40-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

3901. Epidemiyani ilk oylari. Fevral mart. Hali yurtimizga birinchi kirib kelgan koronavirus omma orasida sarosima keltirib chiqardi ungacha niqob taqganlarni ustidan kulib yurganlar endi o’zlari perchatka ham taqib olishgan edi. Ba’zilar esa juda ham qo’rquvga tushib qolgandi. Karantinni ilk davrida odamlarda qisman shakllangan ushbu qo’rquv qaysidir ma’noda kasallanishdan ham saqladi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Savol: Gap qaysi qo’rquv haqida bormoqda?

Javob: Verminofobiya
Zamonaviy psixiatriyada fobiyalardan biridir. Bu mikroorganizmlar, bakteriyalar, mikroblar va viruslar, qurtlar, hasharotlar bilan bog’liq har qanday 𝗸𝗮𝘀𝗮𝗹𝗹𝗶𝗸𝗻𝗶 𝘆𝘂𝗾𝘁𝗶𝗿𝗶𝘀𝗵𝗱𝗮𝗻 𝗾𝗼’𝗿𝗾𝗶𝘀𝗵.

3902. Qalamkash Bahriddin Zayniddinov ijodidan bir shingil o’qib qoldik.
Bir kuni bayramda uning telefoniga tabriklar kela boshlabdi. U falonchining tabrigi ustiga “Rahmat, aka” deb yozib, pistonchiga, unikini bunisiga jo’natib yotibdi ekan.
Shunda uni kuzatib turgan qo’shnisi: “Iyaa, mulla Bahriddin, “sabsheniya” jo’natish ham BU ISHNI QILISH ga o’xsharkan-da, a ? – deb kulib qo’ygan ekan.
BU ISHNI QILISH o’rnidagi 3 so’zni yozib bering?

Javob: 𝘼𝙧𝙖𝙛𝙖 𝙤𝙨𝙝𝙞𝙣𝙞 𝙩𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙨𝙝.
Arafa kuni bir necha joydan osh chiqadi. Shunda chiqqan oshlarga ozgina o’z oshimizdan qo’shib u yoq – bu yoqqa qaytarish odatga aylangan. Turli “sabsheniya”larning boshiga ozgina o’z so’zidan qo’shib (hatto, qo’shmay ham) jo’natish bayram kunlarida hammamiz qilib yurgan ishlardan.

3903. Bir it 3 metrli arqonga bogʻlangan ekan. It toʻgʻri yoʻnalish boʻylab 6.3 metr yugurib. Keyin toʻxtabdi.
Diqqat Savol: It 3 metrli arqonga bogʻlangan boʻlsa, qanday 6.3 metr yugurdi?

Javob: Arqonning bir tarafi itga bogʻlangan, ikkinchi tarafi esa hech nimaga bogʻlanmagan

3904. U xalq tabobatida ko’plab muammolarga yechim, Uning sirka bilan aralashmasi husnbuzarlarni yo’qotishda qo’l keladi. U surtilgan nonni yeganda o’zimiz bilmagan holda efir moyi va foydali moddalarni iste’mol qilamiz. Xo‘sh U qanday o’simlik?
Javob: Sedana

3905. Ushbu o”rindiq Rossiyaning Sochi shahrida joylashgan.
Diqqat savol: Bu o’rindiq noodatiy bulib bunga ajoyib nom berishgan. Ushbu o’rindiqni o’zbekcha nomini toping?

Javob: Yarashuv yoki yarashtiruv

3906. Ikki jinoyatchi bir jinoyatni sodir etishga urinibdi. Bittasi ikkinchisiga quyidagicha xat yozibdi:
” zimilshob mujuh agyu 95, isachoʻk nooM ad 00:1 taos nugub “
Savol: Siz politsichisiz bu xatni oʻqib jinoyat qachon va qayerda sodir boʻlishini topa olasizmi?
Xatda nima yozilgan edi?

Javob: Harflar teskari yozilgan edi!
Xatga bunday yozilgan: bugun soat 1:00 da Moon koʻchasi, 59 uyga hujum boshlimiz

3907. Nurotada bu narsa juda ham ko’p. Bu narsalarga quyidagicha nomlar qo’yilgan:
Mastak, Zuli, Zulfiqor, Mozor,
Begli, Tayla, Maston.
Nurotadagi bu nomlar qanday narsalarga qo’yilgan?

Javob: Buloqlarni nomi edi

3908. U ning hidi bosh og’rig’ini yo’qotadi , tinchlantiradi va uyqusizlikni oldini oladi.
U qanday o’simlik?
Javob: Isiriq

3909. Kunlardan birida Xo‘ja Nasriddin hukmdorga bir savat anjir olib boradi.Uni qochoq mahbusga o‘xshatgan soqchilar qo‘lga olishadi va zindonband etishadi.Anjirni esa o‘zlari hukmdorga tortiq qilishadi.Anjir hukmdorga juda ma‘qul bo‘ladi.Voqea ayon bo‘lgach hukmdor Xo‘ja Nasriddindan anjir uchun nima xohlashini so‘raydi.Nasriddin hukmdordan o‘tkir bolta berishini so‘raydi.
Savol:Xo‘ja Nasriddin bolta bilan nima qilmoqchi bo‘ladi?

Javob: Hovlisidagi anjir daraxtini kesib tashlamoqchi bo‘ladi

3910. O’zbekistonda kollektivlashtirish yillarida yakka-yakka dehqon va chorvadorlarning majburan kolxozlarga birlashtirish jarayoni avj oladi.Bunda dehqon va chorvadorlarning shaxsiy mol-mulki kolxoz hisobiga o’tishi kerak edi.Bunday jarayonda esa ular bir ishni qila boshlashadi va bu ishni qiluvchi kasb egalariga talab ortadi.Bizningcha bu kasb egalarining eng qadrlangan davri o’shanda bo’lsa kerak.
Savol:Tarixiy faktlarga asoslangan holda bu kasbni toping?

Javob: Qassoblar
Izoh:Kolxozlashtirish yillarida mahalliy aholi o’z shaxsiy chorvalarining kolxoz tarkibiga o’tib ketishidan ko’ra ularni so’yib go’shtini o’zlarida qoldirishni afzal bilganlar.O’sha yillari 60 000 dan ortiq qoramollarning so’yib yuborilgani fakt.O’z -o’zidan qassoblarga talab ortadi.

3911. Professional bokschilar orasida aka uka Klichkolar va Jeyms Smit unga egadirlar, Mayk Tayson, Muhammad Ali va boshqa ko’plab bokschilar unga ega emaslar.
Uni ayting?

Javob: Oliy ma’lumot

3912. Italyanlar maqoliga ko’ra U ishni qilgan odamni oq ko’ngili va sofdilligini bilish mumkin bo’lgan bunday odamlar Italiyada ko’pligi uchun
U yerda Ular yo’q.

Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda aytingchi U qanday ish?
Javob: Bola asrab olish.
Izoh: Italiyada bola asrab oluvchilar ko’pligi sababli Mehribonlik uylari yo’q.

3913. Aniq boʻlmagan versiyalarga koʻra uni yaratilishiga quyidagilardan biri ilhom bagʻishlagan boʻlishi mumkin: “Injilda keltirilgan hikoya, mashhur fizik, Alan Tyuring, Shveytsar afsonalaridagi ota-oʻgʻil.”
Diqqat savol: 1976-yilda Rob ismli inson nimani yaratganini ayting.?

Javob: Apple logotipi

3914. Bir asardagi revolyutsioner Salman Rushdi o’zining ayol do’stiga boylarni kambag’alga, kambag’allarni esa aksincha boylarga aylantirish kerakligiga ko’ndiradi. Qisqa vaqt ichida esa bu ayol o’z kasbidan foydalangan holda jinoyatga qo’l urib bu ishni bajaradi.
Ayol qayerda ishlaydi?

Javob: Tug’ruqxonada
Izoh: Bolalarni almashtirib qo’ygan

3915. Myunxenning “Bavariya” jamoasi rahbariyati Frank Riberi klub bilan yangi shartnoma imzolashiga juda katta umid qilar edi. Klub prezidenti futbolchining tugʻilgan kuniga UNI sovgʻa qildi. Prezident Riberiga nima sovgʻa qilgan edi?
Javob: RUCHKA
“Umid qilamizki, Riberi tez orada mana shu ruchkada klub bilan yangi shartnomaga imzo chekadi”

3916. Jahon Sog’liqni Saqlash
Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, ” X ” dan o’lish
hollari yurak-qon tomir kasalliklari, onkologik kasalliklardan o’lish hollaridan keyingi 3-o’rinda turadi. Savol: X qanday sabab bo’lishi mumkin?

Javob: Avtohalokat

3917. Qadimgi Rim davridagi qabrlardan topilgan ba’zi skeletlarning jag’lari yashil rangda edi. Arxeologlar jag’larning bu rangga kirishiga Rimning o’sha paytdagi diniy odatlarini sabab qilib ko’rsatishadi.
Diqqat savol: Jag’ni yashil rangga kirishiga nima sabab bo’lgan?

Javob: MIS TANGA
Izoh : O’sha paytlarda odam vafot etgandan keyin og’ziga,ko’ziga tanga qo’yishgan .Nargi dunyoga o’tish uchun to’lov bo’ladi degan maqsadda shunday qilishgan.Mis esa oksidlanib yashil tusga kirgan.

3918. Fizik Ernest Rezerford bir tajriba jarayonida azotdan kislarod olishga muvaffaq bo’ladi. Bu ishi uchun jurnalistlar tomonidan X laqabini oladi.
Diqqat savol: Siz bizga1988- yilda chiqqan X ni emas uning muallifi kimligini toping?

Javob: Paulo Koelo
X– alkimyogar edi

3919. Alfa– oshqozon- ichak ,bosh miya ishini, moddalar almashinuvini yaxshilaydi,kayfiyatni ko’taradi. Alfa tarkibidagi antioksidantlar yoshlikni saqlashga ,turli shishlar paydo bo’lishini oldini oladi.
Diqqat savol: Alfa nima ekanligini topgan bo’lsangiz ,uning asl Vatani qayer ekanligini ayting?

Javob: Janubiy Amerika
Alfa-Kartoshka edi.

3920. Yashil bog’im ichra qizil gullar yastanib yotar, qizil gullarimni yuzini qora dog’lar buzar.
Diqqat savol: Ushbu ta’rif nimaga berilganini toping?

Javob: Tarvuz

3921. Robert Kiyosaki shunday fikrlarini aytadi: Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o’lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o’lchanmaydi, boylik alfa bilan o’lchanadi. Ho’sh aytingchi Kiyosaki fikricha boylik nima bilan o’lchanadi?
Javob: Vaqt

3922. Salomonlik universitet kutubxonachisining aytishicha, XVII asrda universitetning bir o’qituvchisi Parijga yangi kitob nashrlarini olib kelishga boradi. Lekin u kitob o’rniga to’rtta bir xil ko’rinishdagi predmetlarni olib keladi. Universitet kansleri bundan g’azab otiga minib uning sarf-xarajatlarini qoplashini rad etadi. Professor bundan hech ham tushkunlikka tushmaydi va qaydlarga: “To’rtta dumaloq shakldagi kitoblar sotib olindi” ,- deb kiritib qo’yadi.
Diqqat savol: Sotib olingan buyumlarni nima ekanligini ayting?

Javob: Globus

3923. Uzoq vaqt zindonband qilishga undan munosibi yo’qdir.
U yirtqichdir, qo’yib yuborsa o’zingizga hujum qiladi.
U juda hatarli dushmandir.
U nima deb o’ylaysiz?

Javob: Til

3924. Orangizda tuya go’shti yeganlar bormi?Tuya go’shti xalol go’sht, uni bemalol yeyish mumkin. Go’shtni yeyishdan avval uni so’yish kerak. Usta Jalil otani nevarasi bilan Xushnud Xudoyberdiyevlar xozir bitta tuyani yotqizib bo’g’izlashadi. Mabodo, tuyani so’yish zarur bo’lib qolsa, uni albatta 2 kishi so’yadi. Bitta qassob bo’g’ziga ikkinchi qassob o’rgachiga pichoq soladi.
Nimaga tuyani ikkita joyidan so’yish kerak deb o’ylaysiz?

Javob: Tuyani gavdasi katta. Unda qon ham ko’p. Qonni tez olmasa qon qolib ketib go’shtni zaharlashi, mazasini yo’qotishi mumkin.

3925. Bir kuni Bavariyaning bir o’yinida ikki futbolchi jarima to’pini Kim tepishi borasida tortishib bahslashib qoladi va ular bir ish orqali o’zaro murosaga kelib olishadi.
Savol: Ular bizga begona bo’lmagan qaysi ish orqali murosaga kelishgan?

Javob: Tosh qaychi qog’oz

3926. Cholning yoshi o’g’li va nevarasi yoshlarining yig’indisiga teng yoki boshqa nevarasi va evarasi yoshlaring ko’paytmasiga teng.
Agar har qaysining yoshlar butun sonlarning kvadrati bo’lsa, har birining yoshini toping?

Javob: Chol- 100
O’g’il- 64
Nevara- 36
2-nevara- 25
Evara-4

3927. Inson hayoti davomida qo’rquv bilan yonma-yon yashaydi. Lekin bir qo’rquv borki,bu qo’rquvni ajdodlarimiz his qilmaganlar. Yaqin 100 yil ichida paydo bo’ldi bu qo’rquv. Buni kasallik desa ham bo’ladi. Hattoki bu qo’rquv meni ham chetlab o’tmaydi.
Mantiqan o’ylab aytingchi bu qanday qo’rquv?

Javob: Telefon va Internetsiz qolish qo’rquvi (Nimafobiya)

3928. Suhbatda:
-U dunyodagi eng tez uchadigan qush.
-U qush emas menimcha u to’ng’izlar oilasiga kiradi.
-U juda aqlli. Odamlar fil, chumolini gapirishadi lekin u fil, chumolidan ancha aqlli. Insonlarga ziyon yetkazmaydi. O’lyotgan vaqtda ham ularni yoniga kelmaydi.
U deb nimani aytishmoqda?

Javob: Burga

3929. Bu kitobni paydo bo’lish tarixi juda qiziq. 1950-yilda Kitob yaratuvchisi Yevropadagi eng tezkor qush to’g’risida bahslashganda kelib chiqqan. U biron bir kitobdan javob topolmagani uchun,faktlar va rasmlar to’plamini yig’ishga qaror qiladi. Shunday qilib bu dunyoga mashhur kitob paydo bo’ladi. Bu qaysi kitob ekanligini toping?
Javob: Ginnes rekordlar kitobi

3930. Misr rivojlanayotgan davrlarda mantiqiy savollar insonlarni o’ylashga majbur qilgan. Alfa huddi olmaga o’xshaydi. Yeysiz lekin mazzasini o’zingiz aytasiz. Hammaga mazzasi har xil seziladi. Alfa bizga kelajagimizga yordam beradi lekin biz u olmani yeyishdan ko’ra tomosha qilishni xush ko’ramiz. Bu olma asrlar davomida bizga hamrohdir. Bu olma bizga qanchalik chiroyli ko’rinmasin biz bu olmadagi mazzani his qilolmay, o’zimizga boshqa izlaymiz.
“Olma” so’zi bilan almashgan so’zni ayting?

Javob: Roman
Sharh…
Misr rivojlanayotgan bir davrda Roman huddi olmaga o’xshaydi deb ta’rif berishadi. Bu olmani mazzasini hamma har xil tuyishi haqida gapirilgan. Bu olma juda mazzalidir lekin uni yeyishdan ko’ra tomosha qilishni yaxshi ko’ramiz. Misr madaniyat ta’rixidan.

3931. XIV asrda Vizantiyalik shoir bir asarni bolgar tiliga tarjimasida X dan bir harf o’rnida foydalangan. X shoirni shaxsiy kashfiyoti ham bo’lishi mumkin, chunki X Bolgariya madaniyatida keyingi II asr mobaynida uchramagan.
Yordam tariqasida shuni aytishimiz mumkinki: Bugungi kunda X ni deyarli hamma joyda uchratish mumkin.Ayniqsa internet sohasida.
X ni va X ishlatilgan so’zni toping?

Javob: X – @
So’z esa Amen (Omin) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4198?comment=14926)

3932. Payg’ambarimiz (s.a.v) U haqida shunday deganlar:
” U zulmatda quyosh, vaxshatda hamroh, yolg’izlikda yo’ldosh, begona yurtda sirdosh, og’ir damda raxbar, dushmanga qarshi quroldir. “
Savol: U nima?

Javob: Ilm

3933. Chumolilarning umuman uxlamasligi haqida eshitgan edim. Dunyoda yana bir jonzot bor ekanki u ham uxlay olmaydi. Bunga sabab ularning nafas olishi avftomatik emas, ya’ni uxlasa yoki xushdan ketsa nafas olishni unutib, bu hol ularning o’limiga olib kelar ekan. Bu qaysi jonzot?
Javob: Delfin

3934. Ma’lumotlarga ko’ra, X ning yaratilishi Bronza davriga to’g’ri kelar ekan. X Buyuk fransuz inqilobi davrida monarxiya qarshilik, ozodlik simvoli bo’lgan . X ni Xitoyda ayol kishiga sovg’a qilish haqorat hisoblangan ya’ni bu bilan u eriga hiyonat qilayotganligini ta’kidlaysiz. X dan foydalanish hozirgi kunda hamma joyda urf bo‘lib ketdi.
Diqqat savol: X?

Javob: Shlyapa

3935. Alfa ehtiyoj demakdir. Alfaning turlari har xil. Boylarda ham kambag’allarda ham ehtiyoj bor. Demak hamma Alfadir. Boylarni ehtiyoji kambag’allarni ehtiyojlaridan kattaroq bo’lishi tabiiy xol. Demak Alfa ko’proq boylarga xos ekanda. Shunaqa ekan nega boylik, mansab ajratyapmiz, insonlar.
Alfa so’zi o’rnida kelgan so’zni toping?

Javob: Faqirlik

3936. Bir maktab o’qituvchisining e’tirof etishicha, o’quvchilarning yozma ishlarini tekshira turib, ular tomonidan qilingan bir imloviy xatoni ko’rib, “xuddi arablarga o’xshab yozibdi” deb hazil qilar ekan. Agar bu xatoni o’ngdan chapga yozishga aloqasi bo’lmasa unda qanday xato haqida gap ketmoqda?
Javob: O’quvchilar yangi gaplarni ham kichik harflarda yozavergan, ya’ni hecham katta harfda gap boshini boshlamagan ekan.

3937. Betta- siniq kosadagi suvga o’xshaydi. Ichsang ham tugaydi, ichmasang ham tugaydi. Shunday ekan, Betta ni zoye ketkazmang, hayotdan zavqlanib yashang va Betta ni nima ekanini ayting?
Javob: Umr

3938. Alfa qozonga o’xshaydi, undagi narsa qaynab chiqaveradi. Uning cho’michi esa Bettadir. Cho’mich qozonda pishgan qaynagan narsani olib chiqadi. Shu tariqa cho’mich qozondagi ta’mni bizga bildiradi.
Alfa -…?
Betta -…?

Javob: Alfa – Qalb
Betta – Til

3939. Bu dunyo bizga mo’jizalar ila yaratilgan. Biz payg’ambarlarimizdan mo’jiza kutmaymiz. Ko’z oldimizda bor mo’jizalar. Yeb turgan qalampirimizga nazar solsak yoniga gul eksangiz qalampirdan achchiq narsa, guldan asal olishadi. Yerni tarkibi o’zgartirilmagan lekin bu bir mo’jizadir.
Endi siz menga o’likdan tirik, tirikdan o’lik narsa nima ekanini ayting?

Javob: Tirikdan o’lik- tovuqni tuxum qo’yishi,
O’likdan tirik – tuxumdan jo’jani paydo bo’lishi.

3940. Bir necha yil oldin Fransiyadagi mashhur jurnalning muqovasida Rossiya Federatsiyasining Prezidenti V.Putinning surati chiqadi. Mazkur suratda u agent Jeyms Bond obrazida ifodalangan bo’lib, qo’lida pistolet o’rniga shu paytda dolzarb bo’lgan hamda deyarli 2 yildan buyon endi paydo bo’lgan SIGARETni ushlab turibdi. Savoldagi SIGARET so’zining o’rniga aslida qo’llanilgan ikkita yoki uchta so’zni toping?
Javob: Koronavirus vaksinasi.
Qabul: Koronavirusga qarshi vaksina

3941. Bir uyda anchagina askarlar yashaydi. Bu askarlar jangga ketishida doim uyning atrofini boshi bilan urib ketishadi. Bu ular uchun odatdir. Xuddiki ular shu uchun yaratilgandek. Bu askarlar ko‘p joylarni vayron qila olish qobiliyatiga ham egadir. Lekin ular jangdan qaytishmaydi va tez halok bo‘lishadi.
Mantiqan o‘ylagan holda bu uyni yozib bering?

Javob: Gugurt

3942. Yaqinda Gitlerning 1945-yil 30-aprelda o‘lgani aniq tasdiqlandi.Bu borada fransiyalik olimlar tadqiqot olib borishdi.Tadqiqotda bunkerdan topilgan jasadidagi tishlari asosiy vazifani bajardi.Uning tishlarini tekshirishganda undan Alfa ning qoldiqlari topilmagan.Bu dalil aniq bu tana Gitlerga tegishli ekanini tasdiqladi!
Diqqat savol: Alfa nima ekanligini toping?

Javob: Go’sht qoldiqlari
Izoh:Gitler vegitariyan bo’lgan.

3943. Buyuk aql egalari bo’lgan matematiklar oldida bosh egaman, ammo ko’ngil egalari bo’lgan X lar oldida tiz cho’kaman.
A.Eynshteyn
Diqqat savol: X ni toping?

Javob: Adabiyotchilar

3944. Ko’pgina Singapurdagi mehmonxonalarda atayin sichqonlar sotib olishar ekan. U yerda dam oluvchilarning aytishicha, bu ular uchun qilingan yaxshilik ekan, ya’ni, sichqonlarning mehmonlarga yaxshigina foydasi tegar ekan.
Savol: Sichqonlarning qanday foydasi tegishi mumkin?

Javob: Sichqonlar xavfli o’rgimchaklarni yeb bitirishar ekan

3945. Afsonaga ko’ra, sehrgarlar uchta uy hayvoni qiyofasiga kira olishmaydi. Bular echki (Shaytonning o’zi unga aylanadi), sigir va bu hayvon. Bizda gapga kirmas qaysarlarni bu hayvonga qiyos qilishadi. Ho‘sh qaysi hayvonga?
Javob: Eshshak

3946. Alfaning hidi shunaqa nohush bo’ladiki, lekin uni biz sezmaymiz. Sababi biz Alfasiz hayotda hali yashamaganmiz. Lekin payg’ambarlar davrida Alfaning hidi borligi va u badbo’yligi ta’kidlangan. Yana bir hadisda esa Alfa insonni go’shtini yeyish bilan barobar deyilgan.Yordam sifatida alfa mavhum narsa va undan foydalangan kishining uyidan qirq kun baraka ketishini aytishimiz mumkin.
Diqqat savol: Alfa nima?

Javob: G‘iybat (g‘iybatchilik)

3947. Benjamin Franklin bilan Agata Kristi turli xil davrlarda yashashgan mashhur insonlar hisoblanishadi. Ammo bu buyuk shaxslar orasida juda katta o’xshashlik bor. Yordam tariqasida shuni aytishimiz mumkinki bu bir xillik har ikkisi faoliyati bilan bog’liq.
Savol: Shu bir xillikni yuqori aniqlikda topib bering?

Javob: Ikkisi ham Farmasevt bo’lgan

3948. Barchamiz yod moddasini tuz bilan birgalikda iste‘mol qilishga o‘rganib qolganmiz. Go‘sht mahsulotlari yoki shakar bilan emas.
Diqqat savol nega aynan tuz bilan?

Javob: Chunki tuzni hamma iste‘mol qiladi.
Izoh: Kimdur go‘sht yemidi kimdurga esa shirinlik yoqmidi va hokozo. Tuz har bir insonni ratsionida bor.

3949. Yaqin yaqingacha barcha xonadonlarda ular ikkovi egizaklar singari yashab kelishar edi. Bugungi kunda ularning deyarli biri o’lib biri qoldi.
Savol: Bu egizaklarning o’lganini toping?

Javob: Radio
Egizaki televizor

3950. U qadimda og’riyotgan bo’g’imlarga, momataloq bo’lgan yoki singan joylarga bosilgan. O’rta asrlar Rossiyasida u tez-tez salfetka o’rnida ham ishlatilib turgan, chunki ularda bu narsa juda serob bo’lgan.
Yordam: Yurtimizda ham uni sevib istemol qilishadi, shu sababli uni tomorqalarda ko’p uchratamiz.
Savol: Uning nima ekanligini ikkita so’z bilan yozing?

Javob: Karam bargi

3951. Ko’pchilik qishloq ayollari tandirda non yopib bo’lgach, yana bir ishni amalga oshirishadi. Bu ish xuddi an’ana singari avloddan avlodga o’tib kelmoqda.
Savol: Bu qanday ish?

Javob: Tandirda qolgan chog’dan olib isiriq tutatishadi

3952. Har bir insonda o’zi bilmagan bir iqtidor yashiringan faqat buni ba’zan topisholmay o’tib ketishadi. Kimdir aqlli yana kimdirda esa talant kuchli. Biz bilmaymiz kimda qanaqa iqtidor bor ekanini, lekin bu insonlarda iqtidorlari tezroq yuzaga chiqadi. Chunki bu insonlar mustaqil , erkin, ma’suliyatli bo’lishadi.Ularni dilini og‘ritish gunoh,Ular Qaror qabul qilishni erta o’rganishadi. O’zlariga nima kerakligini o’zlari qidirib topishadi va bu buyuklikka ilk qadam hisoblanadi.
Ular kimlar.?

Javob: Yetimlar

3953. Ularning soni oltita. Aslida paydo bo’lgan vaqtda beshta bo’lgan.
Fizika, Kimyo, Tibbiyot, Iqtisodiyot, Adabiyot va X.
Siz ularning oltinchisini juda yaxshi bilasiz.
Savol: Siz menga bu ro’yhatning oltinchisi qanday nomlanishi, ya’ni X ni yozing?

Javob: Tinchlik
Izoh: Bu ro’yhat Nobel mukofoti beriluvchi sohalar edi.
Yuqoridagi sohalar bilan bir qatorda tinchlikni mustahkamlashda qo’shgan hissasi uchun ham ushbu mukofot bilan taqdirlanadi

3954. Biz maktab chog’idan bilamizki 5 doim 2 dan ustun ammo bir holat borki buning teskarisidir.
Diqqat savol: 2 qachon 5 dan ustun bo’la oladi?

Javob: Tosh qaychi qog’oz o’ynida

3955. O’. Hoshimovning ,,Daftar hoshiyasidagi bitiklar”- asarida baxtsiz insonlar haqida quyidagi so’zlar bitilgan:
-Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam.
Buni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!
Savol: Qanday odamlar ikki hissa baxtsiz?

Javob: Yig’lashni bilmaydigan odamlar

3956. Ispaniya poytaxti Madridda Eyfel minorasi, Ozodlik haykali, Moskva Kremli kabi me’morchilik durdonalarining maketlari muzeyi ochilgan. Qizig’i bu yerdagi eksponatlarda “Qo’l tekkizilmasin!” degan yozuv yo’q.
Savol: Muzey kimlar uchun qurilgan?

Javob: Ko’zi ojizlar uchun

3957. Bir inson yetuklikni cho’qqisiga chiqqanida undan so’rashibdi bu darajaga yetish uchun nima qilish kerak deb. Shunda u kishi faqat u bilan kurashib, uni tarbiya qilish kerak deb javob beribdi. Yetuklikka erishishda nimani tarbiya qilish kerak deb o’ylaysiz.?
Javob: Nafs

3958. 1851-yilda shaxmat o’yini soatsiz o’tkazilar edi. Shaxmat o’yini cheksiz davom etavergan. Shaxmat tarixida bir nechta matchlar bir sabab tufayli tugamasdan to’xtatib qo’yilgan. Bunga shaxmatchilarning o’zlari sabab bo’lgan.
Savol: Nima uchun matchlar oxiriga yetmasdan to’xtatilganini yozing?

Javob: Shaxmatchilar uxlab qolishgan.
Shu sabab o’yin to’xtatilgan.

3959. Jahon futbol yulduzi Cristiano Ronaldo xayriya sifatida doimo qon topshirib turadi, ya’ni, donorlik qilib turadi. Donorlar har xil kasalliklardan o’zlarini ehtiyot qilishlari zarur bo’ladi. Shu sababdan Ronaldoda ularni umuman ko’rmaymiz.
Savol: Ular deganda nima nazarda tutilmoqda?

Javob: Tatuirovka
Ya’ni: Tanasidagi suratlarni
Izoh: Shifokorlarning ta’kidlashicha tatuirovka chizish paytida kasallik yuqtirib olish ehtimoli juda yuqori bo’lar ekan.

3960. Gul suvsiz gullamaganidek, kapalak gulsiz turolmaganidek inson unga muhtojdir. U Allohning insonga hadiyasi hamdir. Bu hadiya shunchalar beg’ubor va sofki huddi yangi yaratilgan jumboqqa o’xshaydi.
Gap nima haqida?

Javob: Farzand

3961. Amerikaning Virjiniya shtatida Smitfild nomli cho’chqa rassomchilik b.n shug’ullanar ekan. Uning kartinalari 50-150 $ atrofida sotiladi. Uning muhlislari tomonidan unga berilgan laqab uning rassom ekaligni bildirib turadi.
Savol: Cho’chqaning laqabi nima?

Javob: Pigkasso
Pig-Cho’chqa degani

3962. Avvallari Antarktidada ishlagan odamlarni ko‘richagi va Alfalari bo‘lmasligi shart edi. 100 foiz sog‘lom inson bo‘lsa ham yuqoridagi ikki narsasidan voz kechmasa u joyga yuborilmagan. Alfalar haqida shuni aytish mumkinki, orangizdagi ayrimlarda ular hali mavjud emas.
Savol: Alfalarni nima ekanligini yozing?

Javob: Aql tishi

3963. 2008-yilda Rossiya davlat mukofotini olganlar orasida ikkita virus bilan shug’ullangan olimlar bo’lgan. Ularning birinchisi akademik Iosif Atabekov. Birinchi olimning nomi unchalik mashxur emas, ammo ikkinchisining nomi juda mashhur.
Savol: Ikkinchi olimning ismi sharifini yozing?

Javob: Yevgeniy Valentinovich Kasperskiy
Rossiyalik dasturchi, axborot xavfsizligi sohasidagi dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri.
Biz uni antivirus dasturi orqali yaxshi taniymiz

3964. “U ko’plab kishilar uchun yolg’izlikning tugashini bildiradi. Men uchun esa u tugallangan yolg’izlikdir.”
© Alber Kamyu
Savol: Yozuvchi va faylasuf U deb nimaga ta’rif bergan?

Javob: Urush

3965. Ibn Sino odamga bogʻliq bu holatni koʻp turlarini ajratib ko’rsatgan: konvulsiv, qaltirash, tebranish, taranglik, bir tomonga tayangan, sokin shaklda, to’lqinli, mitti, yumshoq, qattiq, qalin, ingichka, issiq, sovuq, muvozanatli va boshqalar. Asarlaridan birida uning 60 dan ortiq koʻrinishini aytib oʻtgan.
Savol: U nima?

Javob: Tomir urushi. Puls

3966. Bir restoran egasining uzumzori bo‘lib, u yerda 2 xil vino tayyorlanadi. Bu vinolar orasidagi ta’m shu qadar nozikki hatto eng yaxshi mijozlar ham ularni ajrata olishi dargumon. Bir kuni ikki ulfat shu vinolardan birini ichib, aynan qaysi vino turiga tegishli ekanini tortishib qolishadi. Bir necha soat tortishuvni kuzatib turgan notanish odam bu ikki vino turini farqlay olishini aytadi.
Shartga ko‘ra yerto‘ladan ikkinchi turdagi vino olib chiqiladi va notanish kimsa ko‘zi boylangan holda vinolarni bir biridan ajratib beradi.
Savol: Bu notanish kimsa vinolarni qanday ajratgan?

Javob: Vinolarning haroratidan.
Izoh: Ular uzoq bahslashishgan vaqtda birinchi vino isib qoladi. Ikkinchi turdagi vino esa endi yerto‘ladan olib chiqilgan va hali sovuq bo‘lgan va notanish kimsa ularni bemalol ajratib bergan

3967. Sen boqqan chog’ nega odamlar
Xushsur’atdir kulgidan to’ygan.
Men termulsam sarg’aygan o’tlar
Va daraxtlar gullamay qo’ygan.
Sen ko’z solsang onam ko’p dilbar,
Otam bardam, qad kerib turar.
Men boqqan chog’ onam mushtipar,
Otam esa hassada yurar.
Savol: Ushbu misralardagi shoirning suhbatdoshini toping?

Javob: Fotoaparat (Kamera)
She’r ham “Fotoaparat va men” deb nomlanadi.

3968. Londonda ular qora rangda, Nyu-Yorkda sariq, Gongkongda qizil, Arab amirliklarida oq, Singapurda zangor rangda, Toshkentda qaymoq rangda, Samarqandda esa ular sariq rangda bo’ladi.
Savol: Yuqorida nima nazarda tutilganini yozing?

Javob: Taksi mashinalari

3969. Malla durra boshida,
Ehtiyot bo’l qoshida.
Savol: Topishmoqning javobini toping?

Javob: Gugurt

3970. Qadimgi greklar alfani so’ngisi deb bilishardi, fikrlariga ko’ra alfa juda kichkina va ko’p shaklli. Masalan,suvda Ikosaedr shaklida. Ko’plab olimlar uni “uddalab bo’lmas” deb qarashgan, lekin XX-asr boshida kelib uni “uddalash mumkinligi”ni isbotlashdi.
Diqqat savol: Alfa nima.?

Javob: Atom (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4255?comment=15526)
Izoh: Greklarning fikricha atomdan so’ng zarracha mavjud emas,u eng kichigi va oxirgisi edi,
“Uddalab bo’lmas”- so’zi “bo’linmas” so’zi bilan alishtirilgandi.

3971. Oskar mukofoti taqdimoti vaqtida turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi. Ushbu tadbirda Oskar statuerkasini olgan kishi qo’lidan, sahnadan tushishi bilan mukofot olib qo’yiladi. Lekin ma’lum bir vaqt o’tganidan keyin yana qaytarib berishadi.
Savol: Nima maqsadda bu ish qilinadi?

Javob: Mukofotga egasining ismini yozish

3972. 27 ta bosh, 92 ta oyoq.
Nechta quyon, nechta g’oz?

Javob: 19 ta quyon, 8 ta g’oz
194+82=76+16=92
19+8=27

3973. Qadimgi Armanistonda bir ish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorning minglab qo’y-qo’zilari bo’lgan ekan. Aynan uning ishi shu qo’y-qo’zilarga bog’liq. O’sha davrlarda bir gap bo’lgan 500 ta qo’y bu barobar bitta Alfa degani.
Savol: Alfa nima ekanligini yozing?

Javob: Kitob
Izoh: Qadimda kitoblar pergamentga yozilgan. U qo’y terisidan olingan.

3974. Xalqimizda uning devor, yo’l, uzoq, va yon kabi bir necha turlari bor. Shaharlarda tepa va past turlarini ham uchratasiz.
Savol: U deyarli har birimizda borligini inobatga olgan holda, uni nima ekanligini toping?

Javob: Qo’shni

3975. Bu futbolchi har bir futbolchi orzu qiladigan oltin to’pni qo’lga kiritgandan keyin bu sovrinda jamoadoshlarining har birining mehnati bor deb, oltin to’pni tanish zargariga berib, teng taqsimlashni buyurgan va bu sovrinni jamoaning har bir a’zosiga teng taqsimlab bergan. Bu buyuk futbolchi O’zbekiston klubida ham o’z o’rniga ega bo’lgan.
Savol: Bu qaysi futbolchi?

Javob: Rivaldo

3976. Meni hamma narsam bor edi: 3 qavatli uyim, dachalarim,5 xil inamarka mashinalarim, sumkada to’la pullarim… Afsus, hammasidan bir zumda mahrum bo’ldim. Hammasiga shu…… sababchi.
Savol: Aybdorni toping?

Javob: Budulnik

3977. Alisher Navoiy uni olovdan qo’rqmaydigan ilon obrazida tasvirlaydi. Uning sehri qorong’ulik qaridan oxista boqishlarida namoyon bo’lar ekan.
Diqqat savol: Navoiy bu ta’rifni nimaga nisbatan keltirib o’tgan?

Javob: Qalam

3978. Nima sababdan Moskva metrosiga vaqti-vaqti bilan boyo’g’li, burgut va lochinlarning ovozi eshittirilib turiladi?
Javob: Kabutar va Chumchuqlar in qurmasligi uchun

3979. 1943-yil urushning ayni avjiga chiqqan vaqtlarda Stalin 1 million so’m pulni umuman jang bo’lmagan yerdagi bir ob’ektni ta’mirlash uchun ajratadi. O’sha vaqtda bu pulga 16 ta tank yasash mumkin edi, yoki butun boshli deviziyani bir oy davomida oziq-ovqati va kiyim bosh bilan ta’minlash mumkin edi.
Savol: Bu katta miqdordagi summa qaysi mashhur ob’ekt ta’mirlanishi uchun sarflangan?

Javob: Go’ri Amir maqbarasini

3980. Napaleonning xotini Jozefina saroyda atirgullar o’stirgan. Aksariyat hollarda Jozefinaning qo’lida biror turdagi atirgul bo’lgan. Mehmonlar yoki biron kim bilan gaplashayotgan payt Jozefina qo’lidagi atirgulni burni oldida hidlayotgan tarzda, ular bilan gaplashgan.
Savol: Nima uchun u qo’lida atirgul olib yurgan deb o’ylaysiz?

Javob: Tishi xunuk bo’lgan.
Gapirganda atirgul bilan yashirishga harakat qilgan.

3981. Daraxtning yoshini aniqlashda kesilgan daraxtdagi halqalar eng tashqarigi qobiq qismidan
boshlab ichi tomon sanaladi. Bu halqalarning har biri daraxtning yashagan bir yili hisoblanadi. Halqalar orasidagi oraliq bir yilda ishlab chiqargan yog‘och hajmini bildiradi.
Halqalar orasi nega ba’zan tor, ba’zan keng?

Javob: Oraliq tor bo‘lsa o‘sha
yili mavsum quruq bo‘lgan,
keng bo‘lsa suvli bo‘lgan.

3982. Buyuk faylasuf, alloma Aristotel odam va hayvonni farqini aytib o’tgan. Bu hozir siz o’ylayotgan aql emas. Aynan Aristotelning fikricha odamni hayvondan ajratib turuvchi bir jihati bor ekan.
Qo’shimcha jihatdan shuni aytish mumkunki biz uni ko’zlarimiz bilan ko’raolishimiz mumkin.
Diqqat savol: Bu qaysi jihati bo’lishi mumkin?

Javob: Kulgu

3983. Futbol muhlislari uchun.
Siz bu surat qahramoni kim ekanligini topgan bo’lsangiz, bu suratlarga yetishmayotgan shu insonga bog’liq mashhur “detal” ni toping?

Javob: Sigaret 🚬
(Gap Mauritsio Sarri haqida edi)!
Izoh:
1. Sarri yoshligida velosiped sporti bilan shugʻullangan, bu sport unga, otasidan meros o’tgan.
2.Sarrini Gargamel personajiga juda koʻp bor o’xshatishadi ( bir necha bor karikaturalarda aynan Gargamelga qiyoslangan) rasmga yaxshilab e’tibor bersangiz o’xshashlikni o’zining ham ko’rasiz!
3. Sarri keyinchalik futbolchi, bankir va murabbiy bo’lib ishlagan. Shubhasiz, Sarri faoliyatining cho’qqisi Napoli!
4. Ammo, faoliyatidagi 2 ta titulini Chelsea va Yuventusda qo’lga kiritgan ( Ma’lumot uchun: Sarri 61 yoshgacha bor yo’g’i 2 ta sovrin yutdi)!!!

3984. Jan Pol Belmondo mehmonxonaga kiraverishda 500 talik bitta frankni tushirib qoldiradi. Buni ko’rib qolgan eshikog’asi Belmondoning xonasiga 500 frankni olib chiqib beradi. Biroq bungacha bir ish qiladi.Ya’ni pullarni maydalab oladi. Sizningcha eshik ogʼasi pulni egasiga qaytarish oldidan nega bunday qilgan.?
Javob: Xushyor eshik og’asi, bu xizmati uchun Belmondo choychaqa bermasligidan tashvishlanib, pulni maydalab oladi

3985. Achchiq latifa
Bir kishining tug’ilgan kunida uning xotini ish joyiga sovg’a bilan keladi. Xotini eriga kutilmagan sovg’a sifatida tort olib boradi. Buni ko’rgan eri xursand bo’ladi va nishonlash maqsadida tortdagi shamlarni puflayotganida xotiniga jiddiy jarohat yetkazib qo’yadi. Uning ‘kasb’i sabab bunday holat yuzaga keladi.
Diqqat savol: Bu kishi qanday joyda ishlaydi?

Javob: Sirkda
Izoh: Rasm

3986. Mamlakatimizdagi ushbu shahar 1958-yili tashkil topgan. 1982-yilga qadar bu shahar hozirgi kundagi o’ziga qo’shni viloyat tarkibiga kirar edi. Hozirda 65 yoshga to’lgan ushbu shaharning nomini yozing?
Javob: Navoiy shahri

3987. Hazil savol: Eng ko’p haqorat eshitadigan kishilar kimlar?
Javob: Futbol Hakamlari

3988. Yerga ko‘milmaydi, kosaga quyilmaydi. Dunyoda hech bir odam uni ichmay qo‘ymaydi?
Javob: ona suti

3989. Mana imtihonlar ham boshlandi. Bizga 100 ta uyali aloqa vositasi yani telefon kerak. Sizda 500 so‘m bor. Bizning bozorimizda “Iphone 11” 50 so‘m, “Redmi 8” 10 so‘m, “Nokia 1110” 1 so‘m. Siz o‘zingizdagi 500 so‘mga 100 dona telefon harid qilishingiz kerak.
Pulingiz oshib qolmasin va biz aytib o‘tgan rusumdagi telefonlarning barchasidan bo‘lishi shart. Pulingizni unumli ishlatgan holda bizga nechtadan telefon harid qilishingizni ayting?

Javob: 1 ta Iphone 11
39 ta Redmi 8
60 ta Nokia 1110 (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4285?comment=15870)

3990. Edrian Danglning aytishicha: “U bir varaq qog’ozga joylashtirilgan butun koinot to’g’risidagi ma’lumotnoma” ekan.
Bir asarda uni turli rangdagi g’ishtlardan qurilgan, ammo, bitmay qolgan qal’aga qiyoslashadi.
Savol: Uning nomida qaysi inson familiyasini uchratish mumkin?

Javob: Dimitriy Ivanovich Mendeleyev

3991. Xalq maqoliga ko’ra u qanchalik o’tkir bo’lmasin o’tmas qalam undan doim o’tkir ekanligi aytiladi.
gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Xotira

3992. Ijtimoiy tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, oilada er-xotin o’rtasida eng ko’p shirin so’z ishlatiladigan kun shu kun ekan. Xo‘sh bu Qaysi kun?
Javob: Ikkalasi ham oylik olgan kun

3993. Uning ishi naqadar ajoyib, maroqli. Ishi tosh terguvchidan ham, kema yasovchidan ham duradgordan ham pishiq. Ularning qurgani qiyomat qoyimgacha buzilmaydi
Insonning unga umrida bir marta ishi tushadi. Lekin o‘zi uchun qilingan xizmatga rahmat ayta olmaydi.
Diqqat savol: Gap kim haqida ketmoqda?

Javob: Go’rkov

3994. Bu o’zi kichkina bo’lsa ham boshqa turlariga qaraganda ancha foydaliroq masalan uning tarkibidagi kaliy miqdori besh barobar ko’p, yosh bola iste’mol qilsa asab tizimi mustahkam bo’ladi, xotirasidan shikoyat qilmaydi,ko’zi o’tkir ravshan bo’ladi, Yaponiyada 12 ta asosiy ozuqa ro’yxatiga bu mahsulot ham kiritilgan va har bir yaponiyalik kuniga ikki marta bu mahsulotni davlat hisobidan olishi mumkin. Siz esa menga bu mahsulotni aytishingiz kerak?
Javob: Bedana Tuxumi

3995. Yapon maqoliga koʻra, “Igna boʻlmasa – tikolmaysiz, X boʻlmasa – suzolmaysiz”.
Savol: Yaponlar taʼrifiga koʻra, X ning nimaligini toping?

Javob: Suv

3996. XIX asrning II yarmi – XX asrda yashab oʻtgan atoqli ingliz yozuvchisining aytishicha, insonni haqiqatni gapirishga majbur qilishning eng oqilona yoʻli – BU ISHNI QILISH ekan. Chunki BU ISHNI QILSANGIZ, insonlarda yolgʻon oʻylab topishga vaqt qolmas ekan.
Savol: BU ISHNI QILISH degandan aynan nima nazarda tutilmoqda?

Javob: Jahlini chiqarish

3997. AQSH da 150 yildan buyon vasiyatnoma qonun-qoidalari muqaddas sanaladi. Uni buzishga hech kimning haqqi yoʻq. Vasiyat qiluvchi inson vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan yozib boʻlgach toʻrtta narsani, albatta, unutmasligi shart boʻlgan:
Birinchisi: yozilgan vaqti.
Ikkinchisi: ism, familiyasi.
Uchinchisi: __.
To‘rtinchisi: nuqta.
Uchinchisini siz ayting?

Javob: Imzo

3998. X da tiriklik, tinchlik, tabiat rang-barangligi, jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlari, tarixiy an’analar qadimgi quyosh yilnomasi tasvirlangan. Deb yozilgan “Dunyo siyosat jamiyat” kitobida
X ni aniq ayting?

Javob: Bayrog’imiz haqida edi.

3999. Shunday narsa borki undan pastda bo’lsangiz qo’llaringiz bilan siypab mahkam ” qo’l ushlashib, salomlashib qo’yasiz” undan baland da bo‘lsangiz esa uni oyoqlaringiz ostiga olib tepib ketasiz.
Diqqat savol: Nima haqida gap boryapti?

Javob: Narvon

4000. Bu ro’yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o’rin olgan. Shvetsiya poytaxti 67-o’rinda, Fransiyaniki 71-o’rinda, Daniya poytaxti 72-o’rinda. Bu ro’yxatda insonlar nomi ham uchraydi. Bu qaysi ro’yxat?
Javob: Mendeleev davriy jadvali.
Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo’yilgan elementlar bor: Golmiy (Stokgolm), Lyutesiy (Parij), gafniy (Kopengagen).