bu yerni yellik qal’a deb atagan ammo vaqtlar o’tishi bilan yellikqal’a nomi o’zgarib Ellikqal’a bo’lib ketgan.

3046. Qora oqqushlar haqida hamma eshitgan bo’lsa kerak. Yer yuzda ular juda keng tarqalgan deya olmayman. Ammo ular bir davlatning ramzi bo’lishga ulugurishgan. Bu davlatda ramz bo’lishga arziydigan hayvonlar juda ko’p. Ammo ular qora oqqushni ham o’z ramzlariga kiritishgan. Diqqat savol bu qaysi davlat?
Javob: Avstraliya

3047. Asal va Rashid=Via Marokand
Sarvar va Komil=Benom
Zohid(endi yo’q), Jasur va Shohrux=Ummon
Sarvar va Natalaya=Via Sharq
Ketma-ketlikni tushungan bo’lsangiz, unda quyidagilarni nima birlashtiradi.
Minor, Uzmir va Major=?
Ularni qaysi nom birlashadi?

Javob: LightDream

3048. Ushbu taniqli kompaniya nomi bag’rikenglik xudosining (budda madaniyati-kvanon) nomidan olingan bu qaysi kompaniya?
Javob: Canon

3049. Bu brendning nomlanishi kompaniyaning ikki asoschisi Bill Hyulett va Deyv Pakkard(Packard) ning familiyalarida ma’lum bir xarflardan kelib chiqqan. Bu qaysi brend ?
Javob: HP

3050. Bu kompaniya o’z ishini daraxtni qayta ishlashdan boshlab keyinchalik Finlandiyaning bir shahrida rezina ishlab chiqarishini yo’lga qo’ygan. Shundan so’ng jarangdor kompaniya nomi kelib chiqqan. Bu qaysi mashhur kompaniya?
Javob: Nokia

3051. Eynshteynning yordamchisi professorga debdi:
-,,Professor, hamma gazetalar Sizning yetmishga kirganingizni yozishibdi”.
Ishga nihoyatda berilib ketgan olim shunday javob bergan ekan.
Enshteyn qanday javob bergan?

Javob: Meni nomimdan uni tabriklab bitta guldasta yuboring

3052. Ajdodlar:
— Samarqandu Buxoroni bizlar qurganmiz,
Avlodlar:
— Bizlar esa siz qurganni borib ko‘rganmiz,
Ajdodlar:
— Shaxmatni biz o‘ylab topdik, shavqlarga to‘ldik.
Avlodlar:
— Bizlar esa uni o‘ynab chempion bo‘ldik.
Ajdodlar:
— Ipakni ham yetishtirdik qadim zamonlar.
A v l o d l a r :
— Bizlar esa u ipakdan eshdik arqonlar,
Ajdodlar:
— Til yaratdik, yozuv tuzdik go‘zal hamda boy,
Avlodlar:
— Biz ularga muzeylardan topib ko‘ydik joy,
Ajdodlar:
— Bizdan qoldi sho‘x daryolar, ko‘llar musaffo,
Avlodlar:
……
Ho’sh avlodlar bu paytda qanday javob bergan?

Javob: Ularni ham quritgaymiz bir kun inshoalloh
Abdulla Oripov
Aytishuv sheridan

3053. Milan go’zal shahar. Milanning ham Rimga o’xshash jihati bor. Masalan Rimda Kolizey bo’lsa, Milanda ham Kolizeydan kam bo’lmagan bir inshoat bor. Ammo zamonaviy ko’rinishda. Bu yerda ham gladiatorlar jangi o’tkaziladi. Ammo Rimdagidan farqi Milandagi gladiatorlar yo’l-yo’l kiyimda bo’lishadi. Diqqat yo’l-yo’l gladiatorlar kimligi aniqlagan bo’lsangiz. Milandagi Kolizeydan kam bo’lmagan gladirtorlar jang o’tkazadigan bino nomi ?
Javob: San Siro
Izoh: yo’l-yo’l gladiatorlar bu Milan va Inter jamoalari edi. Ularning deyarli barcha uchrashuvi mana shu San Siro stadionida bo’lib o’tadi

3054. Ikkita qit’ada joylashgan klublar to’qnashuvini derbi desa bo’ladimi? Ha albatta bo’larkan. Bunga misol qilib aynan mana shu ikkita klubni misol qilib ko’rsatish mumkin. Qiziq jihati shundaki ikkita qit’ada joylashgan klublar bitta milliy chempionatda to’p shurishadi. Bu klublar o’rtasidagi o’yinlar janjalsiz tugamaydi. Diqqat savol geografik joylashuvdan kelib chiqib gap qaysi klublar haqida ketayotganini aniq qilib yozib bering?
Javob: Fenerbaxche va Galatasaroy
Izoh: Feneraxche Turkiyaning Yevropada joylashgan qismida joylashgan. Galatasaroy esa Osiyo qismida joylashgan.

3055. 1997 yili Sank-Peterburg uning 150 yilligi keng nishonlanadi. 150 yil оldin u bino Peterburgda ish boshlagan edi. Faqat bir narsani aytib qo”yay uning vatani aynan Peterburg deb ayta olmayman. Markaziy gazetalardan biri bu yirik sana haqida maqola yozib, sarlavhasida “Burchaksiz uy” deb atagan. Savol: 150 yil oldin qurilgan bu qanday bino edi?
Javob: Sirk

3056. Cho’ponlar bozordan echki harid qilayotganida uning qulog’iga diqqatni qaratishadi.
Aynan katta va uzun quloqli echkini harid qilishadi. Savol: nega katta quloqli echki sotib olishadi?

Javob: Egiz tug’adigan echkilarning qulog’i uzun bo’larkan

3057. Muhammad Alidan bir jurnalist so‘radi
“Terrorchilar bilan bir dinga mansub ekanligingizni bilib nimami his etasi?
Muhammad Ali:
Sizchi? Siz U bilan bir dinga mansub ekanligingizni bilib siz nimani his etasiz?
Savol: Muhammad Ali U deb kimni nazarda tutgan?

Javob: A. Gitler

3058. Dunyo tasodiflarga to’la. Lekin shu tasodiflar hayotda ha deb takrorlanavergach, uni tasodif deb atashga ham ikkilanib qolasan. Masalan, AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan hayotiga esa “7” raqami o’z ta’sirini o’tkazgan. Ya’ni u prezident bo’lishidan oldin 7 yil qutqaruvchi bo’lib 77 odamni saqlab qolgan. Kinoda u ilk bor 1937 yilda suratga tushgan bo’lsa, 1947 yilda esa Amerika aktyorlar gildiyasi prezidenti bo’lgan. 1967 yilda Kaliforniya shtati gubernatori bo’lib, 1970 yilda qaytadan ikkinchi muddatga saylangan. AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasi tomonidan 17.07 kuni nomzodi ko’rsatilgan. Uning hayotidagi suiqasd prezidentligini 70 kunida uyushtirilgan. Savol Bu suiqasdda Ronaldning o’q qayeriga tekkan?
Javob: Yettinchi qovurg’asiga

3059. Hind xukmdorlaridan biri kasal bo’lib qolibdi. Meni kimda-kim tuzatsa, fil og’irligida tilla berishni e’lon qilibdi. Bir hakim uni tuzatibdi, lekin filni og’irligini o’lchaydigan tarozi topilmabdi. Shunda filni kemaga chiqarishibdi. Savol: filni qanday og’irligini o’lchashgan?
Javob: Filni kemaga tushiradi. Kema cho’kkan joyni belgilab. O’shanga yetguncha miqdorida oltin yuklanadi

3060. Asrlar davomida Sharq xalqlari hayotida bozorlar juda katta rol o’ynaydi. Musulmonlarda xatto jannatda ham bozor bor. Faqat u bozor yerdagi bozor bilan bir jihati bo’yicha farq qiladi. Hurmatli bilimdonlar, musulmonlarning jannatdagi va yerdagi bozorlari nimasi bilan farq qiladi?
Javob: Jannatdagi bozorlarda mahsulotlar tekin.

3061. AQShning juda ko’plab qamoqxonalarida bu mashhur ibora devorga plakatlarda osig’liq turardi. Unda quyidagi so’zlar bitilgan:
“Bu devorni boshing bilan buzib o’tsang ham…..” Savol iborani davom ettiring?

Javob: Qo’shni kamerada nima qilasan?

3062. Al-Beruniyning “Hindiston” asaridagi ma’lumotni o’qiyman. Yunonlar uni jang aravasi deb ataydilar. Ular uni Afina shahrida Mankolus ijod qildi deydilar. Vaholanki u ancha vaqt ilgari Misrda ijod qilingan edi. (Afrodis Hindiy podsholigi davrida) Lekin u ikki ot bilan borar edi. Shunday bo’lsa ham afinaliklar uni biz tuzib shu holga keltirgan edik deydilar. Savol U nima?
Javob: Shaxmat

3063. Qadimgi Spartaliklar o’z qiroli Leonidga shunday degan edi. “Seni bizdan hech qanday farqing yo’q, sen yaxshi emassan, faqatgina qirolligingni hisobga olmaganda” Leonid shunday javob qaytarganki, uni haqiqatdan donoligiga tan berishdi. Savol u nima deb javob berishi mumkin?
Javob: Agar men yaxshi bo’lganimda qirol bo’lmasdim degan

3064. Futbol bo’yicha Italiya chempionatining navbatdagi turi tugashi natijasida Milan va Parma klublari barcha ko’rsatkichlar bo’yicha (ochko, urilgan va o’tkazib yuborilgan gollar, yutuq, mag’lubiyat, duranglar) bir xillikni yuzaga keltirishdi. Savol kimga va nima uchun shunday vaziyatda birinchi o’rin berilgan?
Javob: Milanga Alifbo tartibi bo’yicha

3065. UEFA kubogi final uchrashuvida tarixiy o’yinlarning birida Fransiyaning Bordo klubi o’yinchisi Italiyaning Milan klubi darvozasiga yakuniy golni kutilmagan to’p uzatishdan keyin kiritdi. Savol, kutilmagan to’p uzatishni kim amalga oshirgan edi?
Javob: Hakam

3066. AQSH tibbiyot assotsiatsiyasining ma’lumotnomasiga ko’ra siz doktor qabuliga kirish uchun o’rtacha 20 minut kutishingiz kerak. Agar u oilaviy shifokor bo’lsa 30 minut kutasiz. Ammo, yana bir doktor qabuliga kirishingiz uchun siz 5 minutdan ortiq kutmaslikka haqlisiz.
Savol: gap qanday shifokor haqida bormoqda?

Javob: Ruhshunos (Psixolog)

3067. Bir ayol keksayganda qarg’aydigan bo’lib qolibdi. Nabiralarini ham ismi bilan emas, qarg’ish bilan chaqirarmish. Bu qarg’ishlar nabiralarning kelgusida kim bo’lmoqchi ekanliklari bilan bog’liq ekan. Masalan, shaxtada konchi bo’lish niyatidagi nabirani “Faqat old tomoni yorishgur” deb chaqirarkan. Endi quyidagi 2 qarg’ishning qaysi kasblarga ishora qilishini yozib bering:
1) “tillaga yo’l ochgur”.
2) “TV ekranining 1/12 qismida harakatlangur”
Ikkala javobni barovar jo’natish kerak?

Javob: 1) Quloq teshuvchi
2) kar-soqovlar uchun televizor tilmoch SurdoTarjimon

3068. Shopengauerning fikricha, BIRINCHI qisqa o’tmish va uzoq kelajakka ega. IKKINCHI esa uzoq o’tmish va qisqa kelajakka ega. Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHI ni ayting?
Javob: Bolalik va keksalik

3069. XXI asrning butun dunyo olimlari yangi tadqiqotlar natijasiga ko’ra yangi 7 mo’jizani yangi talqinini ko’rib chiqishdi. Buni ular dunyoni tubdan o’zgarishi deb nomlashdi va ularni quyidagilarga ajratdi.
1. Internet
2.Oyga odam chiqishi 1969 Nil A.
3. Aspirin
4. Samolyot
5. Olimpiada
6. Odamning haliyam yashayotganligi.
Diqqat savol ular 5 o’ringa nimani qo’yishgan?

Javob: Kombayn

3070. 1970-yillari Gollandiyada TV orqali shokolad va boshqa shirinliklar reklama qilinsa, ekranda albatta, bir narsa ham burchakda turmog’i lozim edi .Savol: Nima u ?
Javob: Tish yuvish vositasi (zubnoy pasta)

3071. Nima tana haroratining turg’unligini saqlashda muhim ahamiyatga ega?
Javob: Qon

3072. Ular odatda o’z muammolariga mukkasi bilan sho’ng’ib ketgan, deyarli tarki dunyo qilgan, o’ta parishonxotir kishilardir. Ular butun umrini yolg’iz fan bilan shug’ullanishga bag’ishlaganlar. Ularga misol Daniya futbol Bo’yicha mamlakat terma komandasining darvozaboni bo’lgan X.Bor edi.
Diqqat savol ular qaysi fan egalari edi?

Javob: Matematika

3073. Irlandiyaning “Xeyn end sone” deb ataluvchi kema qatnovi birlashmasining tamg’asida qo’l panjasi va uch tomchi qon surati tasvirlangan. Bu belgi zaminida qadimgi yunon olimi Protogor uchun muammo hisoblangan “masala”ning mohiyati aks etgan tarixiy voqea yotadi. Aytishlaricha bir odamning ikki o’g’li va bisotida bitta kemasi bo’lgan. U ana shu kemani qaysi o’g’liga meros qilib qoldirishini bilmay boshi qotadi. O’ylay – o’ylay oxir oqibat ikki o’gliga bir xil shart qo’yadi. Ya’ni, qaysi biri kemaning yon chekkasiga birinchi bo’lib qo’lini tekkizsa kema o’shanga nasib etishini ma’lum qiladi. Belgilangan kuni ikki o’gil ikki qayiqqa o’tirib kema tomon zo’r berib eshkak esha boshlaydilar. Tushunarli bo’lgan bo’lsa demak kema qatnovi tamg’asidagi qo’l panjasi aka-ukalarning qo’l panjalaridan biri. Savol: kema tamg’asidagi qon tomchilari nimani bildirishini aytib hikoyani yakunlang?
Javob: Akasi ancha ilgarilab ketganini ko’rgan kenja o’g’il boltani olib bir qo’lining panjasini chopadi. So’ng kesilgan panjani kema tomon uloqtiradi. Natijada kema zukko kenja o’g’ilga nasib etadi.
Manba: Adabiyot: Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf. T.2007

3074. Real u Barselonadek jamoasi bor ligasi bo’lsa, futbolchilari didli saviyali o’ynasa nima uchun qizil furiya nuqul chorak finalga borib yengilaveradi derdim?
Keyim bilsam Ispaniyaga aynan u narsa yetishmagan ekan.
Diqqat savol u narsa nima?

Javob: Golland futboli

3075. Rivoyat qilishlaricha Fliunt shahriga safari chog’ida hokim Leon Pifagordan so’radi: “Sen qaysi ilm bilimdonisan?” – “Hech qaysi deb javob berdi Pifagor – men shunchaki bir faylasufman”. “Falsafa degani nima o’zi?” – taajjublanib so’radi hokim. Pifagor javob berdi: Olimpiada o’yinlariga bir guruh kishi bellashish, kuch sinashish, o’zining hammadan zo’rligini namoyon etish, ikkinchi guruh savdo qilib boyligini ko’paytirish, uchinchisi esa…… ana shu uchunchi guruhga mansub kishilar faylasuflardir. Savol: Uchinchi guruh olimpiada o’yinlariga nima maqsadda keladi?
Javob: O’yindan ma’naviy ozuqa olish, haqiqatni bilish va anglash uchun
Manba: Tafakkur. 1/2006 Davogarlik faylasuflik degani emas 79 bet

3076. Ota o’zining katta o’g’lidan 3 marta katta, kichik o’g’lidan esa 40 yoshga katta. Katta o’g’il ukasidan 3 marta katta bo’lsa katta o’g’ilning yoshi nechida?
Javob: 15 yosh
Izoh:Otasi 45 yosh ukasi 5 yosh

3077. Uning qarashlari mashhur antisemit Venaning ober-burgomistri Karl Luegerlarning taʼsiri ostida shakllangan. U slavyanlarga (ayniqsa YAHUDIY VA polyaklarga) dushmanlik va adovat ruhida katta bo’lgan. BUNGA SABAB YOSHLIGIDA UNI YAHUDIYLAR USHLAB OLISHIB USTIDAN TAJRIBA O’TKAZADI VA ICHKI AZOSI ALMASHIB QOLGANLIGI SABABLI FARZANDLI BO’LOLMAYDI SHUNDAN BUYON U YAHUDIY MILLATINI QIRISHGA BEL BOG’LAYDI.
Diqqat savol u kim edi?

Javob: Adolf Gitler
Izoh: Ikkinchi jahon urushida 6 million yahudiylarni qirib tashlagani ham bejiz emas.

3078. Chechenistonning dunyoga mashhur narsa va shaxslari ro’yhati tuzilsa mana shunday ko’rinishda bo’lar edi.
1-Lezginka raqsi
2-?
3-Ramzan Kadirov
Diqqat savol 2-o’rinda Chechenistonning prezidentidan ham mashhur bo’lgan shaxs kim ?

Javob: Khabib Nurmugammedov

3079. Bu shahar anchagina tarixga ega shahar. Bu shahar temirchilar shahri hisoblanadi.
Shahar nomi ham mana shu temirga bog’liq holatda kelib chiqqan. Buyuk ipak yo’lidan otgan Bobur bu shaharga quyidagicha ta’rif bergan: men bunday go‘zal va so’lim joylarni ko’rmagan edim degan
Diqqat savol qaysi shahat haqida gap ketmoqda?

Javob: Ohangaron

3080. Yurtimda bor bir shahar go’zal vodiy tomonda qadimiy xonlar yurti o’sha shahar x da.
Xaqli ushbilarmon savdogarlar har yonda o’sha eski boylar ham x da.
Bu so’zlar bir uncha mashhur bo’lmagan qo’shiqdan olingan.
Lekin bir go’zal shahar ta’riflangan. Diqqat savol qaysi shahar?

Javob: Qo’qon

3081. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarida quyidagi jumlalar uchraydi. Bobur o’z ona yurtidan chiqib ketayotganida juda tushkun umidsiz edi. Hayotga bo’lgan yashashga bo’lgan qiziqish so’ngan edi. Ammo Bobur yo’lda tabiatning bir hodisasiga duch keladi va undan ta’sirlanib bunday holatdan xalos bo’ladi. Savol Bobur tabiatning qaysi hodisasi yoki nematidan ta’sirlanib tushkun holatdan chiqadi va yana g’ayrati jo’sh urib Hindistonda ulkan davlat quradi?
JAVOB: chashma, U yer tagidan otilib chiqayotgan chashmaga qarab o’zidagi umidsizlikni daf qiladi. Oddiy chashma ham kurashishni biladi. Qancha to’siqlarga qaramay qancha toshlar yo’lini to’smasin, baribir u yo’l topib otilib chiqaveradi

3082. Alisher Uzoqovga shunday savol berishgan:
Ayollarda qorin ortiqcha vazn
Xo’sh erkaklardachi?
Alisher Uzoqov bu savolga shunday javob beradi va shu jumlani qo’shib qo’yadi. Erkaklar qorin u narsa lekin menda u narsa yo’q(albatta hazil tariqasida)
U narsa nima edi?

Javob: Erkaklarda obro’ deb javob bergan
Hazil shunday edi. Erkaklarda qorin obro’ mansab. lekin menda obro’ mansab yo’q deb qo’shib ham qo’ygan

3083. XIX asr rasmida bolalar jar yoqasida o’ynayotgani tasvirlanadi. Rasmda yana ALFAlar chizilgani ko’ngilni xotirjam qiladi. ALFAlar qandayligini ko’rmaganman, ammo taniqli bir filmda tabib ularni kichkinaligini aytib o’tadi. ALFA o’rnida qaysi so’z yashiringan?
Javob: Farishta
Izoh: angel xranitel, “Kichkina tabib” filmini ko’rmagan odam bo’lmasa kerak oramizda)

3084. Bir final o’yinidan so’ng Gretsiya terma jamoasi ustozi Ottrik Hager shunday degan edi:
Ular futboli azaldan kuchli. Ular bir kunmas bir kun shohsupaga chiqishadi, shuning uchun ularning mag’lubiyati unchalik fojea emas deb. Biz esa bir marta chiqdik boshqa chiqmasligimiz aniq bir marta chiqilgan joydan esa mag’lub holda qaytib ketish fojealiroq. Bu gaplar naqadar asosli gap edi. Bu gapga o’sha paytda hech kim ahamiyat bermagan bo’lishi mumkin ammo bu gaplar asosli bo’lib chiqdi. Ottrik Hagerning gapi o’z tasdiqini topgan yilni aniq ayting?

Javob: 2016 yil
Izoh: Ular deganda Portugaliya nazarda tutilgan edi. Bir final o’yini esa 2004 yili Portugaliyada o’tgan final o`yini edi.

3085. Ispaniyada Xristafor Kolumb 1492 yilda Amerikaga sayohatga chiqqan “Santa-Mariya” kemasining XX asr 2-yarmida qurilgan nusxasi bor. Haligacha Barselona portida savlat to’kib turadi. “Santa-Mariya” kemasi bir yeriga katta qilib falon kompaniyadan Kolumb vatandoshlariga sovg’a – degan yozuv bitilgan. Savol: kemani qaysi kompaniya qurib sovg’a qilgan?
Javob: Xuddi asl nusxasidek qilib qurilgan kemani kompaniya o’z maqsadi
uchun qurgan. Ish bitgach, uni ispanlarga okean ortidan haydab kelib topshirishgan. Bu Gollivud kompaniyasi edi

3086. Bir xonada 3 ta mushuk o’tiribdi. Har birining qarshisida 2 tadan mushuk o’tiribdi. Xonada jami nechta mushuk bor?
Javob: 3ta
Izoh: ya’ni mushuklar uchburchak shaklida o’tiribdi. Bu degani har bir mushukning qarshisida 2 ta mushuk o’tirgan boladi

3087. 1954 – yili Bombeyda xl ar ko’payib ketgani sababli hukumat soliq o’rniga o’lgan x larni ham qabul qilgan
Diqqat savol x bu qaysi hayvon?

Javob: Kalamushlar

3088. Fransiyaning oldingi nurli davrida Zidanning ta’siri katta bo’lsa Gretsiya va Lester g’alabalarida esa murabbiy faktori katta ro’l o’ynaydi. Diqqat savol Ayaks g’alabalarining asosida nima yotadi?
Javob: Ayaks futbol maktabi

3089. Bu poytaxtning kelib chiqishida ikkita sevishganning nomiga qo’yilgan ekan?
Javob: Varshava

3090. Bu davlatning poytaxti dastlab 1925-yili alfa shahar qilinadi, Keyin betta shaharga ko’chiriladi, Bu shahardan 1930-yilda gamma shaharga ko’chiriladi. Alfa betta gamma qaysi shaharlar so’ralmoqda?
Javob: Buxoro, Samarqand, Toshkent

3091. Bu davlatni poytaxtini belgilashda ikkita shahar talashib qoladi, keyin ikkala shahrga ham berilmay ayni shu shahar poytaxt qilinadi?
Javob: Kanberra
Poytaxt maqomiga Sidney va Melburn shaharlari talashadi.

3092. Qadimgi Eron madrasalarida mantiq darslari ham o’tilgan.
Chunki bilimli odam chuqur mulohazali va donishmand namo fikrlar qarshisida ojiz qolmasligi kerak. Savollar chiston tarzida, ya’ni sheriy qilib berilgan, Shunday chistonda namuna keltiraman.
«U bir ko’rimli tarvuz misolidur,
Polizda o’smas, hosilga kirmas.
Atrofin aylanib rosa qarasang,
Yettita yo’l bordur tarvuz ichiga»
Diqqat savol: Tarvuzga qiyoslangan narsa nima va tarvuz ichiga yo’lni aniq ayting?

Javob: Bosh
Quloq 2ta, burun teshigi 2 ta, ko’z 2 ta va 1 ta og‘iz

3093. G’alati va hazil savol.
Bir kuni Messi bilan Ronaldo Toshkenga kelishibdi. Keyin Messi taksi to’xtatib oka Milliy stadiongacha desa 5000 ming bo’ladi debdi. Shunda Messi taksichiga oka biz ikki kishimiz desa mayli 5000 ming bo’ladi debdi. Shunda Messi Ronaldoga qarab shunday debdi.
Diqqat savol bu gaplar barchasi hazilligidan kelib chiqib Messi Ronaldoga nima degan?

Javob: Ko’rdingmi Ronaldo seni 1 tiyinchalik ham qadring yo’q degan.
Bu gaplarning hammasi hazil bu savol uchun Ronaldo muhlislaridan uzr so’raymiz

3094. Bu kasb egalari eramizdan avvalgi VI asrda paydo bo’lishgan. Dastlab ularni protogonistlar deb atashgan. Keyinchalik kasbning takomillashishi natijasida ularning nomi detergonist, tretogonist deb atalgan. Ular davlatning ehsonlari evaziga yashashgan, kun ko’rishgan. Qadimgi Gretsiyada bular erkin fuqarolar sanalishadigan bo’lsa , Qadimgi Rimda ularni qullar orasidan tanlab olishgan. Savol bu qaysi kasb egalari?
Javob: Aktyorlar

3095. Xitoyliklar fikriga ko‘ra bu ishni savdogarlar har doim qilib turishi kerak ekan!Bu ularning haridori ko‘payishiga yordam berarmish.Sizlar menga bu ishni qila oladigan hayvonni ayting?
Javob: Maymun.Ya’ni xitoyliklar kulgu haridorni ko‘paytiradi deyishgan

3096. Absurdopiya ma’lumotlariga ko‘ra X zamonamizning eng yaxshi ertagi ekan. X nima?
Javob: Ob-Havo

3097. Afrikada yashovchi rivojlanishdan ortda qolgan xalqlar bir tabiat hodisasini insonlardagi bir his bilan bog‘lashadi. Ya’ni tabiat hodisasini bir his nomi bilan atashadi. Savol qaysi tabiat hodisasi ekanligini ayting?
Javob: Yomg‘ir. Afrikaliklar sog‘inch hissini yomg‘ir bilan bog‘lashadi.
Bizda ko‘pchilik qor bilan bog‘lasa kerak☺️

3098. Bu nomni eshitganimizda bizning milliy bir narsamiz keladi. Ammo fanda boshqa narsa tushuniladi. Menimcha fandagi nomlanishiga bizdagisi asos qilib olingan.
Ammo Afrikada bu nom bilan umuman boshqa narsa tushuniladi. Diqqat savol bu narsalarni bitta nom bilan ayting?

Javob: Atlas
Izoh: bizda milliy kiyim.
Fanda geografiyadagi atlas.
Afrikada atlas nomi bilan ataluvchi tog’ bor

3099. Ular uchun hisobning qandayligi o’yin tugashiga qancha vaqt qolganligi va konkret holat haqidagi tajriba muhim emas. Ularni g’alaba uchun nechta gol urish kerakligi umuman qiziqtirmaydi. Asosiysi har qanday son birliklar yig‘indisidan tashkil topadi ya’ni bittadan gol urib maqsad sari yaqinlashib boraverishlik bu jamoaning asosiy hususiyatidir. Tarixi-yu buguni o’zgarmagan qandaydir dahoning porlashini kutib o’tirmaydigan, o’z o’yinini asrlar davomida bir xil suratda davom ettiradigan yurt bitta bo’lsa kerak. U ham bo’lsa ular
Diqqat savol ular kimlar?

Javob: Nemislar (Germaniya)

3100. Bu tashkilot Aqsh prezidenti Vudro Vilson tashabbusi bilan Parij Konferensiyasida xalqaro tashkilot sifatida tashkil topgan. Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o’rtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari bu tashkilotning asosiy vazifasi edi.
Yana shuni aytishim mumkin hozirgi kunda bu tashkilot nomi bilan ataluvchi bir musobaqa ham mavjud.
Diqqat savol gap qaysi tashkilot haqida gap ketmoqda?

Javob: Millatlar ligasi