64-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6301. Mutaxassislarning biri, ularga ko’p beriladigan savolga hazilomus javob bergan. U shunday degan: Agar uni qandayligini bilishni juda ham istasangiz, Talabalar oldiga boringlar!
Diqqat savol: Odamlar qanday narsa haqida ma’lumot olishni istashgan?

Javob: Rolton

6302. Nauru davlati haqida ko’pchilik eshitmagan bo’lsa kerak, bu davlatning boshqa davlatlardan o’zgacha ajratib turadigan tomoni bo’lmasada , lekin u bir jihatdan dunyodagi yagona davlat hisoblanadi.
Savol : Ana shu jihatni toping?

Javob: Rasmiy poytaxtga ega emas.

6303. Bu jonzotlarning tabiati g’alatida. Birinchi hayvonni oq “qafas”ga joylasang oq “qafas”da, qora “qafas”ga joylasang qora “qafas”da yashashga majbur.
Ikkinchi hayvon esa sen uni oq “qafas”ga joylaysanmi, qoragami farqi yo’q u umri davomida qafaslarni almashtirishga majbur.
Savol: mantiqan o’ylab aslida bir joyga tegishli bo’lgan ushbu jonzotlarning nomini ayting?

Javob: Shaxmat taxtasidagi ot va fil.
Izoh: shaxmatda ot oq katakda bo’lsa qoraga, qorada bo’lsa oq katakka yuradi. Fil esa oq katakda bo’lsa oq kataklardan boshqasiga yurolmaydi, qora katakda bo’lsa faqat qora katakdan yuradi.

6304. T. Malik asarlari biridan hikoya:
“O’rmonga bir kun bolta tushibti va bir chekkadan daraxtlarni yiqita boshlabdi. Shunda o’rmondagi boshqa yosh daraxtlar yig’ilib keksa Eman daraxtidan maslahat so’rabdi:
Endi nima qilamiz bolta hammamizni bir chekkadan qirib kelmoqda debdi. Shunda eman aytibdiki: Endi ilojsizmiz, …………………………………..!”
Savol nuqtalar o’rnidagi so’zni ayting?

Javob: “Eman aytadiki agar sotqin ichimizdan chiqsa ilojsizmiz. Boltaning sopi ham daraxt deya fikr qilgan!

6305. Hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz nimaning isiga(hidiga) “Hayot hidi” deya ta’rif berganlar?
Javob: Issiq NON hidiga

6306. 1962-yilgi filmdagi majlisda sotsialistik davlatlar yoshlari va talabalari festivali muhokama qilinadi. Muhokama so’ngida demokratiya uchun va kolonializmga qarshi kurashayotgan xalqlar vakillariga hurmat bildirishga qaror qilinadi. SAVOL: Majlis ishtirokchilarini toping?
Javob: O’g’rilar
Izoh: Ular festeval odamlarini tunamaslikni qaror qilishgan

6307. Irlandiyadagi avtobuslarda mijozlarga qulalik yaratish uchun ikkita eshik konstruksiya qilingan bo’lsada mijozlar baribir haydovchi yonidagi eshikdan chiqishar ekan. Chunki irland uchun BU ISHNI QILISH odatiy holga aylangan ekan. SAVOL: BU ISHNI QILISH so’zlari bilan qaysi so’zlar almashtirilgan?
Javob: Haydovchiga rahmat aytish!

6308. Amerikalik tadqiqotchilar fikricha bunday omadning sababi o’sha davr iqlimiga borib taqaladi. U paytlarda Alpdagi daraxtlar sekinroq o’sgan, daraxtdagi halqalar zichlashgan va natijada yog’och chidamliligi oshib ketgan. SAVOL: Bu omadni odatda kimning ismi bilan bog’lashadi?
Javob: Stradivari
Izoh: Shu boisdan ham Stradivari skripkalari o’ziga xos akustikaga ega bo’lgan ekan

6309. Hozirgi kun tarixgacha shunday davlat borki urushlarda mag’lub bo’lgan, ammo hech qachon mustamlaka bo’lmagan. Savol bu qaysi davlat?
Javob: Yaponiya

6310. Dunyoda 70% foiz erkaklar alfa orqasidan yurak hastaligiga uchrar ekan. lekin bu insonga kuch bag’ishlaydi deya ta’riflashgan
Diqqat savol “Alfa” nima?

Javob: Galstuk

6311. Bu rasmlar Disney Kanalining eng mashhur multseriali “Graviti Folz”. Bu multserialining muallifi Aleks Xirsh multfilmni 100 dan ortiq sirlar bilan boyitgan. Aleks Xirsh multserialida deyarli hamma qismda o’zining tug’ulgan kunini bildirgan. Diqqat savol :
Mana shu rasmlarga qarab Aleks Xirshning tug’ulgan kunini ayting. Bu savolimga 5 daqiqa davomida javoblar qabul qilinadi?

Javob: 18-Iyun
618

6312. Shunday poytaxt shahar nomi borki qadimda uning ma’nosi “shoxlar shahri” degan ma’no anglatgan. Hozirda esa “shaharlar shoxi” degan ma’noni anglatadi. Qaysi shahar?
Javob: Kioto. Hozirda Tokio

6313. Dunyoda fanlar ko’p lekin bu fanni yaratilishiga no’xot donasi sabab bo’lgan. bu fanni Doktor Haus filmidagi shikorlardan biri juda yomon ko’rgan.
Savol bu qaysi fan bo’lishi mumkin?

Javob: Genetika

6314. Toyota kompaniyasi faoliyatini aynan uni ishlab chiqishdan boshlagan. Kompaniya hozirgacha ham UNI ishlab chiqarishadi. U narsadan ma’lum soha vakillari foydalanadi. Ham erkaklar ham ayollar. Ammo ayollar ko’proq foydalanadilar. Savol: Uni toping?

Javob: Tikuv mashinasi

6315. Faylasuf Suqrotning aytishicha ovqatga uni qo’shib yesa inson tez to’yar ekan.
U nima?

Javob: Ochlik

6316. Hammamizga ma’lumki bugungi kunda hayotimizga kredit karta, plastik karta degan so’zlar, vositalar jadallik bilan kirib kelib hayotimizdan muhim o‘rin egallamoqda. Bizga ma’lumki plastik kartalar, kredit kartalardan foydalanila boshlanganiga unchalik ko‘p muddat bo‘lmadi. Buni qarangki bobomiz buyuk sarkarda Amir Temur davrida ham “plastik karta”lardan foydalanilgan ekan.
Savol: Amir Temur davrida “plastik karta” vazifasini nima bajargan?

Javob: Hayvon Suyaklari
Izoh: Amir Temur harbiy yurishlaridan birida qal’ani qamal etib uzoq qolib ketadi, natijada harbiy yurishlarda qo‘shin bilan olib yurgan pullari tugab qoladi. U Samarqandga – suyukli xotini va oqila maslahatchisi Bibixonimga chopar yo‘llab, xazinadan pul jo‘natishini so‘raydi. Biroq malika pul o‘rniga «Pulingiz tugasa siyosatingiz ham tugadimi?» degan javob xati berib choparni ortiga qaytargan. Uning javobidan so‘ng amir quyidagi yo‘l tutgan: yurishlarda so‘yib yeyilgan jonivorlarning suyaklariga muhrini qizdirib bosib, ularning hajmiga ko‘ra qiymatini belgilagan va shu suyaklarni tilla tanga o‘rnida vaqtincha ishlatishga farmon bergan. Ana shu suyak parchalariga qo‘shin uchun oziq-ovqat va kerakli narsalar olingan. Temur g‘alaba qozongach, aholi qo‘lidagi vaqtinchalik pullarni haqiqiy tangalarga almashtirib olgan.

6317. Qadimgi ruslar ayrim yong’inlarni “ilohiy olov” hisoblashgan va shu sababli ular yong’inni suv bilan emas, aksincha sut bilan o’chirishgan. Diqqat savol: qadimgi ruslar qanday yong’inlarni “ilohiy olov” deb hisoblashgan?
Javob: Chaqmoq orqali sodir bo’lgan yong’inlarni

6318. Gummiarabik qattiq massasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 80 foiz ulush Sudan davlati hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSH ning Sudanga nisbatan e’lon qilgan sanksiyasiga javoban Sudan elchisi butun dunyoni gummiarabikdan mahrum qilishi mumkinligini aytib tahdid qiladi. Ushbu gaplarni aytayotganda elchining qo‘lida alfa bor edi. Bu bilan elchi AQSH ga o‘ziga xos shama qilgan edi. Alfa ning nomini Frenk o‘ylab topgan. Alfa ni toping?
Javob: Coca-cola
Izoh: Gummiarabik – akatsiyaning turli xillaridan olinadigan va koka-kola tayyorlashda ishlatiladigan qattiq massa. Coca-cola 1886 yili farmasevt Pemberton tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, unga Frenk Robinson hozirgi nomni bergan.

6319. Siz tug’ulishingizdan avval ham, kecha ham, shu ishi qilgansiz, hozir ham shu ishni qilyabsiz. Ertaga ham vafot etganingizdan keyin ham shu ishni qilasiz?
Qaysi ish?

Javob: Joy egallab turamiz

6320. Yo’lovchi ketayotib taksi to’xtadi va unga manzilini aytib, boshqa yo’lovchi olmasdan manzilga yetgazsa aytgan narxini berishini ayti. Yo’lovchi va taksichi kelishib yo’lovchi aytgan tomon yo’l oldi yo’lda ketayotib taksichi bir bolani mindirib oldi. Manzilga yetganda yo’lovchi taksichi aytgan narxni bermasligini, yo’ldan bir bolani olganini aytib ,kelishuvni buzgaligini bildirdi. Taksichi bu bola mening qonuniy o’g’lim lekin men bu bolani otasimasman deydi. Savol: bola qanday qilib taksichini o’g’li bo’lishi mumkin?
Javob: Taksist ayol kishi va O’gilni onasi edi

6321. Mayli mening birinchi savolim. Bir ma‘lumotga ko‘ra jurnalistlar orasida shunday gap bor ekan. “Intervyuning yaxshi va muvaffaqiyatli davom etishi “alfa” ga bog‘liq ekan. Bir folbinning o‘ziga hos bannerida “alfa” bepul ekani aytiladi. Hullas : alfa ni toping?
Javob: Birinchi savol.
Bejizga birinchi savol demadim savolda)).

6322. Bir afsonaga ko’ra bir kun kechasi dov-daraxtlar Xudoning amri bilan sajdaga bosh egib , yer bag’riga yotib olganmish.Tevarak-atrof esa xuddi kunduzdek yop-yorug’ bo’lib yorishib ketibdi. Bir kampir uyqusidan uyg’onib ketib,tong otdi deb o’ylabdida, buzog’ini hovlisidagi tutga bog’lab qo’yibdi. So’ng yana beixtiyor uyquga ketibdi. Kechasi sajdaga egilgan daraxtlar tong mahali qaddini rostlagan, ana shunda kampirning buzog’i ham tutga osilib o’lib qolgan emish.
Biz bu kunni azaldan qanday nom bilan ataymiz?

Javob: Navro’z kuni
O.Nabiyevning “Navro’z” majmuasidan tuzildi.

6323. Parijda aristokratlar restoranlarida g’alati bir odat bor.
Ayollar xonasidagi ko’zgularni har kuni yangilashar ekan. Nima uchun shunday qilishadi?

Javob: sovg’a qilingan uzukni sifatini tekshirib ko’rish. Agar uzukdan oynada chiziq qolsa u brilliant uzuk bo’ladi..

6324. Kolumbiyalik Pablo Eskobar o‘tgan asrning 80-yillarida giyohvandlik olamida so‘zsiz birinchi raqamli jinoyatchi bo‘lgan. U polisiyachi, sudya va siyosatchilarni pora berish yo‘li bilan o‘z tomoniga og‘dirgan. Agar bu ish bermasa, kuch ishlatishga tushgan. Umuman olganda Eskobar to‘dasi “Plata o Plomo” prinsipiga ko‘ra ish tutishgan. Bu prinsip nomi o‘zbek tiliga “X yoki Y” deb tarjima qilinadi.
Diqqat savol! Mantiqiy o‘ylagan holda, X va Y ortida yashiringan ikkita metal nomini toping?

Javob: X – kumush; Y– qo‘rg‘oshin.
Izoh:Pul olmasang o‘qdan tatib ko‘rasan degani!

6325. Futbol murabbiysi Richard Keyz shunday degan: Uchta narsaga doimo beparvoman, uzoq yog’adigan yomg’ir, o’limga va …. . Futbol bilan bog’liq ikki so’zli uchinchi fikrni toping?
Javob: Hakam qarorlariga

6326. Topishmoq
Daraxt emas yaproqli
Ko’ylak emas etakli
Odam emas so’zlaydi
Turli kuylar kuylaydi
Topishmoqning javobini toping?

Javob: Kitob

6327. Eyfel minorasi oldida turli savdo do’konlar mavjud. Eyfel minorasining o’ng tomonida ham, chap tomonida ham, Eyfel minorasining kichik maketi sotiladi. Ularning ko’rinshi bo’yi, hajmi va materiali ham bir xil, lekin o’ng tomondagi maketlar qimmat ya’ni 100$. chap tomondagi magazinda esa negadur 10$. Savol: Qanday sabab tufayli bunday katta tafovut bilan maketlar sotiladi?
Javob: O’ng tomondagi magazinlarda Eyfel minorasi remontdan (tamirlashdan) olib tashlangan temirdan yasalgan

6328. Avtobusda 100ta yo’lovchi bor. Hammasidan jami 100 so’m yig’ib olish kerak. Avtobusda erkaklar,
ayollar va bollar bor. Erkaklardan 5 so’m, ayollardan 2 so’m va bollardan 10 tiyindan yig’ib
olingan. Avtobusda nechta erkak, nechta ayol va nechta bola bor?

Javob: 11 ta erkak 19 ta ayol 70 ta bolalar

6329. Qadimda bir shoh bo’lgan ekan. Uning bir ko’zi g’ilay ekan. Hamma shohlar singari u ham rasmini chizdirishni istabdi. Oldiga rassomlarni chaqirib: ko’zi g’ilay bo’lganini bildirmasdan chizishlarini buyuribdi. Lekin buni iloji bo’lmabdi. Rasmlarda ko’zi g’ilay bo’lib chiqibdi. Kunlardan bir kun bir rassom podshoning rasmini chizib olib kelibdi. Unda podshohning butun jismi chizilgan va ko’zi g’ilayligi bilinmagan ekan.
Savol: Rassom podshohni g’ilayligini qanday qilib yashirgan?

Javob: Rasm podshoh bir ko’zini qisib, kamondan o’q otayotgan paytda chizilgan edi..

6330. Qadimgi Ink qabilalarida bir insonga nisbatan ,,pat” laqabi berilgan. U inson qabila otasi qarorgohida yashab undanda ko’proq ovqat bilan taminlangan.
Pat kim?

Javob: DONOR(hozirgi zamonda) uning qonidan siyoh o’rnida foydalanilgani uchun unga pat deb laqab berilgan.

6331. Vasiliy Yanning “Chingizxon” asarida O‘rta Osiyo shaharlari haqida ko‘p va xo‘b gapirilgan. Voqealar rivoji endi boshlanayotgan paytda Xorazm haqida aytilgan fikr to‘g‘ri edi, lekin bu fikr asosiy voqealar boshlangach o‘z kuchini yo‘qotadi. Aynan shu fikr 1966 yilda ekran yuzini ko‘rgan filmda boshqa shaharga nisbatan aytilib mashhur bo‘lib ketgan. Shu shaharni ayting?
Javob: Bag‘dod.
IZOH: “Chingizxon” asarining o‘zi ikkita kitob va epilogdan iborat bo‘lib, birinchi kitob “Buyuk Xorazmda hamma yoq tinch” («В Великом Хорезме всё спокойно ») deb nomlanadi. 1966 yilda ishlangan «Olovuddinning sehrli chirog‘i» filmida qo‘llanilgan “Bog‘dodda hamma yoq tinch” (В Багдаде всё спокойно) iborasi esa xalq orasida mashhur

6332. U qanotsiz qush, lekin samolarga parvoz etadi. Uni ko’rganizda sizda qayg’u bo’lmasa ham ko’zingizga yosh keladi. Unga berilgan ahamiyatli bir ta’rifni eshiting : U oq otadan tug’ilgan qora farzand. U nima otasi kim?
Javob: oq ota-sigaret qora farzand esa-tutun

6333. Pirimqul Qodirovning yulduzli tunlar asarida navro’z bayramida kema sayliga chiqish uchun uchta kema boladi. 1-kema Podshoh kemasi “Gunjoyish”. 2-kema ahli saodat uchun ajratilgan “Osoyish” kemasi. Savol: Ayollar uchun ajratilgan 3-kema nima deb atalgan?
Javob: Oroyish

6334. Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar
o’tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?

Javob: Rim Imperiyasining 1000 yilligi!

6335. Birinchisini ko’rasiz, ushlolmaysiz. Ikkinchisini ko’rasiz ham, ushlaysiz ham. Uchinchisini ko’rib ham, ushlab ham bo’lmaydi. Xohlang uchalasini bir so’z bilan, xohlang 3 so’z bilan ifodalang. U(lar) nima(lar)?
Javob: Suvning Agregat holatlari edi!Muz. Suv .Va Gaz(bug’)

6336. Yoshlari teng, nomlari har xil. Ularning yoshlari shu qadar tengki, hatto bir soniyaga ham farq qilmaydi. Ular nima bo’lishi mumkin?
Javob: Hafta kunlari

6337. Ularni Tojikistonda jogirlar, Armanistonda bosha, Angilyada misrlik ,Eronda qoracha, Fransiyada fravun qabilasi, Finlandiyada qora deb ataydilar. Xo’sh ular bizda qanday ataladi?
Javob: Lo’lilar

6338. Bu o’simlik Xitoyga O’rta Osiyodan keltirilgan avval imperator bog’ida ekilgan. Hozir yem xashak sifatida ishlatiladi. Ba’zi holda “Omad keltiruvchi”lari uchrab. Savol gap nima haqida ketayapti!?
Javo: Beda

6339. Vodiy – Toshkentni bog’lovchi Qamchiq dovonini ko’pchilik biladi. Shu dovon yo’lida uy hayvonlari masalan: sigir eshaklarni yo’lni o’rtasida yurganini ko’rish mumkin. Endi savol shu hayvonlar yo’lda nima sababdan yuradi ahir yo’lda o’t o’lan o’smaydi-ku?
Javob: Asfatga tuz sepiladi(sirpanchiqlikni kamayturish uchun)
Hayvonlarga esa shu tuzga keladi

6340. Bu davlatni lotinchadan o’zbekchaga tarjimasi “sherli tog’lar cho’qqisi” degan ma’noni anglatadi. Savol: bu qaysi davlat?
Javob: Syerra Leone

6341. Matematik topishmoq: Pastda turgan bir g’oz osmonda uchib ketayotgan g’ozlarga qarab “Hooy yuz g’ozlar, meni ham olib ketinglar” — debdi. Shunda osmondagi g’ozlar “Biz 100 ta emasmiz, bizga bizcha, bizning yarmimizcha, yarmimizning yarmicha keyin sen qo’shilsang 100 ta bo’lamiz” — deyishibdi. Savol: Osmondagi g’ozlar nechta?
Javob: 36 ta

6342. D.Yumning ajoyib frazasi e’tiboringizni qarating:
U alfaga quyidagicha ta’rif beradi: alfa haqida baxslashmaydilar. Har kimning alfasi har xil.
Million jamoasinging konsert dasturi qurobi bo’lgan Kaniza sizga yordam bera olsa ajabm
as?
Javob: Did

6343. Klaudia Kardinale bu Italiya tomonidan taqdim qilingan ikkinchi tuhfa deb aytishni yoqtiradi. Savol birinchisi nima?
Javob: Piza minorasi

6344. Fredrix Shiller Erkinlikka yo’l faqat ”X” orqali o’tadi .Bundan tashqari X Estetikaning mezoniy tushunchasi hamdir!
X ni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Go’zallik

6345. G’o’za yaproqlarida Ko’katlarning bargida Chechaklarning bag’rida Yaltirar lak-lak inju. Savol, she’rning nomi(sarlavhasi)ni toping?
Javob: Shudring

6346. Kornad Lorens X ni haqida Yoppasiga tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan ‘X’ kishidagi estetik va axloqiy to’poslik aybordir deydi. Diqqat savol ‘X’ bitta so’zda ayting
Yordam sifatida X lot(jamiyatga oid).bizda chetdan kirib kelgan hozirda bu so’z?

Javob: Svilizatsiya

6347. Mashhur «Misr katta yodgorligi» da fir’avn Ramses II ning podshohligi haqida
yozilgan va uning yoshi 3300 yil.Shundan 3130 yilini u o‘ziga qadrdon bo‘lgan Luqsordagi Nil
qirg‘oqlarida turdi.Qolgan 170 yilini esa aynan mana shu o‘ziga begona bo‘lgan daryo bo‘yida
o‘tkazmoqda. Bu qaysi daryo?

Javob: Sena daryosi.
Izoh: Ushbu yodgorlik 170 yil oldin Misr podshohi tomonidan Napoleonga sovg‘a sifatida
yuborilgan.Hozirda u Parijni bezab turibdi.

6348. Epikur deydi: Insonning biror bir iztirobiga davo topa olmaydigan faylasufning so’zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan Tabobatdan hech qanday foyda bo’lmagani kabi. Ruh(qalbni) davolay olmaydigan alfa dan ham foyda yo’q?.
Alfa o’rnida almashtirib qo’yilgan so’zni toping?

Javob: Falsafa

6349. Bir yillik vino sotuvchining vinolari har yili aynib qolavergach u katta zarar ko’rdi. Diqqat savol: ushbu muammoni yechishda u kimdan maslahat so’ragan?
Javob: Lui Paster
Izoh:Pasterizatsiya usuli

6350. Rus xalq topishmog’i:
“Aqli kalta qup-quruq bosh havoda o’ynab-o’ynab odam to’plar”.
DIQQAT SAVOL: U nima?

Javob: Qo’ng’iroq ya’ni kolokol.

6351. Aflotun fikricha kimda kim .”Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan unga iqtido qilmoqchi ekan undan namuna olmoqgi’ kerak .Xudo barcha narsalar uchun me’zon. Faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishigina Alfa bo’lishi mumkin. Alfani maksimal aniqlikda ayting?
Javob: Donishmand

6352. Napoleon Bonapart juda ko’p harbiy yurishlar va ekspeditsiyalar qilgan. Shu bilan birga ma’rifatli, kuchli shaxs bo’lib tarixda nomi qolgan. “Biz XX asrlik tarix qarshisida turibmiz” deb unga bosh egadi. Napoleon qayerda va nimaga bosh egib turibdi?
Javob: Napoleon Bonapart bu iborani Misr ehromlari qarshisida aytgan.

6353. Hunarmandchilik va san’at muzeyining guvohlik berishicha, ilgari zamonlarda boy-boyvachchalarning 4 tagacha xotini bo’lgan. Agar yana uylanishni ixtiyor qilsa, 4 xotinidan xohlaganiga taloq bergan. Qizig’i shu yerdaki, taloq olgan xotin shu yerning o’zida ustiga paranjisi tashlanib, bu uyga qaytib kirmaydigan qilib haydab yuborilgan. Ushbu holatga to’rttala xotin ham tayyor bo’lib yurgan. Ayyor va puxta boy xotinlari bu jiddiy sinovga qanday ko’rinishda tayyor bo’lib yurganlar?
Javob: To’satdan taloqqa uchragan ayol shu turishida ko’chaga haydalgan. Nima kiygan bo’lsa, nima taqqan bo’lsa… Ayyor va puxta boy xotinlari noqulay bo’lsa ham doimo hamma taqinchoqlarini taqib yurishgan.

6354. Nemis statistikasiga ko’ra, bu toifadagi odamlar jahldor va ezma bo’lib qoladilar, do’stlaridan ayrila boshlaydilar, 20% lari bolalari bilan urushib qoladilar, 35% lari esa turmush o’rtoqlari bilan. Bunday odamlarning 70% ni ayollar tashkil etadi. Bu qanday toifadagi odamlar?
Javob: Parhezda bo’lganlar

6355. Temuriylar davrida yashab ijod qilgan Va “Sharq Rafaeli ” nomini olgan Ijodkor kim?
Javob: Kamolddin Bekzod

6356. Qadimgi hind qo‘shiqlaridan birida «ko‘kdan ham ko‘kroq faqat u bo‘lishi mumkin»
deyilgan. U nima?

Javob: Indigo bo’yog’i

6357. Anri Russo vaqti-vaqti bilan o’z portretini yangilab turgan ekan. SAVOL: Qanday qilib?
Javob: Sochini bo’yab turgan

6358. 2008 yili Anatoliy Timoshuk “Shaxtyor”dan “Zenit”ga o’tganida bildiki, uning sevimli to’rtinchi raqami band ekan, lekin futbolchi vaziyatdan chiqish yo’lini topdi va boshqa raqam oldi. Shu bois futbolchining “Zenit” tarkibidagi dastlabki yig’inida “Sport-Ekspress” gazetasi muhbiri u bilan suhbatda gapni bu odam to’g’risida so’rashni boshlaganidan unchalik hayron bo’lmadi. Bu odamni toping?
Javob: Barak Obama
Izoh: Anatoliy Timoshuk, ma’lumki, “Zenit”da 44-raqam ostida o’ynagan. Sergey TSimmermanning birinchi savoli futbolchining AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning innaguaratsiya marosimini ko’rganligi to’g’risida bo’lgan.

6359. Qarshingizdagi Van Gogning “KOLIBELNAYA” ya’ni “BELANCHAK” deb nomlangan kartinasi. Ko’rib turganingizdek kartinada hech qanday belanchak yo’q. Faqatgina belanchakni arqon yordamida tebratayotgan ayol tasvirlangan. Diqqat savol: Van Gog bu kartinanisi qaysi kasb egalari uchun yaratgan?

Javob: Van Gog ushbu kartinasini dengizchilar va baliqchilar uchun maxsus yaratgan. Kema kayutasida yotib shu kartinaga qarasangiz ayol sizni tebratayotganini his qilasiz.

6360. ISO 639-2 (2002) xalqaro standarti lotin va kirill alfavitlari asosida dunyo tillarining uch so’zli kodlariga ega. Masalan, Eng — ingliz tili, Ita — italyan, Fra/fre — fransuz, Rus — rus, Ron/rum — rumin tillari kabi. Qaysi til bu standartda rom so’zi bilan belgilangan?
Javob: LO’LI
Izoh: Lo’lilar (tsiganlar) eng ko’p yashaydigan mamlakat bu Ruminiya bo’lib, u er aholisining 20%ini tashkil etishadi. Shu bois lo’li tilining xalqaro qisqartmasi Ruminiya davlati nomidan olingan. Savolda ham rumin tilining kodi bekorga berilmadi.

6361. Amerika kovboylari uxlashdan oldin g’alati ish qilishar ekan. Atrofini negadir ip bilan o’rashab chiqishar ekan. Diqqat savol: Amerika Kovboylari Nima sababdan bunday qilishgan?
Javob: Ilonlardan himoyalanish maqsadida
Texas ilonlari ot qilidan to’qilgan arqondan o’tolmaydi

6362. 1481-yili Sulton Boyazid II ovdan qayta turib Bosfor bo’g’ozi atrofida qizil va sariq gullar qiyg’os ochilgan maydonga ko’zi tushadi. Ko’pgina maslahatlardan so’ng shu joyda maktab barpo qiladi. Bu maktab 500 yildan oshiq vaqt mobaynida yuqori darajadagi bilim dargohi bo’lib kelgan. 1905-yildan boshlab esa maktab o’z yo’nalishini o’zgartiradi. Ammo bu maktab tashkil bo’lganda beri bir nom bilan ataladi. Savol: qanday nom bilan?
Javob: Turkchada Galatasaray o’zbekchada G’alatisaroy
Izoh: hozirgi kunda bu futbol klubining nomi. Bu klubning ramzi qiyg’os ochilgan qizil va sariq gullar hisoblanadi.

6363. Ayrim manbalarga ko‘ra, Amir Temur ular sonini 112 taga yetkazgan ekan. Buning natijasida Temur qo‘shinida tuyalar, jirafalar va hattoki harbiy mashinalar paydo bo‘lgan. Siz esa nisbatan keng tarqalgan miqdorni ayting?
Javob: 64 ta.
Izoh: Gap shaxmat doskasidagi kataklar soni haqida ketmoqda edi.

6364. Alfa yunoncha so’z bo’lib “badanni muhofaza e’tuvchi degan ma’noni anglatadi. Uni 1001 dardga davo deyishadi. Arastu asal va alfa ni qo’shib tilga surilsa kasalliklar tufayli kelib chiqqan duduqlanishni oldini olishini aytgan. Diqqat Savol: Yuqoridagi ma’lumotlar asosida alfa nima ekanligini ayting?
Javob: Mumiyo

6365. Amerikani Texas shtatida zodagonlarni juda hurmatlari baland ekan. Nima uchun degangan savol ko’p berishar ekan bunga javoban Texas aholisi shunday javob beribdi. Biz Texas zodagonlarni puliga tilla taqinchoqlariga qarab emas faqat unga qarab zodagonlar hurmat qilamiz deyishar ekan siz bizga u nima ekanligini maksimal aniqlikda ayting?
Javob: Texas aholisi zodagonlarni xayru sahovat va qilgan ehsonlari uchun hurmat qilamiz deyishar ekan.

6366.
-Men xohlagan odamni, xohlagan bino-yu daraxtni qo’limning uchi bilan oyog’ini osmondan qilib tashlayman.
-Siz kungfuchimisiz?
-Yo’q, men…
Savol: u kim?

Javob: Rassom

6367. Qadimda savdogarlar tovarlarini ot eshshaklarda tashishgan. Lekin bu “Savdogarlar” “tovar”idan ozor chekuvchilar ham bisyor bo’lgan. Va xaql orasida bir naqlni ilgari surishgan. Buni keyinchalik bir filmda ham ko’rishimiz mumkin unda bir savdogar tufayli bir uch o’n nafar “janob” yo’q qilinadi. Kutilmagan savol :Ilgari surilgan naqlni ayting?
Javob: AYOL MAKRI 40 TUYAGA YUK!
Izoh: yuqoridagi misoldagi film “Alibobo va 40 qaroqchi” filmga ko’ra ayolni hiyla nayranggi rufayli 40 qaroqchi yo’q qilinadi

6368. Ma’lumki Gitler yahudiylarni juda ham yomon ko’rgan lekin Gitler o’smirlik chog’ida bir yahudiy qizni sevgan. Savol: u yahudiy qizni ismi nima?
Javob: STEFANI ISA’K

6369. Fransiya, va MYu ning afsonaviy futbolchisi Erik Kantona o’yin vaqtida maydondagi sheriklaridan g’ayri oddiy bir jihati bilan ajralib turgan.
Savol: Qanday jihati bilan?
Yordam tarikasida shuni aytishim mumkinki bu jihat libosi bilan bog’li

Javob: O’yin vaqtida doim futbolkasini yoqasini ko’tarib qo’ygan

6370. Dominikan Respublikasida Xristofor Kolumbga atab qurilgan ibodatxona bor. Yevropalik turistlar bu joyni juda ham yoqtirishadi. Bu joy Xristofor Kolumbga taaluqli nom bilan ataladi. Kolumb ko’pincha u narsa bilan birga yurgan. Savol: Ibodatxona qanday nomlangan?
Javob: Santa Mariya.
Izoh :Bu Kolumb sayohat qilgan kemaning nomi edi.

6371. Savol: Bundan bir necha asrlar oldin katta savdogarlar qo’lida har doim muxr tushirilgan tillo uzuk bilan yurishgan. Buning sababi nimada?
Javob: uzukdagi muxr qaysi davlatdan ekanligini bilish uchun, tillo uzuk pul uchun
Izoh: savdogarlar mol uchun boshqa davlatga borsayu, o’sha yerda vafot etishsa muxrga qarab qaysi davlatdan ekanligi, va uzukni sotib jasadini o’z davlatiga yuborish uchun

6372. 2001-yilda Rossiyadagi pivo ishlab chiqarish sanoatida aynan bir narsaning sarfi hisoblab chiqilgan. Hisob-kitoblarga ko’ra har bir shishaga u 3 tiyindan 13 tiyingacha sarf bo’lar ekan. Savol: Nimaning sarfi so’ralmoqda?
Javob: shishaga qog’ozni yopishtirishga ketgan kley sarfi.

6373. Rebus.
1.Bu musiqa yo’nalishining oxirgi harfini “dollar”ga o’zgartring?.
2.Notalardan biri?
3.O’zbek estrada ayol xonandalaridan birining ismi?
1+2+3 holda hosil bo’lgan ismni siz toping?

Javob: Jasmilola
Jaz+s+mi+lola
Jasmilola

6374. AFLOTUN unga quyidagicha ta’rif bergan: ”G” bu G’oyalardan iborat ,g’oyalarning g’oyasi ”G” ni bitta so’z ekanligini bilgan holda Maksimal aniqlikda ayting?
Javob: Go’zallik!
Yordam sifatifa”G ” tarzida yozgandik

6375. 5 barobar iqtisodiy foyda, 4 barobar ekologik foyda, 2 barobar dvigatel umrining uzayishi. Savol, bu foydalarni “taqdim etuvchini” toping?
Javob: Metan

6376. Fransiya Bastiliya shturm qilingan kun umummilliy bayram sifatida keng nishonlanadi.Lekin bu bayram Amerikadagi bir davlatda ham fransuz xalqiga hurmat yuzasidan bayram qilinadi.Chunki fransuzlar 20 yil moboynida katta bir inshootni qurishda o’sha davlatga beg’araz yordam bergan Shu sababdan fransuz quruvchilarining yuksak mehnatini qadrlab ushbu bayramni nishonlaydilar.
Savol .
Amerikadagi qaysi davlat to’g’risida gap ketmoqa?

Javob: Panama

6377. Bu kabi hodisalar ko’pchilik o’ylaganidan ko’ra ko’proq sodir bo’ladi, o’rtacha olganda ikki haftada bir. Bunday voqealardan biri, masalan, 2004-yilda Xunan provinsiyasida Yan Guani o’lganda; shuningdek, 1972-yilda Artur Beney o’lganda Kvislendda ro’y bergan. 1777-yilda esa Kornuell yarimorolida yolg’izlikda yashayotgan Dolli Pentret vafot etadi. U bilan birga esa X ham hayotdan ko’z yumadi. Savol: X nima?
Javob: kornuell tili. Yuqorida so’z ketgan hodisa esa tillarning “o’lishi”dir (ya’ni, o’sha til oxirgi vakilining vafoti). Yan Guani bilan birga Nushu (Xitoy ayollarining maxfiy tili); Artur Benet bn birga esa Mbabaram (aborigen tili) tillari “o’lgan”.

6378. Yaqinda Top 5 ligalarning so’nggi 11 mavsumdagi barcha g’oliblari jadvali tashlandi. Unda ko’rish mumkinki, ba’zi bir jamoalar qatorasiga o’z chempionatlarida g’olib bo’lishgan. Bu jadvalni ko’rib, hammani yodiga yana boshqa bir tarixga asoslangan ro’yxat yodga tushsa ajab emas. Ya’ni unda ham “g’oliblik” unvoni o’ziga xos tarzda uzoq davrda saqlab qolingan edi.
Savol: Ushbu “g’oliblik” ortida qanday so’z borligini topgan bo’lsangiz, g’olib shaxsni ayting?

Javob: Marhum qirolicha Elizabeta 2
Izoh: Qatorasiga o’z mamlakatlarida taxtda o’tirganliklardan tashqari, bu mavsum Bavariya huddi qirolicha vafot etib, o’rniga o’z o’g’li Charlez 3 o’tirgani kabi, Bayer Leverkuzenga taxtni topshirib qo’yish ehtimoli yuqori.

6379. Bir asarda Osiyoliklar haqida shunday deyiladi: ,, Siyosiy josuslar millatni o’z nufuziga olmoq uchun Sharqliklar nazdida doim muvoffaqiyat qozongan, ularning dilini egallab olgan va aqldan ozdiradigan eng yaxshi vositani ishga soldilarki, bu – alfadir.
Alfani toping?

Javob: Alfa bu poradir(puldir).

6380. Fey Rey o’zining partneri Hollywooddagi eng baland va qora soch yigit bo’lishini bilgach bir rolga rozi bo’lgan ekan. Fey uni Klark Geybl deb o’ylagan. Sizlar menga U aslida kim bo’lib chiqqanini emas, balki Fey qaysi filmda suratga tushganini ayting?
Javob: King Kong

6381. Meksikada bu kasb egasi bo’lish uchun yo’l harakati qoidalari bo’yicha maxsus imtihon topshirishi kerak bo’ladi. Imtihonni qoniqarli topshirganlarga ruxsatnoma taqdim etiladi. Ruxsatnomaga o’sha insonning rasmi va bir to’daning surati yopishtiriladi. Diqqat savol: Qaysi kasb haqida gap ketmoqda?
Javob: Cho’pon

6382.
Rebus:
1.Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlaridan biri
2.DNK birligi(xromosoma
3. Qaysidir Tilda ”qalayli idish ma’nosini beruvchi so’z
4.FIFA reytingi bo’yicha dunyoda 4 o’rinda turadigan dvizion!
1+2+3+4=Davlat nomi?

Javob : Argentina (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/7926?comment=56221).
Izoh.
1Ar-argon
2gen
3tin(ingilizcha)
4 A-bu Dunyoda eng kuchli Divizionlardan biri Italiya..A-seriasi

6383. Kanberrada ob-havoni e’lon qilganda “Ertaga havo ochiq”, “Ertaga bulutli bo’ladi” deyiladi. Savol: Qachon ob-havo bashoratida “Ertaga tutunli bo’ladi” deyiladi?
Javob: O’rmon yong’ini bo’lsa!!

6384. Angliyada haliyam qonun bo’yicha alfaning ichida qo’ng’iroq osilgan
bo’lishi shart. (Har ehtimolga qarshi) Bizda hech kimda unaqa emas
Alfa nima?

Javob: Muzlatkich

6385. U xalq XIII asr boshigacha, yaʼni moʻgʻullar istilosiga qadar mavjud boʻlgan VA oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, noʻgʻoy va oltoy xalqlari tarkibiga kirgan turk urug‘laridan biri. Lekin u so’z etimologiyasini moʻgʻulcha “sakkiz”, “sakkiz qabila” Deb taxmin qilishadi.
Gap qaysi xalq haqida?

JAVOB: nayman

6386. To’g’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida Ularni ” qizil” lar deb atagan, buning sababi oddiy xalq uchun qizil rang qonni ifodalagan VA bu qonni yaxshilik alomati emas deya talqin qilishgan.
Siz menga javobni xoh ularning amalidan, xoh ramzidan kelib chiqib Kimligini ayting?

JAVOB: SSSRni

6387. O’tkir Hoshimov o’zining “Ikki eshik orasi ” romanida Bu iboraga quyidagicha ta’rif berib o’tgan:
“Qiziq Nega endi oz emas, ko’p emas, to’rt enlik? Gap shundaki, ko’z bilan quloqning orasi -to’rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko’rganingga ishon…”
DIQQAT SAVOL: Qaysi ibora haqida gap ketmoqda?

Javob: Rost bilan yolg’onni orasi tort enlik

6388. “Savdogarlar ustozi” kitobida aytilishicha qiz uzatayotganda yahudiylar nasabiga, nasroniylar boyligiga, Muhammad (s.a.v)davrida esa Alfasiga qaralgan.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Diyonatiga

6389. Manchester City yarim himoyachisi Jesus Navas, Barsa sobiq himoyachisi Karlos Puyol, Portugaliya sobiq hujumchisi Nunu Gomish.
Bog’liqlikni toping?

Javob; Barchasi lo’lilar

6390. Ushbu rasmni biz Yevropa davlatlaridan birida joriy qilingan medalda ko’rishimiz mumkin. Savol: Bu medal kimlarga beriladi?

Javob: Chegarachilar

6391. Olimlarning aniqlashicha, aksariyat ayollar bu narsani dugonalari havas qilishi, erkaklar esa unga achinishi uchun foydalanar ekan. Savol: bu nima?
Javob: Nikoh uzuki

6392. Alfaga nom berishda alfa ning eng so’nggida yuz beradigan holatga nisbatan qo’llangan va shu holatdan kelib chiqqan holda nomlangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ko’pchiligimiz bu holatni hayot falsafasi bilan bog’laymiz unga qiyoslaymiz..
Diqqat savol gap nima haqida ketayotganni topgan bo’lsangiz menga alfani ayting?

Javob: Shaxmat (fors. Shohmot-shoh o’ldi)

6393. Italiya, Amariston, Turkmaniston. Buyuk Britaniya, Ispaniya, Iordaniya, Tojikiston, Falastin, Pokiston,
Suriya.
Yuqoridagilardan Foydalanib siz menga Mashhur uni ikki so’zda yozib bering?

Javob: Real Madrid
Izoh: Shu Davlat poytaxtini bosh harflaridan kelib chiqadi bu so’z

6394. Bu davlat Pul birligi jahon tillaridan birida sher degan ma’noni bildiradi. Poytaxti esa Arab Ayollarining ismini eslatadi(pokiza, masuma, iffatli degani).
Diqqat bu Qaysi davlat?

Javob: Bolgariya
Izoh: Davlat Pul burligi Lev(ruscha Sher)
Sofiya Poytaxti

6395. U odatda dengiz va daryo portlarida aviatransport temir yo’l bekatlarining chegara punkutlarlarida va mamlakatning yirik markazida joylashadi. U ni toping?
Javob: Bojxona

6396. Tennischi Yelena Dementyeva Bali plyaji sohili bo‘ylab yurgan paytida tipratikanni ko‘rib qoladi. Ekzotik topilmasidan hayratga tushib qoladi va yanglishganini kech anglaydi. Natijada u tipratikan ninalaridan zaharlangan. Topingchi, Dementyeva nima kolleksiya qilish bilan shug‘ullanadi?

Javob: Kaktus
IZOH: Zaharli dengiz tipratikanini kaktus deb o‘ylagan va qo‘lga olmoqchi bo‘lgan.

6397. XIX -asr 2 -yarmida yevropalik ayollar oshxonada bolg’a va pona ishlatishga majbur bo’lishgan. Savol nima uchun bolg’a va pona kerak bo’lgan?
Javob: Kanserva banka ochish uchun.
Izoh: Ilk kanserva bankalar yarim Santimetr qalinlikda bo’lgan shu sababli uni ochish uchun bolg’a va pona kerak bo’lgan

6398. 1873 – yil Lloyd sug’urta kompaniyasi daraksiz yo’qolgan kemalar ro’yhatini kitob qilib bosmadan chiqardi. Savol kitob qanday nomlana boshlandi?
Javob: qizil kitob

6399. Ushbu sura’tda qaysi muassasa nomi yashiringan?

Javob: Topilmalar idorasi

6400. Kun sayin rivojlanib borayotgan meditsina olami antiq tarixga ega. Yevropa doktorlari XVI asr ikkinchi yarmida og’izda yoqimsiz hidni yo’qotish uchun alfani tavsiya qilishgan Diqqat savol alfa nima?
Javob: Sigaret tamaki