55-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

5401. Aleksandr Makedonskiy tangalar orqali o’ziga xos ma’lumotlar yetkazishni yo’lga qo’ygan. Afina ma’budasi tasviri tushurilgan tangalar orqali urush haqida xabar bergan
Savol: G’alaba haqida xabar berish uchun kimni tasviri tushurilgan tangadan foydalangan?

Javob: Nika.
Izoh: Qadimgi yunon mifologiyasiga ko‘ra Nika – g‘alaba ilohasi hisoblangani bois Aleksandr Makedonskiy g‘alaba haqida xabar berish uchun ushbu ma’buda tasviri tushirilgan tangadan foydalangan.

5402. 1880 – yillarda Texaslik fermerlar yolg’izlik va tushkunlikka qarshi kurashishlarida sim tikanlardan foydalanishgan ekan.
Diqqat savol: Tushkunlikka qarshi kurashda fermerlar tikanli simlardan nima o’rnida foydalanganini ikki so’zda aniq yozib bering?

Javob: Telefon kabellari yoki aloqa kabellari
Bu davrlarda fermerlar odatda O’z yerlari chegarasini sim to’siqlar bilan qoplangan. Bunday paytda esa tikanli simlar ishlatilgan. Butun hududni qamrovchi simlar esa telefon kabellari vazifasini bajargan.
Telefon apparati va telefon kabi javoblar qabul emas. Zero tikanli sim bu ikkising o’rnini bosa olmaydi

5403. U yer (betta) alfa uchun “zindon”, alfa esa uning bandisi. Alfa u yerdan ozod bo’lishi uchun “terlashiga” to’g’ri keladi. Buning uchun unga albatta “ko’rinmas kuch” kerak. Alfa haqida gapirar ekanmiz, u qadimdan hayotimizning ajralmas bo’lagi bo’lib kelgan, alfa siz hayotimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Savol: siz alfa ni emas, balki uni “terlashi” sababchisi bo’lgan betta nimaligini ayting?
Javob: betta – ariston thermo, ya’ni suvni elektr toki yoki gaz (hammasida ham emas) yordamida isitib beruvchi qurilma. “Ariston” so’zining ma’nosi esa “maxbus, bandi, qamoqqa olingan” degani ( manba: o’zbek tilining izohli lug’ati)

5404. Nirvana Vamoyning Yevropa davlatlaridan biriga qilgan sayohat kundaligida quyidagi jumlani o’qish mumkin. “Bu uy huddi suv osti kemasi kabi tor va hech qayerida derazasi yo’q. Menimcha bu uyda X yashagan bo’lsa kerak.” X ni topgan bo’lsangiz sayohat qaysi davlatga bo’lganini ayting?
Javob: Ruminiya. 
X – Graf Drakula (vampirlar nur tushadigan derazali uyda yasholmaydi)

5405. Mil. avvalgi III asrda Xitoy imperatori o’ziga qilingan xiyonatni bayram kunlarining birida unga jo’natilgan sovg’alarning birida sezib qoladi va mamlakatni barcha hududida chegaralasni mustahkamlab hech qaysi xorijlikni kiritishni taqiqlab qo’yadi. Savol Xitoy imperatorini shubhalantirgan sovg’a nima edi?
Javob: Chinni.
Xitoyliklar chinnini tayyorlashni sir tutishganini yaxshi bilamiz

5406. U dunyodagi uchinchi eng katta o’yinchoq Bandai kompanyasi tomonidan yaratiilgan bo’lib, uning nomi yaponcha tuxum va soat so’zlari qo’shilishidan hosil bo’lgan. Uni ayting?
Javob: Tamaguchi

5407. Bilishimizcha, XIX asrlarda “Kapitalizm” juda ham rivojlanib ketgan. Bu narsa hammadan ham ko’p Fransiyaliklarni g’azabini keltirgan va ular 1848- yil 23 fevral kechasi qo’zg’olon ko’tarishgan ya’ni inqlob (revolutsiya), lekin ularning bu ishi muvaffaqatsiz yakunlandi. Lekin Rossiyada “X” ancha qiyinchilikni bosib o’tgach, 1917 oktyabrda Rossiyaga sotsialistik hayot o’rnatdi. Diqqat savol: “X” ning to’liq ismini va laqabini ayting?
Javob: Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin)

5408. Taniqli ingliz yozuvchisi 1900-yillarda asar yozish bilan birgalikda mustaqil tergovchilik faoliyatini ham olib borgan. Bir marta hatto bir marta nohaq ayblangan ikki yigit ishini tergov qilib ularni aybsizligini isbotlagan. Siz menga bu adib ism familyasini yozib bering?
Javob: Artur Konan Doyl

5409. Yaqinda bir qiziqarli filmni ko‘rib qoldim, unda bir jinoiy guruh o‘z qilmishlarini yashirish maqsadida qotilliklarni dengiz sayohatida amalga oshirisharkan, Hatto filmning bosh qahramonlari ham bu jumboqni yecha olmaptilar. Har gal murda “shimoldan” topilarkanu, lekin jinoyat izlari topilmas ekan. Diqqat savol Jinoyatchilar qanday “Ko‘rinmas” quroldan foydalangan?
Javob : qotilliklarni faqat muz bilan amalga oshirishgan.
Izoh: murda topilguniga qadar muz erib qotillik izlari yo‘qolgan.

5410. Bu hudud Pireney yarim orolining janubi g’arb qismida (hozirgi Ispaniya va Portugaliyaning  bir bo’lagiga to’g’ri keladi). Bu hudud xalqi eramizdan avvalgi 193-yilda rimliklarga qarshi ayovsiz kurash olib borgan. Eramizdan avvalgi 61-yilda Yuliy Sezar tomonidan uzil-kesil bosib olingan.
Bu hudud nomi bilan ataluvchi kema Britaniyaning translantik yo’lovchi kemasi bo’lib 1917-yil 7-mayda torpeda natijasida cho’kib ketgan.
Savol: Kema nomini ayting ?

Javob: Luzitaniya

5411. 5-10 yil muqaddam Gollandiyadan bo’lgan front 404 art guruhi XX asr boshlarida tug’ilgan bir britaniyalik yozuvchi tug’ilganining 100 yilligiga bag’ishlab Utrextdagi bir nechta predmetga bayram Qalpoqlarini kiydirib ketishgan. Siz bizga yozuvchining ismini emas predmetlarning nomini ayting?
Javob: Kuzatuv Kameralar
Izoh: Ourvelni 1984 degan asari.
Bosh qahramon judayam mashhur bo’lgani uchun har doim qayerga borasayam kameralarga shlyapa kiydirib ketaveradi.
Shuni qaytarishadi 100 yildan keyin

5412. Kosmosga odamla endi chiqishni boshlayotgan paytlada birinchi bo’lib Ruslar kosmosga layka itini uchirishadi. Uni aniq halok bo’lishini bilishsayam bu ishni qilishadi va u halok ham bo’ladi.
Keyin bu voqea butun dunyoga yoyiladi o’sha payt Aqshning bir shtatidagi hamma ayollar bu ishdan jahllari chiqadi va SSSRga norozilik xati yo’llashadi va boshqa bunday qilib itlarni halok qilmaslikni so’rashadi buning o’rniga ular o’zlari yashayotgan shtatda ekspriment uchun arziydigan boshqa tirik jonlarni taklif qilishadi.
Savol bu tirik jonlarni toping?

Javob: Qora tanlilar ( Negrlar)

5413. Ma’lumotlarga ko’ra Fransuz qiroli Filip VI ga fransuz floti mag’lub bo’lganini U aytganmish. Biz esa tarqatmada mashhur o’zbek U sini taqdim etdik.
Savol: U o’rnidagi so’zni yozib bering?

Javob: Masxaraboz
Ergash Mo’minov 1995 – yilda namoyish etilgan “Masxaraboz” filmida bosh qahramon masxarabozni rolini ijro etgan..
O’rta asrlarda esa yomon xabarlarni qirollarga masxarabozlar aytishgan

5414. Kinorejissyor Piter Grinuey fikricha, bir ixtiro tufayli 1983 yildan kino san’ati inqirozga yuz tutgan ekan. Diqqat savol, o‘sha yili nima ixtiro qilingan?
Javob: Televizor uchun masofadan boshqaruvchi pult
Izoh: Piter Grinuey fikricha, teletomoshabinlar kino ko‘rayotgan vaqtda o‘tirgan joylaridan osongina kanallarni almashtirish imkoniga ega bo‘lishganligi diqqatni bo‘linishiga olib kelgan.

5415. Avstraliyalik Jeyms Harisson oddiygina bir ishi tufayli bir o’zi 2000000 chaqaloqni asrab qolgan inson sifatida qayd etilgan.
Savol: Jeyms Harrison nima ish qilgan?

Javob: Noyob qon gruppasiga ega bo’lgan va donorlik qilgan.

5416. Qadimdan ishlatib kelingan bu metallni inson dastlab galaktikadan tushgan deb bilgan. X ning qadimiy xalqlar tilida atalishi bunga dalildir: qadimiy misrliklar tilida “benipet” — “osmon X” (X o‘rnida shu metall nomi)” maʼnosini bildiradi; qadimiy yunoncha sideros, lotincha sidus — yulduz, osmon jismi bilan bogʻlaydilar. Mil. av. XIV asrlardagi xettlar yozuvida ham X haqida osmondan tushgan modda deb eslanadi. Agar oʻsimliklarda yetishmasa, O’sishi sekinlashadi va xlorofill hosil bo’lishi kamayadi. Jigar, goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, lavlagida ayniqsa koʻp boʻladi. Tibbiyotda antianemik preparatlarda foydalaniladi. Mendeleyev davriy sistemasida ko‘k rangda keltiriladigan X ni nomini toping?
Javob: Temir

5417. Hozirgi kunda ko’cha-kuyda haddan tashqari “zamonaviy” yigitlar ko’payib ketgan. Shularni orasida “Bu ish” ni qilib yurgan yigitlarni ko’rib turib, “bular ham “shu ish” ni qilgan ekandaaaaa” deb hazillashib qo’yaman.
Savol: ” Bu ish” ni emas ” Shu ish ” ni toping?

Javob: Ekvatorni kesib o’tish! 
Izoh: “Bu ish” – sirg’a taqish edi. 
Ekvatorni kesib o’tgan qaroqchi sirg’a taqish huquqiga ega bo’lishi haqida eshitgan bo’lsangiz kerak.

5418. Zimbabvelik professor Gorley, “bu dahshatli jonzotni yo’qotish uchun, qit’adagi butun jonivorlarniyam kirib tashlash kerak, shundagina ular yemishsiz qolib, o’lim topadi” deganda, qaysi jonzotni nazarda tutgandi?
Javob: Sese Pashshasi

5419. Xitoy san’atida bir ajoyib ramz bor. Ushbu ramzda zog’orabaliq ajdarhoga aylanish uchun uchta sharsharadan sakraydi. Birinchi sharsharaning g’arbiy ekvivalentini bir so’z bilan atang?
Javob: bakalavr
Izoh: Sharsharalar Xitoyda mil.avv. II asrdan beri O’tkazib kelinayotgan davlat imtixonlari – keszyuyga tegishli. Keszyuyning uch bosqichi – syusay, szyuyjen, szinshi mos ravishda, bakalavr, magistr va doktorga teng.

5420.
1.Qirol sher multfilmini hammamiz ko’rganmiz. Savol: Suaxili tilidan Simba so’zi qanday tarjima qilinadi?
2.Qaysi so’z chex tilidan bizga podzim deb eshitiladi?
3.Eysod va Eksod, Istod va vestod, oriod va oksiod, alfod va betod. Hozir bular qanday ataladi?

Javob:
Sher. (ЛЕВ, Lion)
Kuz
Anod va katod

5421. X – nomli inson 1886 yili Buxora Viloyotida savdogar Oilasida dunyoga kelgan uning laqabi inson Alloh bergan qabiliot ma’nosini anglatadi. Uning “Sharq” nomli Dostoni bor.
Gap kim haqida ketmoqda?

Javob: Fitrat

5422. undan bir necha yil ilgariroqqa (20 yo undan ko’proqdir) nazar soladigan bo’lsak bir holat xalqimiz uchun borgan sari odat tusiga aylanib borayotganini guvohi bo’lamiz. 2-3 yil oldin o’sha holatni bir yosh estrada yulduzi qo’shiq qilib kuylab chiqqanini guvohi bo’ldik. Xalqning bu holatga odatlanib qolishi esa bir kasb (agar kasb hisoblansa) vakillariga ancha qo’l keldi ya’ni qishloqlarda ularni faoliyati uchun anchagina imkoniyat yaratildi desak mubolag’a bo’lmaydi negaki bu holat sabab ularni faoliyati anchagina yengillashdi. Men sizlardan nega yengillashganini so’ramayman. Demak kutilmagan savol sizlar menga o’sha holatni yoki qaysi kasb (agar kasb hisoblansa) egalari haqida gap borayotganini anglagan holda ularning o’sha holatga atab bir ish qilishgan savolim shundan iboratki sizlardan o’sha ishni yozib berishlarizni so’rayman?
Javob: ESMERALDAGA RAXMAT! (yoki boshqa serial bosh qahramoni) 
Izoh: bu holat deganda serial ko’rish nazarda tutulayotgandi va bu holatga bag’ishlab estradamizni yulduzlaridan bir UMIDAXON shunday ashula kuylagandi “HAMMA SERIAL KO’RGAN”. Bu holat bir turdagi odamlarga ya’ni O’G’RILARGA ancha qo’l kelgan odamlar uylarini ichida serial bilan ovora bo’lib (ayniqsa qish kunlari) turgan bir vaqtda ular odamlar uylaridan qo’y qo’zilariyu va boshqa biror buyumlarini o’g’irlab chiqib ketayotib darvoza yoki devorlariga shunday yozgan ekan “ESMERALDAGA RAXMAT”! (bu real hayotdan olingan. O’z uyingni o’zing asra, ogohlik davr talabi)

5423. Sanskrit tilida ikkalasini ham ehtimol birovining tana a’zosi sababli “naga” so’zi bilan atalgan. Ikkalasini ham umuman boshqa bir so’z bilan atashga moyillik mavjudligini siz bilishingiz kerak. Qanaqa so’z?
Javob: shlyapa
Izoh: Klassik sanskrit tilida qanchalik g’alati tuyulmasin, naga nafaqat ilon, balki fil hamdir (xartumi sabab bo’lsa ajab emas). Ba’zida nagani fil-ilon deb ham qilishadi. Siz bilishingiz kerak bo’lgan moyillik – Sent-Ekzyuperining “Kichik shaxzodasi” ilon va filni birgalikda “shlyapa”, deb atashidir.

5424. Savol muallifi haziliga ko’ra agar  bu yozuvchiga qo’yib bersangiz  bugun 28 yoshni to’ldirgan ayol  haqida taxminan 10227 ta kitob  yozib beradi. Muallif bu hazilini  yozuvchining bir kitobi nomi bilan tushuntiradi. 
Gap qaysi yozuvchi haqida?

Javob: S.Sveyg. 
Kitob Ayol hayotidan 24 soat.

5425. Bu insonga bag’ishlab yozilgan Abdullo Oripovning sherini tinglang .
Biringiz Otabek biringiz Kumush
Doim yashnab tursin sevgingiz bog’i
Haqiqiy muhabbat bilmasin so’lish
Ustoz X ning ilj sabog’i
X o’rnidagi Insonni Ism familiyasini yozib bering?

Javob: Abdulla Qodiriy

5426. Dunyoga mashhur bu asar muallifi o’lgandan so’ng, uning shogirdi asarni Konstantinopolda kitob holiga keltiradi. Keyinchalik Damashq va Qohirada qayta nashr qilinadi. XVII asrda Londonda 3 marta nashrga beriladi. Bu asardagi bir narsaninig haqiqiyligiga bazi olimlarda qandaydir shubha paydo bo’ladi. Shu shubhalar G. Galiley tufayli barham topadi. Asardagi o’sha narsani ayting?
Javob: Yulduzlar jadvali
Izoh.Bu M. Ulug’bekning Ziji Kuragoniy asari bo’lib uni Ali Qushchi Istanbulda kitob holiga keltiradi. G’arb olimlarida asardagi yulduzlar jadvaliga shubha bilan qarashgan. Keyinchalik G. Galiley tomonidan teleskopni kashf qilinishi bu jadvalni naqadar to’g’riligini yana bir bor isbotlaydi.

5427. Bir kuni Sergey Dovlatovdan o’sha davrdagi zamonaviy adabiyotchilardan kim rus tilida eng yaxshi yozuvchi deya so’rashadi. Xemingvey, Selindjer va Kurt Vonnegut asarlarini yoqtirgan Dovlatov, 1898-yil tug‘ilgan ayolni eng yaxshisi deya ta’riflaydi. Umid qilamizki, javobni topishda “to’g‘ri” yo’nalish olasiz.
Diqqat savol: Ushbu ayolning familiyasini ayting?

Javob: Rayt (Right).
Gap mashhur tarjimon ayol Rita Rayt haqida bormoqda. Aynan u Xemingvey, Selindjer va Kurt Vonnegut kabi mashhurlar asarini rus tiliga tarjima qilgan. Savoldagi to’g‘ri so’zi inglizcha rayt so’ziga ishora edi.

5428. Magnus Karlsen – Norvegiyalik yosh shaxmatchi, 2 yoshida 50 donalik pazllarni tera olgan, 4 yoshida 14 yashar bolalar uchun mo’ljallangan konstruktorlarni yig’gan. 25 yoshida dunyoda birinchi bo’lib shaxmatning 3 kategoriyasida ham chempion bo’lgan. U shaxmat o’ynaganda boshqalar, “bo’ldi, durrang” deb tan oladigan paytlarda ham o’yinni to’xtatmay oxirigacha borib g’alabaga  erishadi. Grossmeysterlar uni “Karlsenning qo’lidan xattoki SHUNAQA QILISH ham  keladi” deb ta’riflaydi. Ba’zi bir ertaklarda SHUNAQA QILGANDA bir meva ko’rsatib o’tiladi. SHUNAQA QILISH deganda nima nazarda tutilgan?
Javob: Toshdan suv chiqarish .
Ertaklarda devni aldash uchun qaxramon toshni o’rniga olmani oqizadi.

5429. Bo’lajak Rim papasi Sixtus V tayog’iga suyanib konklavga (https://t.me/nopoisk/572) keldi. Ishtirokchilar buni e’tiborsiz qoldirmadilar, shuning uchun Sixtus V Vatikanning butun tarixida shundayi bo’yicha yagona bo’lganiga ishoniladi. Saylovda nima sodir bo’lgan?
Javob: Hamma unga ovoz bergan. Chunki zaif papani boshqarish oson deb o’ylagan.

5430. Jeyn Ostin “Andisha va G’urur” kitobida BU ISHNI QILISHNI yaxshi ko‘radigan odamning birovni sevib qolishi oppa-oson deb yozgan edi.
Tarqatmada esa BU ISHNI QILISH orqali yaratilgan kartinani ko’rib turibsiz
Savol: BU ISHNI QILISH so’zi bilan almashtirilgan so’zlarni yozib bering?

Javob: Raqs tushish
Tarqatmada Niki de San-Fell tomonidan chizilgan rasm.
Rassom ziyofatga kata miqdorda bo’yoq qoplarini olib kelib, ustiga polietilen plyonka va gilam yoyib, mehmonlarni raqsga taklif qilgan. Shunday qilib, “Raqs bilan yaratilgan rasm” paydo bo’lgan.

5431. O’zbekiston vs Qatar o’yini penaltylar seryasiga qadar bordi va O’zbekiston mag’lubiyatga uchradi va shu filmdan parcha videolar tarqadi .
Diqqat savol: Filmni topgan bo’lsangiz menga shu tarqalgan videoda nima deganin ayting .?

Javob: Bo’ldi bugunnan boshlab futbol tamom qo’lingga kitob ol hammang.

5432. Hayvonlarni suratga olishga bag’ishlangan veb-saytga tashrif buyuruvchilardan biri sizga berilgan fotosuratdagi qahramonlardan birining ismini aytdi. U ko’pincha uzun ellipsoid shakliga ega. UNI ikki so’z bilan atang?

Javob: Havo shari

5433. Gyotening mashhur bo’lishiga va “Yosh Verterning iztiroblari” romanini yozishiga U sabab edi. Ha Gyotening 23 yoshida dunyoga mashhur bo’lishiga asosiy omil U edi.
Zamonaviy amerikalik bir yozuvchi ayol Ularga ko’p bora duch kelganini va bora bora quvontira boshlaganini yozadi.
Orangizda U bilan ro’baro kelganlar balki bordur, lekin U bilan ro’baro kelishingizni istamas edim.
U nima?

Javob: Javobsiz sevgi
Gyote sevgisi javobsiz qolgach o’zini o’ldirmoqchi ham bo’lgan. Ammo u o’z dardlarini “Yosh Veterning iztiroblari” romaniga joylaydi va dunyoga tanila boshlaydi.
Kassandra Kler javobsiz sevgi tobora uni quvontira borayotganini yozgan.

5434. Bitta roman qahramonlari intiqlik bilan har bir qadamni tinglashdi. Uning tezligi sekundiga olti X ni tashkil qiladi. Biz qanday o’lchov birligni
“X” bilan almashtirdik?

Javob: Gradus
Izoh: Gap soat haqida ketayotgan edi.

5435. Bundan bir necha asrlar oldin yapon orollariga yengilmas hisoblangan mog’ul kemalari hujum qiladi. Yapon xalqi bu urush ular uchun fojea bilan tugashini bilib mog’ul kemalari kirib kelayotgan qirg’oq sohilariga kelib o’z xudolariga iltijo qila boshlashadi va kutilmaganda kuchli shamol esib katta to’fonlar hosil bo’ladi. Buning oqibatida juda katta mog’ul kemalari suv qariga ravona bo’ladi. Bu voqeaga guvoh bo’lib turgan yapon xalqi bu shamolni “Ilohiy shamol” deb ataydi
Keyinchalik va hozirgi kunda ham bu “ilohiy shamol” so’zi juda ham ko’p qo’llanib kelinadi.
Savol: “Ilohiy shamol” so’zining hozirgi biz bilgan yaponcha nomi nima?

Javob: «Ilohiy shamol» yapon tilida «kamikadze» deyiladi, ya’ni «kami» – ilohiy, «kadze» – shamol.

5436. Nikola Tesla:
“Agar U ni elektrga aylantirish mumkin bo’lganida edi, butun dunyo yorishib ketib, hech kim elektrdan shikoyat qilmay qo’yardi”. U ni toping?

Javob: Nafrat

5437. Dunyoda juda ko‘p antiqa qonunlar qabul qilingan va ularning ba’zilari hozir ham amalda. Savol, qadimiy bir qonun haqida. Afinadagi bir qonunga ko‘ra, ichki urushlar, nizolar paytida, Afina o‘zaro kurash olib boradigan ikki yoki undan ortiq harbiy qismlarga bo‘linib ketgan vaqtda har bir fuqaro BU ISHNI amalga oshirishga majbur bo‘lgan, yo‘qsa o‘sha fuqaro polisdan haydab yuborilgan. Diqqat savol: nima qilish haqida gap ketmoqda?
Javob: Urushayotgan tomonlarning birontasiga qo‘shilish. Betaraflar esa polisdan haydab yuborilgan. Polis- Yunoncha “Shahar degani.

5438. Mashhur bir milliarderdan intervyu olib borayotgan jurnalist unga shunday savol beradi.
Sizning yaqin do’stlaringiz yo’q deb eshtiganman shu rostmi yoki bo’lsa ular haqida aytib bering deb so’raydi.
Shunda milliarder unga shunday deb aytadi:
Mening 3 ta yaqin do’stim bor ular har doim mening uyimda men bilan birga
Birinchi do’stim tulporni sevadi.
Ikkinchi do’stim yovvoyi buqani yaxshi ko’radi
Va uchinchi do’stim kichkina babochka galstuk (https://t.me/xronologiya_2020/15433) ishqibozi deb aytgan ekan.
Savol: Milliarder aytgan do’stlari nimalar?

Javob: Avtomobillar.
1 ferrari
2 lamborgini
3 chevrolet (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6480?comment=41463)

5439. Yaponiyaning “Akira” firmasi g’ayrioddiy futbol to’plari ishlab chiqaradi. Siz bu futbol to’plarida maza qilib futbol o’ynashingiz mumkin. O’yindan keyin esa bu koptok boshqa bir vazifani ham bajara oladi!
Savol: Tinib-tinchimas yaponlar bu koptoklardan o’yindan keyin qanday maqsadda foydalanadilar?

Javob: Zaryadlagich (zaryadchik)
Izoh: Bu to’plar o’yin payti zarba kuchidan quvvat yig’adi va o’yindan keyin u bilan bemalol telefonni zaryadlash mumkin!

5440. Londonda bitta stansiyasi oldida bir badiiy qahramonga atab 3 metrlik bronza haykal o’rnatilgan. Bu haykal kimga atab o’rnatilganini tushinib yetgan bo’lsangiz uning oldidagi metro stansiyasi qanday ataladi?
Javob: Baker Street
Buyuk Britaniyani eng mashhur badiiy qahramoni bu Sherlok Holms. Shunchalik mashhurki uni bazilar real inson sifatida ko’rishadi. Hammamiz bilamizki, Sherlok Holms Baker Street(ko’cha) sida yashagan (asarga ko’ra). Uning haykali o’rtanilgan joydagi metro bekati ham Baker Street deb ataladi.

5441. Bir asar muallifi uni isqirt semiz va sotiladigan deb atagan ammo u yo’qolsa sivilizatsiya orqaga ketishi mumkin degan.
Savol: asar muallifi nimani nazarda tutgan?

Javob: Neft

5442. Aleksey Smolinning so’zlariga ko’ra, o’tgan asrlarda Kiyevdagi Truxanov orolida joylashgan qishloq har bahorda UNGA aylangan. Qaysi davlat nomi “U” deb tarjima qilingan?
Javob: Venesuela
Izoh: U “kichkina Venetsiya”. Bu oroldagi aholi punkti bahorgi toshqin paytida butunlay suv ostida qolgan. Ikkinchi jahon urushi paytida bu qishloq vayron qilingan. Kiev GESi qurilgach, orol uchun suv toshqini muammosi qolmadi. “Venesuela” – ispanchada “kichik Venetsiya”.

5443. Yevropaga SIGIRni ilk bor Xristofor Kolumb Janubiy Amerikadan olib kelgan. O’zbekistonda SIGIRning Navro’z, Kaxrabo turlari keng tarqalgan. Biz yuqoridagi matnda bu ishni qildik. Savol: 2001-yilgi manbada bu ishni qilgan qahramonni yozib bering?
Javob: Jek.
Izoh: BU ISH — loviyani sigirga almashtirish edi. 2001-yilda suratga olingan “Jek va loviya poyasi” filmida
qahramon Jek ham loviyani yagona sigiriga almashtirib yuboradi.

5444. 1984 yilda “O’zbekfilm” studiyasida Unga bag’ishlangan “Dahoning yoshligi” tarixiy biografik badiiy filmi yaratildi. 1956 yilda yurtimizda topilgan bir mineral Uning nomi bilan atalgan. Qo’shni Tojikiston davlatida esa fan sohasidagi katta yutuqlarni taqdirlash uchun U nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilgan. Ma’lumotga ko’ra, antropolog Gerasimov Uning kalla suyagi asosida portretini yaratgan ekan.
Savol: U kim ekanligini yozib bering?

Javob: Abu Ali ibn Sino
Izoh: Abu Ali ibn Sino sharafiga “Dahoning yoshligi” tarixiy filmi yaratilgan.

5445. Ushbu toponimning kelib chiqishi Anushervor davriga borib taqaladi. Istahriy, Muqaddasit, ibn Havqal asarlarida Sim deb nomlangan. Sovet davrida esa xalq ichida Iskobil nomi bilan mashhur boʻlgan. Ushbu toponim haqida Wikipedia maʼlumotlarida Mug’ togʻlaridan topilgan soʻgʻd hujjatlariga ham havola bor. Bu toponim haqida gapirilganda 19 soni eslab oʻtiladi. Diqqat savol, ushbu toponimni yozib bering?
Javob: Fargʻona
Izoh: ushbu atama Mug’ togʻlaridan topilgan soʻgʻd hujjatlarida, soʻngra Tabariy tarixida Sim deb atalgan. Yangi Margʻilon deb sovet davrida atalgan boʻlsa-da, Iskobil deb ham yuritilgan. Iskobil Skobelev ning oʻzimizga moslangan varianti

5446. Qaychi ishlatiladigan versiyada sakkiz harfli so’z bilan ataladi, ulardan to’rttasi “kiri”. Qolgan to’rtta harfini yozib bering?
Javob: Gami
Kirigami- Origamining qaychi ishlatiadigan versiyasi.

5447. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida beklar yashaydigan va faoliyat ko’rsatadigan qarorgoh BU atamasi bilan atalgani yoziladi. Muhammad Bobur “BU – mog’ulcha ottur, go’rxonani mog’ul tili birla BU derlar” deb yozgan. Tarixchi Mahmud ibn Vali BU so‘zning ko‘shk ma’nosini qayd etib, uni mo‘g‘ulcha so‘z deb zikr etgan.
Savol: BU so’zni yozib bering?

Javob: Qarshi
Izoh: Chingizxon saltanatidan so‘ng Qarshi shahri nomlanishiga asos bo‘lgan qo‘rg‘onning qurilganligi Boburning “qarshi – mo‘g‘ulcha ottur” deyishiga sabab bo‘lganligi ayon. “Go‘rxonani mo‘g‘ul tili birla qarshi derlar” deyishining boisi Kepakxon qurdirgan qasrda xon avlodi, ulug‘ ruhoniy va mo‘tabar shaxslar qabri bo‘lganligi, mo‘g‘ullardan so‘nggi rahbarlar bu qasrda yashamaganligi, qasrning qarorgohlik maqomini yo‘qotishidir.

5448. Asl ism sharifi Mehribon mulla Boshmon qizi, taxminan 1811, Qoʻqon— oʻzbek shoirasi. Qoʻqonning Qatagʻon daha Mulla Boshmon mahallasidan boʻlib, otasi mahalla masjidi imomi Mulla Boshmon Oxunddir. Ota-onasi qoʻlida savod chiqargan, arab, fors tillarini mukammal oʻrgangan. Navoiy, Jomiy, Fuzuliy va boshqa ijodidan taʼsirlangan, oʻzbek va tojik tillarida sheʼrlar yozgan. Bu shoira tuahkunlikka tushganmi yoki yoʻq bu haqida maʼlumot mavjud emas. Diqqat savol, ushbu shoiraning taxallusini yozib bering?
Javob: Mahzuna

5449. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 20 sekundlik BU ISH ayollarda miyaga oksitoksin moddasini quyilishiga olib kelarkan va bu modda “ishonch chaqiruvchi” vazifasini bajararkan.
Agar sizda ba’zi tadbirlarda “imkoniyat” bo’lmasa BU ISHning mehrlisi sizni vaziyatdan olib chiqib ketadi.
Siz BU ISHni aniq ayting ?

Javob: Quchoqlash

5450. Usmon Foruq Donmazning Xamza asarining Figʻoni lugʻoti turk boʻlimida Unga shunday tarif beriladi: U qandaydir sabab tufayli yuzaga kelgan qaygʻuli holat “Motam” hamda tezlik va jadallik bilan harakat qiluvchi, chaqqon maʼnosini bildiruvchi soʻzlarning birikishidan hosil boʻlgan degan maʼlumot keltiriladi. 1954-yilda tugʻilgan inson singari koʻpchilik Uni yomon koʻrishi hammaga maʼlum.
Savol: U oʻrnidagi oʻzbekcha boʻlmagan bitta soʻzni yozib bering?

Javob: Matematika
Izoh: Muhammad Yusufning “Matematikani yomon koʻraman” degan she’rini eshitgan bo’lsangiz kerak!

5451. Bu insonni AQSHta Erik Vays deb ham atashadi. U hiylalarni fosh qilish va qochish, qiyin vaziyatlardan chiqib ketish bo’yicha ustasifarang edi. 2015-yilda Rossiyada ushbu inson sharafiga mukofot tasis etiladi. Bu mukofot jamiyatchilik e’tiborini tortgan panoramal hodisalar va super kuchlar borligi haqidagi bayonatlarni qistovga olish muammolariga qaratish uchun yo’naltirilgan.
Diqqat savol : Bu inson kim?

Javob: Garri Gudini

5452. Insoniyat tarixi birmuncha ixtirolarga boy. Shulardan biri haqida yozuvchi N. Amasov:
“Insonlar bu ixtironi tongda nafrat bilan, tunda esa umid bilan qo’lga oladilar, uni vazifasini bajaruvchi boshqa o’rindoshlari mavjud bo’lishiga qaramay uning kabi hech narsa sizni aytganizdek bajarolmaydi. Yozuvchi qaysi ixtiroga ta’rif berganini toping?

Javob: Budilnik

5453. Tez qayta O’qlash imkonini beruvchi ushbu turdagi to’pponchalar 1630-yildan ishlab chiqarila boshlagan. Ommalashishga ulgurib 1800-yillarda to zamonaviy qurollar paydo bo’lmaguncha “mashhur” bo’ladi. 2003-yil bir voqeadan keyin ushbu turdagi to’plonchalardan biri qayta “mashhur” bo’lishga erishadi.
Sizlarga “o’q otish” ya’ni javob berish uchun 1ta emas balki 3ta imkoniyat beramiz.
Savol: 2003-yil qanday voqeadan keyin bu turdagi to’pponchalardan biri “mashhur” bo’ldi

Javob: “Karib dengizi qaroqchilari” filmi suratga olinishi.
Gap Jek chittakning qo’lidagi to’pponcha haqida edi. Filmda u to’pponchadan bir marta o’q uzganidan xabardorsiz.

5454. ALFA bu gugurt yorliqlarini , qutilari, bukletlari , gugurtning o’zi hamda gugurtga aloqador narsalarni yig’ishga qiziquvchi insonlarga qarata aytiladigan termin. Bu kolleksiyalar gugurt paydo bo’lgandan buyon bor ekan.
Savol: ALFA ni yozib bering?

Javob: Flumenia

5455. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki Ushbu holatda inson tana harakatlarining fikrga mutanosibligi yo’qoladi.
Diqqat savol: Qanday holatda?

Javob: Yolgʻon gapirganda

5456. Antik tabiblar bod kasaliga hamda aqldan ozgan bemorlarni davolash davomida bir jonzotning ustiga o’tqazishgan. Mazkur muolajadan keyin, o’sha bemorlar tuzalganmi, yo’qmi aniq bilish qiyin, lekin o’sha davolash jarayonini kuzatish juda qiziq bo’lgani aniq. Yordam sifatida aytishim mumkinki, ushbu jonzotning yunoncha nomidan “narkotik” atamasi kelib chiqqan ekan. Shuningdek, ulardan biri 20 yillar muqaddam bir mudxish jinoyatni ham sodir etgan edi.
Savol : O’sha jonzotni yozib bering

Javob: Skat.
2006-yil skat balig’i mashhur telejurnalist Stiv Irvin hayotiga nuqta qo’ygan edi. Qadimgi yunonlar skat balig’ini “narke”, ya’ni “zarar yetkazuvchi” deb nomlagan, keyinchalik bu so’zdan narkotik so’zi kelib chiqqan.

5457. Yandeksdagi “Rus alkogol” kompaniyalar guruhi haqida ma’lumot izlayotganda, savol muallifi afsonaviy mavjudotning tasvirlariga bir qator havolalarni oldi. Qaysi mavjudot?
Javob: Suv parisi. Русалка
RusAlko
Izoh: “Rus alkogol” kompaniyalar guruhi “RusAlko” deb qisqartirilgan.

5458. U Portugaliyada ishga chiqmaslik uchun asos bo‘ladigan sabab hisoblanadi. Para shaharchasidagi mahalliy aholi UNGA qarab o‘z soatlarini to‘g‘irlab olishadi. U tufayli bir sport turi ham paydo bo‘lgan ekan. XVII asrdagi qonunga ko‘ra Buyuk Britaniyada U tufayli bir qancha inson qatl ham qilingan. Menimcha, U haqida yetarlicha bera oldim deb o‘ylayman. Bir necha daqiqadan so‘ng ekran orqali uni ko‘rishingiz ham mumkin bo‘ladi. Marhamat, UNI ayting?
Javob: Yomg‘ir.
Izoh: Portugaliyada yomg‘ir yoqqanligi uchun ishga bormaslik sababli hisoblanarkan. Para shaharchasida har kuni bir xil vaqtda yomg‘ir yog‘arkan, shu sababli mahalliy aholi soatlarini yomg‘irga qarab to‘g‘rilab olisharkan. Yomg‘ir tufayli darts o‘yini dunyoga kelgan, ya’ni bir safar kamonchilar musobqasida yomg‘ir yog‘ib qolgan va ular qahvaxonaga kirib, qisqaroq o‘q-yoylarda musobaqani davom ettirishgan, natijada darts sporti yuzaga kelgan. XVII asrda Buyuk Britaniyada yomg‘ir yog‘ishi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan sinoptiklar o‘limga hukm qilingan..

5459. Shvedlar bu narsasni bo’yiga qarab soliq to’lashadi. Norvegiyaliklar esa eniga qarab bu narsa uchun soliq to’lashadi
Savol: Bu narsa nima?

Javob: Itlar

5460. Shvetsiya va Shvetsariya urushga ancha yillardan beri chek qo’yishgan va urushlarda qatnashishmaydi. Ular shu munosabat bilan bu narsaga atab haykal qo’yishgan va bu narsa katta qurol haykali ammo bu urush quroli va insonda savol tug’uladi ne aynan urushga qarshi haykal qurol degan. Ammo bu qurolni ko’rgan inson buni tushunib yetadiki. Urush boshlash niyatidamasligini.
Savol: qurol qanday ko’rinishda?

Javob: Haykallarda qurollarni uchlari yopilgan, bog’langan ko’rinishda bo’lgan.

5461. Bundan 4-5 yil oldingi bir videoreklamada — ota ertalab ishga ketish oldidan uxlab yotgan qizchasini peshonasidan oʻpadi, qizcha esa “Ishga yaxshi borib-keling oyijon” deydi. Savol – ushbu jarayonda nima reklama qilingan?
Javob -Ustara (gap uning teriga ziyon yetkazmasligi haqida gap ketmoqda.

5462. Kosta-Rika hukumati o’ziga qarashli orollarga chetdan keluvchi odamlarning ma’lum qismini kirishini taqiqlab qo’ygan. Izoh o’rnida esa ushbu toifa insonlar o’ta og’ir mehnat talab qiluvchi va tavakkalchilikka asoslangan ish bilan shug’ullanishadi deyilgan. Savol : qanday ish?
Javob: Oltin izlovchilar

5463. U Qadimgi Hindiston, Misr, Mesopotamiyada ilk bora ma’lum bo’lgan. Birinchi marta ular 1582-yili Fransiyada ommaga namoyish etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya va Italiyaga keng tarqalgan. O’zbekistonga esa ular XX asrning 20-yillarida kirib kelgan. Savol: Ular nima?
Javob: Rebuslar

5464. Aleksandr Shvetsning “Aria” guruhi qo’shiqlarining muqova versiyalarini o’z ichiga olgan albomining muqovasida U sarlavhaning ikki qismini bog’laydi. UNI ikki so’z bilan atang?
Javob: Shveytsariya bayrog’i.
Qabul:
Shveytsariya xochi.
Izoh: Albom “SHVETS + ARIA” deb nomlanadi.

5465. Qirol sher multfilimi UOLT DISNEYning 32 asari hisoblanadi. Amma bir jihatdan bu asar birinchidir.
Savol o’sha jihatni toping?

Javob: umuman insonlar qatnashmagan

5466. Yozuvchilar, shoirlar ayniqsa mashhurlarining ijod vaqtida turli odatlari bo’lgan. Masalan Onore de Balzak ijod vaqtida ko’p miqdorda qahva ichgan, amerikalik yozuvchi Tomas Vulf esa muzlatgichdan foydalangan.
Savol: Tomas Vulf muzlatgichdan nima maqsadda foydalangan?

Javob: Uning bo’yi 2 m bo’lgan. U muzlatgichdan yozuv stoli o’rnida foydalangan.

5467. Bir kuni bahor oylarida Yevropa davlatlarini poytaxtlaridan birida quyidagicha voqea ro’y berdi, Odamlar ko’z o’ngida bir odam , xuddi o’rgimchakka o’xshab baland binoga, tashqi tomondan osilib chiqa boshladi, U bir qo’lida bayroq borligi uchun binoga bir qo’llab osilib tomigacha chiqdi, Keyin qamoqqa olindi, tomosha qib turganlar tarqatildi, lekin u bayroqni tomga tiqib ulgirgan edi, Bayroqda va uni kiyimida bir talab, (shior) yozilgan edi, Sizlar voqea 2003 yilda bo’layotkanini hisobga olib shiorni toping?
Javob: Yo’qolsin urush! (net voynы!) ( No War!). edi.
Izoh: Bu “chelovek pauk” Alen Rober edi, U 2003 yil aprel oylarida Iroqqa qarshi urushni (agressiyani) boshlanishiga noroziligini shunday bildirgan edi, Voqea Parijda bo’lgan,

5468. Bazi bir ma’lumotlarda keltirilishicha, Ruminiyaning Timishoara shahrida chorrahada yo‘l politsiyasi ko‘rinib turishi kerak degan qarorga kelishadi. Keyinchalik politsiya xodimlariga o’z ishida qiynalmasligi uchun yo‘l politsiyasi xodimlarini qo‘shimcha kursga jo’natilgan.
Diqqat savol: Ushbu kurslar o’qituvchilarining asosiy kasbini ayting?

Javob: Balet raqqosasi
Izoh: O’qituvchilar sobiq va hozirgi balet aktyorlari edi. Bilamizki,politsiyasi xodimlari xuddi baletda raqs tushgan kabi harakatlanishadi.
Manba(lar): “Fan va hayot”, 2008, N 11. – S. 128. Kunstkamera.

5469. Ko’plab filmlarning yakunida, yoinki tub burilish yasaydigan nuqtalarda “fransuzcha xayrlashish”dan foydalanishadi. Bu ma’lum bir yer, bazmdan boshqalarni xabardor qilmasdan yoki ruhsat olmasdan o’sha yerni tark etish ko’rinishida, ko’pincha ketayotganingizda sizni biladigan yaqin do’stingizga nozik ….x… shaklida namoyon bo’ladi.
X o’rnidagi
Fransuzcha xayrlashishni ikki so’zda yozib bering ?

Javob: Bosh ilg’ash.

5470. Qozogʻistonda 1998- yilga kelib koʻpxotinlik jinoiy javobgarlikka sabab boʻladigan qilmishlar roʻyxatidan chiqariladi. Qozoqlarda birinchi xotin “baybishe” ikkinchi xotin esa ” tokal ” deyiladi.
O’tgan asr 90- yillari oxirlarida X – “Tokallar shahri “, Y- boʻlsa “Baybishelar” shahri deb nomlana boshlagan. Siz menga X va Y oʻrnidagi 2 toponimni yozib bering?

Javob Astana ” Tokallar ” shahri Almata boʻlsa “Baybishelar “shahri
Izoh 1997- yilda prezident Nursulton Nazarboyev poytaxtni Almatadan Astanaga koʻchirish haqidagi qarori sabab boʻlgan.Yangi poytaxtga koʻchib kelgan amaldorlarning oilasi eski poytaxtda qolgan.Shu sababli ular Astanada ikkinchi xotinga uylanib yashay boshlashgan

5471. Ba’zi Injil matnlarida u isroilliklarni yo’q qilmoqchi bo’lgan, ammo oxir-oqibat ular tomonidan o’ldirilgan yovuz sehrgar sifatida namoyon bo’ladi. Yahudiylarning urf-odatlari uning ismini “xalqsiz”, “xalqni yo’q qiluvchi” yoki “xalqni yutuvchi”deb tarjima qiladi. Yordam tariqasida sizga Rembrantning bir kartinasini esga olishingizni tavsiya qilamiz. Siz menga Yahudiylarning qahriga va Rembrantning ijodidan o’rin olgan qahramonni ikki so’zda yozib bering?
Javob: Valaam eshagi.

5472. Imo haqidagi maqolada qarg’alarning o’lik o’lja ustida uzoq vaqt aylana bo’lib uchib turishlari va bo’ri izlarini tez payqashlari keltirilgan. Savol matnidagi bir so’zda harflar tushirib qoldirilgan. Shu so’zni yozib bering?
Javob: Simbioz
Izoh: qarg’alar bo’rilarga, bo’rilar esa qarg’alarga o’lja topishga yordam berishadi. Bunday holatlar fanda simbioz deb nomlanadi.

5473. Iren Lentidjini qahramoni bo’lgan ayol aslida hech qachon erini sevmagani, uning boyligiga uchganini tan olar ekan, muallif bu ayol bolaligida BU ISHni qilishni yaxshi ko’rganini yozadi. Filippindagi Borakay orolida qanchalar g’alati bo’lmasin bu ishni qilish mumkin emas. BU ISH ni bir harfdan boshlanuvchi 3 so’zda yozib bering?
Javob: qumdan qasr qurish
Izoh: ayol aslida muhabbat emas boylik tufayli turmushga chiqqani va bu vaqt ichida aslida baxtli bo’lmagani, o’zini aldagani haqida o’ylaydi. U bolaligida qumdan qasr qurishni yaxshi ko’rardi, katta bo’lgach haqiqiysini xohlaydi. Turistik plyaj shahar bo’lgan Borakayda esa turistlarning sevimli mashg’uloti bo’lgan qumdan qasr qurish ta’qiqlangan.

5474. Pavel Yershov ayollar o’rtacha 6 oy umrini lab bo’yog’i surtishga ishlatishlarini aytar ekan, U ayollardan ham o’tib tushganligini ta’kidlab o’tadi. Biografik filmda unga “ko’zlar sevinchi” deya ta’rif beriladi. U kim?
Javob: Da Vinchi
Izoh: Da Vinchi Jakonda labini 12 yil chizgan.

5475. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ushbu soʻzga qoʻyidagi tarif berilgan: ish-yumush, harakat va shu kabilarga boʻlgan mayl, istak, ishtiyoq. Ushbu soʻz ishtirok etgan ibora esa, ishonchi yoki eʼtiqodi yoʻqolmoq, koʻngli qolmoq maʼnosini beradi. Diqqat savol, hurmatli bilimdonlar, ushbu soʻzga amal qilgan holda uni unlilari bir xil boʻlgan 1ta soʻzda yozib bering?
Javob: hafsala
Qabul: hafsalasi pir boʻlmoq
Izoh: menimcha hafsala soʻzini koʻp ishlatishimiz ushbu soʻzning qaysi maʼnoni anglatishini bilishga undaydi.

5476. O‘rta asrlarda Yevropada “Bu buyum” shunchalik qimmat ediki, hatto Erlar yangi yil arafasida “Bu buyum”ni xotinlariga sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag’  ajratadigan odat ham bor edi. “Bu buyum” nima edi?
Javob: Ignabandak?

5477. Ma’lum adabiyotlarga ko’ra “ALFA” allazamonlardan beri mavjud bo”lib kelgan . Har holda ibtidoiy jamiyat davrida hokimiyatning dastlabki o’choqlari paydo bo’la boshlashi bilanoq , “ALFA” ham paydo bo’lgan . Konfutsiy o’z avlodlariga “ALFA” ni qabul qilmaslikni vasiyat qilgan . Pyotr I dan to Nikolay I gacha “ALFA” – vatanparvarlik ishi”  sifatida qaralgan .
Savol: ” ALFA” ni toping?

Javob: Chaqimchilik.

5478. Biz bilamizki Turkmaniston gilamlari bilan dunyoga mashhur, bunga sabab qo’l mehatiga asoslangan turli bejirim ranglari va chidamliligini ta’kidlashimiz lozim. Turkman gulamdo’zlarining gilam to’qishda, gilamning ma’lum bir nuqtasida atayin o’zlari bilgan holda xatoga, kamchilikga yo’l qo’yishadi va bu ishni ular ajdodlar o’giti sifatida amalga oshirishadi.
Diqqat savol: Nima uchun gilamdo’zlar aynan bu ishni o’zlari bilgan holda amalga oshirishadi ?

Javob: Chunki “benuqsonlik ,xato qilmaslik Allohga hos “deb hisoblab, Gilamdagi xato(nuqson)likga yo’l qo’yishgan.

5479. Bu hayvonni go’shti unchalik mazali emas. Afrikadagi ayrim qabilalar uni go’shtini iste’mol qilishadi, ular bu jonivorni qo’lga o’rgatib cho’pon sifatida foydalanishadi. Ya’ni u mollarni dalaga, uy parrandalarini suv ichishga olib boradi. Gap qaysi jonivor haqida?
Javob: Tuya
Izoh: xalqimizda agar xomilador ayol farzand ko’rish muddati cho’zilsa tuya go’shti yegan degan iborani ishlatishadi.

5480. Hammaga eslatib oʻtaman soat ertalabki 6 emas.
Alfalarning kelib chiqishi Gʻarb mamlakatlariga borib taqaladi. Alfa soʻzi nemis tilida ham yunon tilida ham bir xil maʼno kasb etadi. Alfalarning asosiy vazifasi uyga chiroy berish va bezakdir. Johid Huseynli va Emin Arazovich Agalarov tomonidan kuylangan va 2023-yilda chiqqan trek nomi ham alfa deyiladi. Diqqat savol, alfa oʻrnidagi soʻzni yozib bering?

Javob: Kamin
Izoh: Johid Huseynli bu Jony nomi bilan mashhur sanʼatkorligini menimcha uning muxlislari darrovda topishdi.

5481. Mashhur ismning kelib chiqishining an’anaviy versiyasi shubhali, xususan, bu odam o’z ismini qo’sh “R” bilan yozgan. Bu shaxsning familiyasining biz bilgan imlosida qanday qo’sh harf bor?
Javob: Ch.
Izoh: Bu Amerigo Vespuchchi. u nomini Amerrigo sifatida imzolagan.

5482. Gyutspot ispanlar tomonidan qamal qilingan Leyden aholisi ularni qutqarish uchun Uilyam Oranskiy kelguniga qadar yegan taomdir. Taomning zamonaviy bayramona versiyasiga qovurilgan go’sht, kartoshka va piyozdan tashqari, U kiradi. U nima?
Javob: Sabzi.
Izoh: Sabzi taomga qizg’ish rang beradi, bu hukumdor Oranskiy uyining ranglarini eslatadi.

5483. Garri Simonovichning aforizmida bilimlar zahirasi UNga yutqazadi deb aytilgan. UNI 3ta bir xil harftan boshlanuvchi so’z bilan yozib bering?
Javob: Qaror qabul qilish
Izoh: O’z qarorlarimiz bilimlarimizni cheklab qo’yishi mumkun

5484. Lily Marbury, Inspector Crome, Alexander Bonapart, Franklin Klarke, Tora Grey. Yuqorida siz 1936-yilda nashrdan chiqqan bir asar qahramonlarining roʻyxatini eshitdingiz. Ular orasida esa faqat bitta asosiy qahramon sanalmadi. Sizlar bizga ushbu qahramonni emas, asar nomini 2ta soʻzi alifboda ketma ket kelgan harflardan tashkil topgan 3 soʻzda yozib bering?
Javob: Alifbo boʻyicha qotillik

5485. Yoshligida u qushning oyog’iga arqon bog’lab qiynagan. Qush uchib qochmoqchi bo’lganida, oyog’i kesilib ketgan. Uni ko’rgan onasi “O’zing ham shu qushning og’rig’ini his qil” deb qarg’agan. Kunlarning birida u Buxoroga ketayotganida, otdan yiqilib, oyog‘ini sindirib oladi va keyinroq kesib tashlashga majbur bo’lgan.
Diqqat savol. 1075-yilda tug’ilgan qaysi inson haqida so’z bormoqda?

Javob: Mahmud az-Zamaxshariy.
Qabul: Zamaxshariy, Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy, az-Zamaxshariy.
Izoh: Mashxur olim bolaligida oyog’idan ayrilgani sababini shu voqea bilan izohlagan ekan. Keyinchalik aynan nuqsoni sabab jismoniy mehnatga imkoni bo’lmagan olimni otasi madrasaga bergan va u keyinchalik buyuk inson bo’lib yetishgan.

5486. Muqobil tibbiyot ko’pincha qimmat va samarasiz, shuning uchun bunday davolanishni tanlash fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin. Muqobil tibbiyotni tanqid qiluvchi kitob “Na BIRINCHI, na IKKINCHI” deb nomlanadi. Birinchi va Ikkinchini toping?
Javob: Hamyon, Hayot

5487. Savol matnida bir so‘z boshqa 2 so‘z bilan almashgan .
Yevropada XX asr o‘rtalarigacha bir gap yurgan. Agar siz biror uyga borsangiz ergi  va fransuz vinolari bo‘lsa siz eng boy odamning uyidasiz.
Ma’lumot o‘rnida Yevropa ,hatto Amerikada ham XX asrgacha ergiga o‘zgacha munosabatda bo‘lishgan. Ular odatdagilardan farqli ularoq, yuksak ijod na’munasi sifatida qaralgan .
Diqqat savol : almashgan ikki so‘zni yozib bering?

Javob: Eron gilamlari.
Eron gilamlari ko‘p hollarda yerga tashlanmagan va devorga osilgan.

5488. Bu savolga javob topsangiz hammani hayron qoldirasiz.
Turk yozuvchisining fikrlarini tinglang:
“Bir donishmand aytganidek, bu satrlarni qoralagan gʻarib hayrat maqomida oʻziga oʻzi savol bermoqda: “Meni yoqib, kul qilgan kalomlar ne uchun qogʻozlarni yoqmas?””
Ushbu yozuvchi 1987-yilda Turkiyaning Sivas viloyatidagi Sharqishla tumanida tugʻilgan. Hozirda “Moral” radiokanalida, 24TV kanalida maʼrifiy-madaniy loyihalari bilan, shuningdek, “Tirilish pochtasi” gazetasida haftada 2 kun oʻz maqolalari bilan chiqishlar qilib keladi. Diqqat savol ushbu yozuvchini kimligini yozib bering?

Javob: Fotih Duman
Izoh: savol preambulasidagi hayron qoldirish sizga lol qoldirishni eslatdi deb umid qilaman. Undan tashqari uning uchala kitobida ham u haqidagi maʼlumotlarni oʻqigansiz deb umid qilaman.

5489. Biz sevib tomosha qiladigan “Abdullajon” badiiy filimida ketmonlarning uchish sahnasidan so’ng yana bir “ajoyibot” ga guvoh bo’lasiz. Savol: Siz bizga bu “ajoyibot”ni emas, balki U bilan bog’liq bo’lgan san’atni ayting?
Javob. Intoq san’ati
Izoh: Intoq- adabiyotda gapirmaydigan narsalarni gapirtirish. Esingizda bo’lsa mushukdan
-San ko’rmadingmi?- deb so’raganda.
-Yo’q ko’rmadim- degan edi.
Manba: Adabiyot darsliklari.

5490. Qiziq bir ma’lumotga ko’ra Kechua hindulari tilida “Qor” so’zi mavjud emas ekan. Shu sababli ular qorni OY deb nomlashgan. 1928 yilda tug’ilgan yozuvchi ijodida ham OY nomli hikoya mavjud.
Diqqat savol: OY bilan almashtirilgan ikki so’zni yozib bering?

Javob: Oq Yomg’ir
Izoh: Kechua hindulari qorni Oq Yomg’ir deb nomlashgan. 1928 yilda tug’ilgan Chingiz Aytmatov ijodida ham Oq yomg’ir nomli hikoyasi bor!

5491. Diqqat Tarqatma material
Xitoy faylasufi Sun Szu “bu gap”ni aytgan va bu jangovar shiorga aylanishga ulgurgan. Hozirgi kunda esa “bu gap”ni ayollarni bilmadim-ku, lekin erkaklar juda ham koʻp ishlatadi. Tarqatmada ham siz “bu gap”ni koʻrib turibsiz.
Diqqat savol bu gapni yozib bering?

Javob: Eng yaxshi himoya bu hujum
Qabul: the attack is the best form of defending yoki tamilcha xitoycha Yaponcha tarjimalari
Izoh. Tarqatmada naq 5ta hujumchilarni koʻrib turibsiz. Ushbu klubda oʻynagan bola menimcha hujumni sevsa kerak yoki Sun Szu aytgan shiorga rioya qilsa kerak

5492. Volvo XC90 krossoveri qo’shimcha ikkita o’rindiq qatori bilan jihozlangan. Mashina reklama afishasida yo’l chetida hafsalasi pir bo’lgan U turibdi. Amerikalik qo’shiqchi Adriana Caselotti U obrazi ustida ishlashga taklif qilindi. U qaysi personaj?
Javob: Plakatda Oppog’oy ko’rsatilgan. Volvo XC 90da 7 ta gnom o’z o’rnini egallagan, lekin Oppog’oyga joy yetmagan.

5493. Quyosh- odamzodning yuragimikin, Qonlar tomchilagan? Yo sitilgan ko’z.
Bobomning ruhini tark etgan joni,
Qizlar ko’nglidagi eng muqaddas so’z.
Savol: Shoir bu to’rtlikni kimga yoki nimaga atab yozgan?

Javob. Yulduzlar.
Izoh: Qadimgi ertaklarda ham odam o’lsa, yulduzga aylanadi deyilgan. Yoki ko’zni ham yulduzga o’xshatilgan.
Manba: Salim Ashur. “Atalgan kunlar” she’riy to’plami.

5494. Yaqinda topilgan Mark Tvenning unchalik mashhur bo‘lmagan asarida aytilishicha, bir guruh kambag‘al, Parij rassomlari o‘z sheriklaridan birining kartinalari sotilishi uchun o‘ziga xos yo‘l tutadi. Huddi shunday usuldan bir ingliz ham foydalangan.
Bu usul nimadan iborat ekanligini ma’no jihatdan bir necha so‘zlar bilan yozib ayting?

Javob: Soxta o‘lim.
Izoh: Gap shundaki, rassomlar hazillashib, o‘lgandan keyin mashhurlikka erishishlarini ta’kidlaydi. Ingliz esa, Sh.Holms edi

5495. Mantiqan o’ylab aytingchi, men nimani yashirdim?

Javob: Samalyot.
Izoh: 2001-yil 9-sentyabr

5496. O’ra, o’raning yuqorirog’i sho’ra, sho’raning yuqorisi buloq, buloqning yuqorisi chiroq, chiroqning yuqorirog’i qalam, qalamning yuqorisi changal.
Yuqoridagi jumboqda nimaga ishora qilinayotganini topgan bo’lsangiz menga bu yerdagi sho’ra nima ekanligini ayting?

Javob: mo’ylov
Izoh: Bu o’zbek xalq og’zaki ijodiga tegishli topishmoq bo’lib, javobi odamning yuz tuzilishidir. Bu yerda o’ra bu og’iz; buloq bu burun, chiroq bu ko’z, qalam bu kiprik. Bizga ma’lumki og’iz va burun orasida mo’ylov joylashgan bo’ladi.

5497. Ular Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Chad va Portugaliyada banknotlarida tasvirlangan, hatto sobiq Rossiya imperiyasi va Ukraina banknotlarida ham uchragan. Lekin ular Rossiya Federatsiya, Belgiya va AQSH banknotlarida tasvirlanmagan. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: ayollar
Izoh: banknot bu kupyura, pul degan ma’noda ishlatiladi.
Buyuk britaniyani va boshqa sanab o’tilgan davlatlarning kupyurasida qirolichani rasmi bor. Ammo AQSH Rossiyani hech qaysi kupyurasida ayol kishi tasvirlanmagan

5498. Rasmda bu ko’rib turganingiz (Zanjirli arra) 1700 – yillarda Bunday holat paytida son suyaklarini kesishda yordam berish uchun ixtiro qilingan.
Diqqat savol: Qanday holatda son suyaklarni kesishga to’g’ri kelgan?

Javob: Tug’uruq paytida!
ayollarning son suyagini kesish uchun ixtiro qilingan

5499. 10 yil oldin Nemis matbuotida 10 yillik natijalar, o’yinlar sarhisob qilingach, 2 terma jamoa Germaniyaga teng kela olmasligini aytildi. Bunga ular sabablar ham keltirishdi. Siz bu fikrga qo’shilasmi bilmadimu, lekin nemislar hozirda bu fikrlari uchun afsuslanishlari aniq. Gap qaysi terma jamoalar haqida edi?
Javob: Braziliya va Portugaliya (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6581?comment=42349)
Izoh: bu fikr FIFA 2014dan keyin chiqqandi Portugaliya so’nggi 10 yillikda Germaniyaga 3 marta yutqazdi. 2:1 3:2 va 4:0 Braziliya esa o’z maydonida 7:1 ga tor-mor etildi. Lekin 2016-yilda esa Portugaliya EURO-2016 da zafar quchgan bo’lsa, Nemislarni finalda mag’lub etgan Braziliya esa RIO-2016 yutdi.

5500. Bu futbolchi terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo’lga kiritgan, jarohat olganiga qaramastan katta futbolga qaytadi. Va ilk o’yinida jamoasiga g’alaba keltiradi, keyinchalik jamoasiga muhim bo’lgan derbida uni goli evaziga g’alaba qozonadi. Qo’shaloq bayram sifatida o’ziga hos bir rekord qo’yadi.
Xo’sh agar siz gap kim haqidaligini bilgan bo’lsangiz, uni dunyoga mashhur qilgan ish nimaligi ayting?

Javob: BU ROJERIO MUKE SENI (ENG KO`P GOL URGAN DARVOZABON 135ta)