35-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

3401. XIX-asrda futbol oʻyinlarida 16 yoshlik futbolchi qoidani shunday buzadiki, natijada yangi bir sport turi vujudga keladi. U sport turi bizda deyarli oʻynalmaydi. Lekin Amerikada ancha mashhur. Ma’lumot uchun u olimpiada o’yinlari qatoriga kirmaydi. U sport turida oʻyinchilar xuddi jangchilardek harakatlanishadi. Kiyimlari ham shunga mos albatta. Gap qaysi sport turi haqida ketayotganini bilgan bo’lsangiz menga u sport turini emas, 16 yoshlik futbolchi qanday qoida buzganligini aytib bering?
Javob: 1823-yil 7-aprelda 16 yoshlik Vebb Ellis qoidani buzadi: toʻpni qoʻliga olib darvoza tomon yuguradi, buning natijasida yangi sport – Regbi paydo bo’ladi.

3402. Xristianlarda “X” Iso a.s. ni yoshiga nisbat qilib olingan emish.
Musulmonlarda esa Quroni Karimda Allohni nomlarini nechtaligiga bog’lik emish.
Gap nima haqida ketayapti?. X – ?

Javob: Tasbeh

3403. Qarshingizda AQSHda maktab xodimlariga qurol olib yurishga ruhsat berilgandan so‘ng chiqqan karikaturalardan biri.
1-rasmda tasvirlangan qurol oddiy o‘qituvchilarniki,
2-rasmdagisi tarix fani,
3-rasmdagisi esa mehnat fani o‘qituvchisiniki.
4-rasmdagi maktab qoravulining quroli.
Diqqat savol 5-rasmdagi quroldan foydalanuvchilarning kasbini ayting?

Javob: Kutubxonachiniki. Sababi kutubxonada tinchlik saqlanishi lozim. Uning quroliga ovoz pasaytiradigan qo’yilgan

3404. Rim shahri juda qadimiy shahar hisoblanadi. Rim haqida juda ko’p ta’riflar keltirilgan. Yozuvchi Dantening “Ilohiy komediya” asarida Rim so’zida muhabbat yashiringan deydi. DIQQAT SAVOL: Yozuvchining gapini izohlang. Rim so’zida yashiringan muhabbat so’zini toping?
Javob: Rim so’zi italyanchada Roma deb talaffuz qilinadi. Roma so’zini teskari o’qisak “amor” deb o’qiladi. “Amor” lotinchasiga “muhabbat” degan ma’noni bildiradi.

3405. Qaysi mevaga tuz sepilsa sho’r bo’lish o’rniga shirinlashadi?
Javob: Ananas

3406. Qiziqarli savol:
Boʻrining rahimdilligiga,
Otning sogʻlomliligiga,
Voyaga yetmaganlar sevgisiga,
“U” larning vadasiga ishonma.
Uni toping?

Javob: Ayollarning (qizlarning)

3407. 1860-yilning 3-aprel sanasida AQShda pochta aloqasiga ixtisoslashgan otlar xizmatidan foydalanadigan firma tashkil etilgan. Firma nomi ikki so‘zdan tashkil topgan bo‘lib, 2-so‘zi ”Express” edi.
Diqqat savol: birinchi so‘zini toping?

Javob: Pony Express
Poni bu pakana ot degani

3408. Aslida biz 11 ta aka-ukamiz. 7 tamiz bir yilda tug’ildik. 3 yil o’tib 8-miz, 2 yildan so’ng 9-miz yana 2 yildan so’ng 10-miz tug’ildi va nihoyat 11 yil o’tib kenjatoyimiz 11-ukamiz tug’ildi. Negadir hamma kenja ukamizni yaxshi ko’radi.
Savol: biz kimmiz yoki nima?

Javob: o’zbek so’mi
1,3,5,10,25,50,100 lik so’mlar 1994 yil, 200 so’mlik 1997 yil, 500somlik, 1999 yil, 1000 somlik 2001 yil, 5000somlik 2013 yil 5000 somlik

3409. Topishmoq: “Istiqomat qiluvchi o’z uyi bilan doimo birga! Xonadon shovqinli, yashovchi esa jimjit, sukunatda”.
Diqqat savol: Topishmoqdagi uy va yashovchini toping?

Javob: Dengiz va Baliq

3410. Yozuvchi Flavey Magin Avriliy Kassiador nimalarni “Rimning boshqa aholisi”-deya ta’riflagan?
Javob: haykallar

3411. Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari, ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida ham davlat qaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular shartnomani buzishsa, ularni qamoq va jarima jazosi kutadi.
Diqqat savol: Ular kimlar?

Javob: Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.
Izoh: Hindistonda aholi soni keskin o‘sib borayotganligi munosabati bilan hukumat tabiiy o‘sishni shu yo‘l bilan kamaytirish maqsadida xohlovchilarga shunday shartnomani taklif qiladi

3412. T.Malikning “Mehmon tuyg’ular” asarida shunday satrlar bor:
“Bu dunyoning shirinligi-……ning achchiqligi”
Nuqtalar o’rnini to’ldiring?

Javob: Ohiratning

3413. Sovet aktyori Zinoviy Gerdtdan iqtibos: “Do‘stlik sevgidan ko‘ra buyukroq”. Diqqat savol, u do‘stlik va sevgi o‘rtasidagi qanday asosiy farqdan kelib chiqib shunday degan?
Javob: Do‘stlikda tomonlar ikki kishi bo‘ladi. Sevgi esa ko‘pincha bir tomonlama bo‘lishi mumkin.

3414. Uchta toshbaqa sudralib gaplashib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

Javob: Toshbaqalar aylana bo’ylab harakatlanayotgan bo’lgan

3415. Lyuksemburg yevropani rivojlangan mamlakatlari hisobiga kiradi shunga qaramay Lyuksemburg aholisi U yerga joylashish uchun navbat kutishiga to’g’ri kelarkan. Xatto o’z paytida joylashaolmagani uchun Munitsipalga arz ham qilishar ekan.
Savol Qayerga joylashish uchun?

Javob: Qamoqxona

3416. Erix Mariya Remarkdan iqtibos: X – dunyodagi eng foydasiz narsa. U orqali hech nimani to’g’irlay olmaysan. Aks holda biz aybsiz avliyolarga aylangan bo’lardik. X ni 2 so’zda ayting?
Javob: Tovba qilish

3417. A. P. Chexov unga quyidagicha ta’rif beradi: “Bu ish bilan mashg’ul bo’lganinggizda sizda har xil o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Goho xursand bo’lganga o’xshaysizu, yana cho’chish, xavotir belgisiniyam ko’rsa bo’ladi, birdaniga qo’rqqan kishiga o’xshab qolasiz va yana yuzinggizga tabassum qaytgan bo’ladi. Balki, hayratlanganinggizni ilg’aysiz, keyin yana sergak tortib, bor mehr va diqqatinggizni unga baxshiyda etasiz va u bunga arziydi”
Savol: Chexov qaysi ishdagi jarayonni tasvirlangan?

Javob: Ovqat pishirish

3418. Uning zamonaviy ishlash tizimi 1963-yili kashf qilingan bo‘lib, “pirpirayotgan ko’zlar” deb nomlangan. Devid Vellington o’z kitobida Ularni mayatnikga o’xshatgan.
Diqqat savol: Uni ayting?

Javob: Avtomobil oyna tozalagichi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3547?comment=6501)

3419. Yahudiy maqoli: Gunohni odam qiladi, jazoni X tortadi.
X Nima?

Javob: Xo’roz
Izoh: qurbonlikka

3420. Agar kelajakda afsus chekishni istamasang 3 narsani to’g’ri tanla:
1.Rafiqangni
2.Do’stingni
3.X ni
X ni toping?

Javob: Kasb, ish

3421. Ilgari slavyan elatiga mansub xalqlar kelinlari sepida bir emas, ikkita samovar boʼlar ekan. Biri choy qaynatish uchun oshxona jihozi boʼlgan. Ikkinchi samovar yotoqxonaga qoyilgan.
SAVOL: ikkinchi samovarning vazifasi nimadan iborat?

Javob: ko’zgu

3422. Lotin Amerikalik yozuvchining aytishi boʻyicha, bir kuni bir hokim terapevt-shifokor huzuriga boribdi. Yelkasi ogʻrib hech tuzalmayotganinidan shikoyat qilibdi. Shifokor undan avval ogʻriq sababini aniqlab olaylik deb, yurish turishi, yeb-ichishi va hakozalarni soʻray boshlabdi. Shunda haligi hokimni asabi buzilib, “Menga savol bermasdan davolaydigan boshqa mutaxassisni chaqiring debdi. Terapevt chiqib ketibdi va uni olib kelibdi.
Diqqat savol: Kimni olib kelganini ayting?

Javob: Veterinar
Faqat ugina bemorlarni savol bermasdan davolaydi

3423. Ahli donishning ta‘kidiga qaraganda BU ISHNI qilmoqlik til ostiga cho’g’ solib yurmoqlik bilan barobardir.
Diqqat savol:Bu ish qanday ish?

Javob: Sir saqlash

3424. Bu so’zning ma’nosi shuki kech kirganda ko’chadan begona odam uyga kiritilmaydi, ko’chaga chiqarilmaydi. Bobokalonimiz Abu Ibn Sino ham bu so’z haqida bir qator risolalar qoldirgan.
Bu so’zni aniq ayting?

Javob: chilla

3425. Savol: Biz rus tiliga e’tibor qaratar ekanmiz uning naqadar keng qamrovli, boy til ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Lekin meni diqqatimni tortgan narsa bu tildagi ,,hukmdor” ma’nosini beruvchi 2 sinonim so’zning boshqa mamlakat yetakchilari nomidan olinganligi bo’ldi. Siz ham menga o’sha yetakchilarni yozib bering
Javob: Buyuk Karl – карол , Yuliy Sezar – цар

3426. Odatda sportchilar sog’lom bo’lishadi. Lekin bir sport turi borki sportchi surunkali zaharlanish orttirishi mumkin. Bu qaysi sport turi?
JAVOB: O’q otish sporti.
Tirlar havosida qo’rg’oshin bo’ladi

3427. “X”ning jahon, xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy turlari mavjud. “X” nemis tilidan “yillik bozor” deb tarjima qilinadi.
SAVOL: X oʻrnidagi soʻzni toping?

Javob: Yarmarka

3428. Qadimgi Irland maqolini eshiting: Haqiqiy irland uchta narsadan ehtiyot bo’lishi kerak: ot tuyog’idan, buqa shoxidan va alfa tabassumdan.
Alfa kimning tabassumi?

Javob: Ingliz ayoli tabassumi

3429. Samarqand noni bilan, Qashqadaryo tandir kabobi bilan aytingchi Parkent nimasi mashhur?
Javob: Uzum

3430. Jorj Washington. Vilyam Shekspir. Sherlok Holms. Napolen Banopart. Aleksandr Pushkin. Lyudvig Van Betxoven. Adolf Gitler.
Ushbu ro’yhatda kim ”ortiqcha”?
Javobingiz sababini ham izohlang

Javob: Sherlok Holms ortiqcha chunki u o‘ylab topilgan personaj
Adibning to’qima obrazi

3431. Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: “Odamlar ovdan keyin,sayr vaqtida va undan oldin yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar “.
SAVOL:nimadan oldin?

Javob: Saylov oldidan

3432. Odatda, qishloq va shahar orasida turlicha farqlarni kuzatish mumkin. Kaliforniya universitetiti rahbari Robert Levin buni quyidagicha izohlaydi: “Shaharda odamlar tezroq harakatlanishadi, tezroq gapirishadi, bank yo doʻkonlardagi xaridlarni, iloji boricha tezroq amalga oshirishadi. Yana shunday mezon borki, shaharlik erkagu ayolda u qishloqdagilarnikidan koʻproq”. Oʻsha mezon “Zakovat” sandiqchasining ichida turibdi.
Diqqat savol: sandiqchada nima bor?

JAVOB: Qo’l soat

3433. Rossiyada birinchi o’rinni oldi, Fransiyada ikkinchi, Germaniyaga esa uchinchi. Aytingchi bu o’rinlar bog’liqlik tomoni nimada?
Javob: R harfining joylashuvi haqida edi

3434. Barselona futbol maktabini tilga olganda ko’plab futbol yulduzlar esimizga tushadi. Bu maktabdagi qoidaga ko’ra futbolchi bo’lishni xohlovchilar quyidagi 4 narsaga ega bo’lishi kerak ekan:
1) futbol uchun qobilyat.
2)o’z ustida mehnat qila bilish.
3)taktikani his qila bilish.
4)?
To’rtinchi talabni shakllantira bilish biz murabbiylarning bo’ynidadir deya fikr bildirgandi bir murabbiy!
Savol: Koptok sehrgarlariga Barselona maktabida qo’yiladigan to’rtinchi talabni toping?

Javob: Bardoshlilik.

3435. Dastlab qattiq minerallardan olingani uchun bu element yunoncha “tosh” deb nomlangan. Bu qaysi element?
Javob: Litiy

3436. Bu so‘z ispanchada “chiroyli”, basklarda sal boshqacha “yoqimli”, fransuzlarda esa “samimiy” degan ma‘nolarga ega.
Savol: Bu qaysi so‘z?

Javob: Antanta
(Antanta ittifoqi esingizdadir)

3437. Kusto filmlaridan birida suzib ketayotgan bolg‘a- akula alfaga o‘xshatiladi. Bu o‘xshatish mantiqan to‘g‘ri. Chunki akula suvdagi bir tomchi qonni ham darrov sezadi. Alfa ni toping?
Javob: Metallodetektor

3438. Erkaklar uchun-mardona
Ayollar uchun-zaifona
Bolalar uchun-bachkana.
Ro’yhatdagilarni fors-tojikcha so’zda ayting?

Javob: Poyabzal

3439. Bir maqolada ushbu infeksiya haqida qiziqarli ma’lumot keltirilgan. U juda tez tarqaladi. Unga qarshi immunitetga ega odamlar odatda ziyraklikdan yiroq, hissiz va o’zga odamlar kechinmalariga bee’tibor bo’lishadi.
Diqqat savol: ushbu infeksiyani toping?

Javob: Esnash

3440. Zamonaviy Germaniya armiyasi jargonida o‘q otishda foydalaniladigan katta naushniklarni shunday atashadi. Deyarli 90 yil oldin “tug‘ilgan” qahramon ham shunday ataladi.
Diqqat savol: Ushbu qahramonni yoki quloqchin nomini ayting?

Javob: Mikki maus

3441. Savol: Quturish kasalligi hamma insonlarda va jonivorlarda uchrashi mumkin. Faqat bir sut emizuvchi hayvonning immuniteti kuchliligi uchun uni bu kasallikdan ozod desa ham bo’ladi.
Savol: bu qaysi sut emizuvchi hayvon?

Javob: Cho’chqa

3442. Shekspir qaysi tuyg’uga “yashil ko’zli maxluq” deb ta’rif bergan?
Javob: Rash

3443. Ingliz vrachi Highmore sharafiga nomlangan, grippning asorati sifatida namoyon bo’luvchi kasallik qaysi?
Javob: Gaymarit

3444. O’zi dumaloq, dumi bor, buning ustiga hamma narsani bo’lib tashlay oladi. Akasi esa ancha uddaburon! Pachakilashib o’tirishni yoqtirmaydi.
Savol: u nima?

Javob: vergul

3445. “Coca-Cola” reklamasi bilan shug’ullanuvchi Amerika kompaniyasi Saudiya Arabistonida kolani reklama qilish uchun oddiy usuldan foydalanib quyidagi ko’rib turganiz 3 ta rasmni ya’ni;
1) cho’lda tashnalikda yotib qolgan odam.
2) kola ichayotgan odam.
3) cho’lda kuchga to’lib yugurayotgan odam rasmlarini yonma yon qo’yib plakat ishlashdida hamma yerga ilib chiqishdi. Va natijani kuta boshlashdi. Lekin ularning reklamasi ular kutgan natijaning aksini berdi.
Diqqat savol: bunday bo‘lishiga sabab nima?

Javob: Chunki arablar rasmni o’ngdan chapga qarab ko’rishgan. Chunki ularda o’qish yozish tartibi shunday. Arablar tushunishgan-ki, cho’lda yugurib ketayotgan odam kola ichsa yumalab qolar ekan, deb

3446. Qachon aqlli Dogʻistonliklar oʻzlarining sevimli va chiroyli buyumlarini nazar tushmas joylarga qoʻyib qoʻyishadi?
Javob: Mehmon kelganda
Izoh: Avarlar odatiga koʻra, mehmon ketishidan oldin koʻziga koʻringan har qanday buyumni olib ketishi mumkin ekan. Avarlarning mehmondoʻstligining va aqilliliging bir misoli bu

3447. Uni amerikaliklar shunchalar muhim hisoblaydilarki, hatto uning birinchi nusxasini maxsus joyda saqlaydilar. Yadro quroli portlashi va boshqa ofatlarda u maxsus yo’lak orqali chuqur yerga tushib ketadi.
Uni toping?

Javob: Mustaqillik Deklaratsiyasi

3448. Diniy savol: Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning “Injil” dagi ismlari?
Javob: Forqilit (Fraklit)

3449. Bir kuni Nasriddin afandi va qo’shnisi boy bilan tortishib qolibdi. Shunda boy Nasriddinga men sendan aqlliman, men bilan tortishma debdi. Nasriddin kulimsirab javoban “ o’zini aqlli deyish ahmoqning ishi” debdi. Boyning jahli chiqibdi va qoziga nasriddinning ustidan arz qilibdi. Qozikalon ikkalasiniyam huzuriga chaqiribdi va Nasriddin bilan suhbati boshlanibdi: qozi: sen boy otaga siz ahmoq odamsiz dedingmi? Nasriddin: ha,shunga o’xshash gap aytgandim. Qozi: hoziroq bu gapingni qaytib olib, boy otaga siz unday emassiz deginki, aks holda seni zindonga tashlayman. Shunda Nasriddin afandi qozining aytganini qilib, boyga shunday gap aytibdiki u gapi bilan boyning ahmoqligini yana takidlabdiyu lekin shuning bilan birga qozi va boyning oldiga o’zini oqlab uyiga qaytibdi.
Diqqat savol:Afandi nima degan?

Javob: ”siz ahmoq, odam emassiz.”

3450. Har yili dunyoda 7000 dan ziyod insonlar doktorlarning bitta xatosi sababli hayotdan ko’z yumushar ekan. Savol: doktorlarning qanday xatosi sabab?

Javob: Tushunarsiz yozuvi

3451. Tropik mamlakatlarida u bino ichida kunu-tun kuchli yorug’likka ega chiroqlar yonib turmasa bo’lmaydi.
Savol: Qanaqa binoda?

Javob: Kutubxonalarda, chunki u yerda namlik o’ta kuchli kitoblar tez chirib ketishi mumkin

3452. Olim Per Buast fikricha, insonlar hayotining dastlabki qismini o’liklar bilan, ikkinchi qismini tiriklar bilan suhbatlashib o’tkazishi , oxirgi qismini esa o’zi bilan gaplashib o’tkazishi kerak.
Savol: O’liklar bilan suhbat deganda nima nazarda tutilgan?

Javob: Kitob o’qish

3453. Qoʻshrabotlik mirishkor dehqonlar tarvuz paykalida pishayotgan tarvuzlarning yoniga kichkina idishchalarda suv solib qoʻyishgan ekan.
Aytingchi nima maqsadda bu usul qoʻllanilgan?

Javob: Chanqagan qushlar tarvuzni choʻqib suvini ichishga harakat qilmaydi! Yonidagi idishdan suv ichadi!

3454. Sharq mamlakatlarida memorchilikning o’ziga xos uslublari bor. Podsho saroyidagi marosim zallarining to’rttala burchagiga suvlar favvora sifat qilib, oqizib qo’yilganini kuzatamiz. Birinchidan u sovutgich vazifasini o’tagan. Bu favvoralarning yana bir o’ta muhim vazifasi bo’lgan.
Savol: Qanday vazifa yoki qanday maqsadda foydalanilgan favvoralar?

Javob: Mahfiy sirlarni ayg’oqchilar eshitmasligi uchun.

3455. Dunyoda 3 ta aka-uka bor.
Birinchisi:Ovqat yeb to‘ymas ekan.
Ikkinchisi:Suv ichib to‘ymas ekan.
Uchinchisi:Sayr qilib to‘ymas ekan.
Diqqat savol:3 ta aka-ukalarni ayting?

Javob: 1-Olov, 2- yer va 3-daryo

3456. Yaponiyada Samuray maktab imtihoniga kirib asosan 3 ta sinovdan o’tishar ekan:
1-sinov. Jangavorlik.
2-sinov. Ochlik va suvsizlikka chidamli bo’lish.
3-siov. Bolalarni dovyurakligini va qo’rqmasligini tekshirish.
Diqqat savol: 3-sinovni qanday yo’l bilan amalga oshirishadi?

Javob: ularni tunda qabristonga joʻnatishgan! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3595?comment=7058)

3457. Fors maqoli. Atirgul qayerda unmasin uning . . . maqolni davom ettiring?
Javob: Tikoni bor

3458. Matematik olim Abdulhamid Fozilning aytishicha, sayyoramiz 360 ta vaqtli meridianga bo’lingan. Bu meridianlardan har biri boshqasidan roppa-rosa 4 daqiqa farq qiladi. Agar X ni to’g’ri to’g’ri talaffuz etilsa u roppa rosa 4 daqiqa davom etadi va sayyoramizda tinimsiz yangrab turadi. Diqqat savol: X ni toping ?
Javob: Azon (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3597?comment=7072)

3459. Uning bunday deb nomlanishiga bir necha sabablar bor. Birinchidan keng peshonasi, alpqomatli, kelbatli keng ko’krak qafasga ega bo’lganidan. Lotinchada uning nomi ham keng deb tarjima qilinadi. Keng darajali aqlni yanada kengaytirish uchun unga eshitganlarining o’zi kifoya kilgan. Hurmatli bilimdonlar, yuqoridagi keng bilim sohibini osongina toparsiz deb o’ylaymiz?
Javob: U zot faqat quvvai-hofizasi bilan, biror satr ham yozmay donishmandlik unvoniga sazovor bo’ldi. Shundan bo’lsa kerak, uning ta’limoti 25 asrdan buyon o’lmayapti. Bu buyuk faylasuf – Aflotun edi. Platus-lotinchada keng degan ma’noni bildiradi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3598?comment=7080)

3460. Bizda azaldan qiz bilan yigit bir-birlariga uzuk taqishadi nikoh payti. Shvetsiya davlatida hozir emas, albatta, 20-asr boshlarigacha kuyov to’yda kelinga 2 ta uzuk sovg’a qilar ekan. 1-si nikoh uzugi, 2-si ona bo’lsin deb onalik uzugini ham taqar ekan. Eng qizig’i ayrim qizlarning otalari to’y kuni kuyovga uzuk taqar ekan.
Savol: Nega hamma otalar emas, ayrim otalar kuyovlariga to’yda uzuk taqishadi?

Javob: Gap shundaki, Shvetsiyada har bir oilaning ramziy uzuklari bo’lgan. Agar o‘sha otaning o’g’li bo’lmasa oila an’anasini davom ettirishni qizining eriga, ya’ni kuyoviga ishonib topshiradi.

3461. Yashil rang bilan ko’k rang juda bir-biriga yaqin ranglar hisoblanadi. Qanchalar yaqin bo’lmasin, ular baribir raqib ranglar hisoblanadi. O’zbek mutaxassislari yashil va ko’k rangni oddiy bir narsada ustalik bilan namoyon eta olishgan.
Savol: U narsa nima?

Javob: O’zbek sport mutaxassislari topishgan narsa – milliy kurash

3462. Quyidagi Rasmdagi o’yinchoqni ma’lum bir soha egalari ish yuzasidan o‘z maqsadiga erishish uchun ishlatadilar u narsa bo‘lmasa maqsadiga erisholmaydi
Qaysi soha egalari va ular maqsadga erishish uchun bu o’yinchoqdan qanday foydalanadilar?

Javob: Fotograflar
Izoh: Yosh bolalarni rasmda olishda busiz iloj yo’q jim turishi uchun.

3463. Yaqinda yangi soat olgandim. Chapaqayligim sabab yozuv yozish uchun noqulay deb o’ng qo’limga taqib yurdim. Lekin kursdoshimni bir gapiga ko’ra agar soat o’ng qo’limda bo’lsa “bu ish” ni bajarish anchayin mushkul bo’lib qolar ekan.
Savol: Bu ishni savoldan uzoqlashmagan holda maksimal aniqlikda ayting?

Javob: U ish-Soat muruvatini burash ya‘ni vaqtni to‘g‘irlash

3464. Armiya davlatning asosiy kuchi hisoblanadi. Masalan, Shimoliy Koreyada aholining 5 foizi armiyada hizmat qiladi. USHBU davlatda esa, 2004-yil eng internatsional(ko‘p millatli) armiya hosil bo’ldi. Ya‘ni 7622 askar 136 millatga mansub. Savol bu qaysi davlat?

Javob: Fransiya

3465. Norvegiyada siz hatto X da ham cheksiz internet xizmatiga va oliy ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. Savol: x ni toping?
Javob: Qamoqxonada

3466. “Haqiqiy yigit arslonday irillay oladi” shiori ostida har yili Janubiy Afrikaning Nelotreyt shahrida musobaqa o’tkaziladi. Musobaqada arslonday irillay oladiganlar saralanadi. Musobaqa g’oliblari va sovrindorlari X ga eng mos deb hisoblanar ekan. Diqqat Savol: X nima ekanligini toping?
Javob: Kuyovlikka

3467. Bir aqsh dollarida tasvirlangan piramidaning pastgi qismida qanday yozuv aks ettirilgan va uning maʼnosini ayting?
Javob: MDCCLXXVI – 1776. Bu AQSHning mustaqillik boʻlgan yili!

3468. Insondagi eng qimmatli narsa bu vaqt. Rim faylasufi Senekaning fikricha, sizning vaqtingizni o’g’risi aynan ular ekan. Hurmatli bilimdonlar, eng ko’p
vaqtingizni o’g’risi kimlar?

Javob: Vaqtning eng katta o’g’risi, bu do’stingiz ekan. Diydorlashgach, soatlab, kunlab vaqtingiz ular bilan suhbatga ketadi. Seneka – eng ko’p vaqt o’g’rilari do’stlarimizdur degan. Balki vaqt do’stdan ham qadrlidur- demoqchi Seneka

3469. Tarixda kim katta o’zgarishga qo’l urgan Napaleonmi yoki Yuliy Sezar ?
Albatda Ikkalasi ham emas tarixda eng katta O’zgarishga ular qo’l urgan ekan .
Ho’sh mantiqan aytingchi Ular Kimlar?

Javob: Tarixchilar

3470. Gruzinlarda bir maqol bor “May yomg’iri oltin, iyun yomg’iri kumush.
Diqqat savol iyul yomg’iri nimaga qiyoslangan?

Javob: Olov

3471. Olimlarning aytishi bo’yicha xitoyliklar yemaydigan narsani o’zi yo’q ekan lekin daryoda suzib yuruvchi bir narsani yemas ekan.
Savol: daryodagi suzib yuruvchi narsa nima?

Javob: Kema

3472. Qadimda bir podshoh oshpazlarni chaqirib osh qilishni buyuradi, lekin oshda biror kamchilik boʻlmasligini buyuradi. Shunda bir mohir oshpaz shunday osh qiladiki bu dunyodagi eng mazali osh boʻlib, yeganlarning ogʻzida qoladigan darajada boʻladi Keyin oshni podshoni dasturxoniga laliga suzib tortishadi, podshoh oshdan bir qoshiq yeb keyin shunday deydi: “Suzilgan bu oshingda nimadur kam ekan?”deydi va u nima ekanligini topishni buyuradi.
Savol bu nima? Qizigʻi shundaki oshda hamma masalliq joyida ,tami ham juda mazali edi.

Javob: Bir qoshiq osh kam! Axir uni podshoh yeb koʻrgandi

3473. Abu Rayhon Beruniyning “Javohirnoma” asarida bir podsho hovuzida timsohlar boqar ekan. Lekin ba’zi sababga koʻra vaqtinchaga ularni boshqa hovuzga haydab utishar ekan.
Nimaga podshoh saroyining yonidagi hovuzda timsoh boqilgan va nimaga boshqa hovuzga timsohlarni haydab oʻtishgan?

Javob: Hovuzda hazina saqlangan va hazinaga ehtiyoj borida timsoqlar boshqa hovuzga oʻtkazilgan!

3474. Muqaddas kitoblarda X uy rozg’or anjomi, uning qilqanoq yanoq va ayrim turlari tabobatda ishlatiladi. X ni toping?
Javob: Igna

3475. Bir qishloqda dindor kampir yashar edi. Shu paytgacha hech kim hech qachon undan yomon gap eshitmagandi. Lekin u hamma uchun muloyim gap va maqtashga arzigulik tarafini topib aytib o‘tardi. Bir kuni yoshlar qariyani sinamoqchi bo‘lishdi.
O‘ylashdiki, undan inson qalbi dushmani haqida so‘raymiz-u, u haqda aniq yaxshi gap aytmaydi.
— Buvijon, shayton haqida nima deb o‘ylaysiz?
Kampir biroz o‘ylanib, javob berdi: .?
Diqqat Savol kampir qanday javob bergan?

Javob: U juda tirishqoq degan

3476. G. Ratner
-“U hamma eshiklarni ochadi shu bilan birga do’zaxnikini ham” degan edi.
G. Stayn esa U hamma vaqt borligini faqat Uning “uyi” o’zgarib turishini ta’kidlagan.
X. Shenk fikriga ko’ra, faqat qarz olishgina Usiz bajariladigan ish ekan.
Savol: yuqoridagi insonlar nimaga ta’rif berishgan?

Javob: Pul

3477. Usmoniylar davlati 1299-yildan 1922-yilgacha hukmronlik qilgan Bu davrlarda Rossiya va Gretsiya bilan urishgan Gretsiya bilan jangda uzoq davom janglarni birida ular o’qlari tugaydi shunda hamma askarlari hammamiz o’lamiz endi deyishganda qo’mondoni shunday xiyla ishlatganki ular tirik qolishgan.
Diqqat savol: ular ishlatgan xiylasi toping?

Javob: Yostiq
Izoh: Biz bilamizki yostiq ham qotillik qurollaridan biridir kinolarda ko’p ko’rgandirsiz
U geograf o’zbek xonadonlarida yostiq judayam ko’pligini aytgan

3478. Allen Karrning “CHEKISHNI TASHLASHNING OSON YO’LI” degan kitobida “Chekishning foydali tomonlari” degan alohida bo’lim bor. Shu bo’limda nima haqida yozilganini tahmin qilib ko’ringchi?
Javob: Chekishning umuman foydasi yo’qligini ko’rsatish uchun kitobning shu bo’limini bo’m-bo’sh qoldirgan va keyingi bo’limga o’tgan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3618?comment=7248)

3479. Oysiz tunda daryo yonida cho’pon o’tiribdi. Atrofda sigirlari zo’r berib o’t yemoqda. Bog’langan oti esa yotib olgan. Qo’ylari hammasi bir joyga to’planib olgan. Daryoda esa baliqlar sakrab suv ustida o’ynayapti. Bularning bariga e’tibor qilgan aqlli cho’pon, atrofga alanglab bir narsa qidiryapti.
Diqqat savol: Sizningcha, u nimani qidirmoqda?

Javob: Pana joy
Izoh: Choʻpon yomgʻir yogʻishini sezgan

3480. Arab shifokorlari uni dorixonalarda dori vositasi sifatida sotish taklifi bilan chiqibdi. Dunyo olimlari bo’lsa, аgar u har bir insonni taomnomasida bo’lsa, inson depressiya nimaligini bilmaydi va doimiy ravishda yosharib boradi deb ta’kidlashmoqdа. Хаtto bir nechta Gollivud аktyor va aktrisalari uning foydasini bilib, хunuk ko’rinsada uni sinab ko’rmoqda ekan. Меn hatto uni arab shayhlari muzqaymoqqa qo’shib yeganini ham ko’rdim.
Savol gap nima haqida?

Javob – Оltin (oltin kukuni)
Izoh- Оltin kukuni juda foydali bo’lib, u insonni yoshartirib, depressiyani yo’qotish hususiyatiga ega. Gollivudlik aktyor va aktrisalar ( М.n Madonnа ) Оltindan yasalgan kapa taqib yurarkan. Аrab shayhlari esa muzqaymoq ustiga oltin kukuni sepib yer ekan.

3481. 1987 yilda Armanistonda, 1966 yilda Toshkentda, 1949 yili Ashhabodda, 1924 yili Tokioda kuchli zilzilalar ro’y bergan. Zilzilalar eramizdan avval ham bo’lgan. Lekin ularning ko’plari qayd etilmagan. Faqat eramizdan avvalgi 394 yilda sodir bo’lgan zilzilagina tarix sahifasiga yozilgan.
Bu zilzila qaysi shaharda ro’y bergan va eng katta zarar nimadan iborat bo’lgan?

Javob: Bu zilzila Afinada, Olimp tog’i bag’rida ro’y beradi. Shahar vayrona bo’ladi va Olimpiada o’tkazilishi to’xtatiladi.

3482. 1699- yilgacha qaysi xalqlar Yangi yil bayramini 1-sentabr kuni oʻtkazishardi?
Javob: Slavyan xalqlari

3483. U haqida inglizlar shunday deyishadi: “Oppoq tana va matoli qalb birlashib, tillarang jilva hosil qiladi”.
U ni toping?

Javob: Sham

3484. Polshalik taniqli yozuvchining fikrini davom ettiring:
“XAVF BO’LIB TURGANDA QAHRAMONLAR KERAK, AMMO BOSHQA PAYTLARDA ULAR……”
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?

Javob: XAVF BO’LIB TURGANDA QAHRAMONLAR KERAK, AMMO BOSHQA PAYTLARDA ULARNING O’ZLARI XAVFLIDIR.

3485. “Amr qilamanki, vazirlar ushbu to’rt sifatga ega bo’lsinlar:
1) asllik, toza nasllik;
2) aql-farosat;
3) sipohu raiyat avlodidan xabardor va ularga xushmuomala bo‘lish;
4) sabr, chidamlilik, tinchliksevarlik.
Bunday fazilatli vazirlarga ishonch, imtiyoz, e’tibor va iqtidor berdim…”
Hurmatli bilimdonlar siz ushbu misralar qaysi tarixiy asardan olinganligi aniq ayting!

Javob: Temur Tuzuklari

3486. Samuraylar kodeksi “Budosin’yu”da shunday yozilgan: “Samuray har kuni ertalab sochini turmaklashi, so’ngra mashq qilishi, keyin vaziyatga mos kiyinishi shart. Ammo har kuni qaysi kiyimda bo’lishidan qat’iy nazar, belida kamari, 2ta qilichi va U bo’lishi kerak. U nima?
Javob: Bu yelpig’ich. Samuraylar ko’p hollarda yelpig’ichdan qurol, himoya vositasida foydalanishgan.

3487. Tovuq fermalariga yangi ozuqa kelsa ozuqani birinchi “ularga” berishadi agar “ULAR” o’lib qolishmasa keyin tovuqlarga berishadi. Diqqat “Ular” deganda nima nazarda tutilgan?
Javob: BALIQLAR
Izoh: bu yemishni baliqlarga suvga soladi va ular tajribadan o’tsa o’lmasa tuvuqlarga beriladi.

3488. Nima uchun Misrda odamlar tomi yopilmagan uyda yashashni afzal ko’radilar?
Javob: Tomi yoʻq uylarga soliq to’lanmaydi.

3489. Ibn Sino hotiralar kitobida shunday yozadi: “Bir yashar paytlarim negadir osmon katak-katak ko’rinardi. Buning sababini bilmasdim. Enagamdan so’raganimdan keyingina buning sababini bildim.
Nima uchun Ibn Sino 1 yashar paytlari osmon katak katak ko’ringan deb aytadi?

Javob: Chaqaloqlarning yuziga pashsha qo’nmasligi uchun yuziga elak yopib qo’yishgan

3490. 1932-yil Noyabr oyida Avstraliya harbiy kuchlari X larga qarshi ”urush” e’lon qildi. Ammo dekabr oyida ular ”mag‘lubiyatga” uchradi. X lar soni kamligi tufayli ”g‘alaba qozonishdi”.
X-?

Javob: Tuyaqush

3491. Bu suratdagi musiqachilar dunyoning qolgan sozandalaridan deyarli farqi yo’q. Lekin ular qilgan bir ishi uchun tarixda o’chmas iz qoldirgan.
Aynan qanday?

Javob: Bular titanik kemasida bolishgan.KEMA cho’kayotgan payti odamlarga dalda berishgan.

3492. “Zakovat” sandiqchasida doimiylik, sadoqat, uzviylik, ulug’lik ramzi bo’lgan bir narsa bor. U narsalarning sifatini juda yaxshi saqlaydi . Shuning uchun bu narsa bebaho sanaladi.
Savol: Sandiqchada nima bor?

Javob: Tuz

3493. Futbolda Barselonacha uslubda urilgan gol bilan tarixga kirgan golni bir necha yil oldin o’tgazilgan O’zbekistan liga kubogida Qo’qon-1912 klubi Lokomativ klubiga shu uslubda gol urishda
Bu qanday usulda urilgan gol?

Javob: Penaltidan pas orqali urilgan gol

3494. “Rus haqiqati”ga ko‘ra kreditga olingan pul va tovarlarini yo‘qotgan savdogarlardan uch holatda kredit qaytib olinmagan.
1. Qaroqchilar hujumiga uchrasa.
2. Kema halokatga uchragan bo‘lsa.
Diqqat savol: 3-holat qanday ekanini ayting?

Javob: Yongʻin sabab pul yoki tovaridan ayrilsa

3495. Dunyoda juda ham antiqa qonunlar ko‘p. Ayniqsa, bu borada AQSH yetakchilik qiladi. Shunday antiqa qonunlardan birini eshiting. Kaliforniya shtatida uyiga qopqon qo‘ymoqchi bo‘lganlar, albatta bir hujjatga ega bo‘lishlari shart ekan.
Diqqat savol, bu qanday hujjat?

Javob: Ov uchun ruxsatnoma

3496. L.Kaganovning ertagidan: “Lekin U uni Lenin qo’llarida qanday ko’tarib yurganini hikoya qilishni boshlashi bilan , bolalar kulib yuborishdi va saqichlarini unga tuflay boshlashdi, aslida esa U haqiqatni gapirgan edi. Bu ish U tug’ulgunga qadar , shanbaliklar vaqtida bo’lar edi”
U Kim?

Javob: Buratino
Ma’lumki Lenin dastlab oddiy ishchi bo’lgan va yelkalarida Buratinoni tug’ulmasdan avval- g’olalik paytidayoq ko’tarib tashigan.

3497. Zamonaviy qiruvchi samolyot uchuvchilarining reaksiyasi tezligi 20-30 yildagiga qaraganda sezilarli darajada yuqorilagan. Bir nemis mutaxassisi fikricha, bunga sababchi bo‘lgan omillardan biri ULARni oxirgi yillar ichida juda keng tarqalgani bo‘layotgan ekan. Ularni toping?
Javob: Kompyuter O’yinlari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3639?comment=7477)

3498. Sheʼriy savol!
Ko’p yillar yashar o’zi,
Sira yumilmas ko’zi.
Tong otar-u bo’lar kech,
O’z joyidan jilmas, hech.
Diqqat savol: Sheʼrda nimaga ta’rif berilmoqda?

Javob: Haykal

3499. Inson tanasidagi eng mustahkam qismi bu — ‘X’lar bo‘lib, ular eng oxirida chirishni boshlaydi. Arxeologlar tomonidan topilgan, eramizdan avvalgi ming yillar oldin mumiyolangan jasadlar ichida, skletdan tashqari «yashab» qolgan qismi bu — ‘X’lar edi.
Savol:’X’lar nima?

Javob: Tuklar

3500. Fazoga olib chiqilgan eng birinchi alkogolsiz ichimlik?
Javob: Coca cola