79-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7801. Shekspirning bir asaridagi bosh qahramonning ismidan oxirgi harfni olib tashlansa, bir tarixiy shahar nomi kelib chiqadi. Bu ismni va shahar nomini 5 daqiqadan so’ng bizga topib, izohlab bering HURMATLI BILIMDONLAR?
Javob: Romeo. Rome(Rim) shahri edi.

7802. Ularning soni 8 ta. Ular asosan ikkiga ichki(M, V ,Y ,M) va tashqi(Y, S, U, N) guruhlaga bo’linadi.
Savol gap nima haqida ketyapti?

Javob: Quyosh sistemasidagi sayyoralar

7803. Dunyoga mashhur jinoyatchi Xuakin Gusman senalova narkotikining ya’ni barcha davlatlarda bo’limlari bo’lgan qonunbuzarlar organizatsiyasining boshlig’i bo’lgan. U faoliyati va ishlab topgan pullari bo’yicha oxirgi o’n yillikning barcha jinoyatchilaridan ustun turadi. Milliardlar sohibi bo’lgan bu jinoyatchi 90-yillarda Meksikadagi qo’riqlash tizimi mukammal bo’lgan Poentagrandi qamoqxonasida ozodlikdan mahrum qilinadi. Bu qamoqxonadan qochishning umuman iloji yo’q edi. Faqatgina Gusman qochishga muvaffaq bo’lgan. Diqqat o’ylab ko’ringchi u qanday qilib qochishga muvaffaq bo’lgan ekan?
Javob: u barcha qamoqxona qo’riqchilarini sotib olib qochishga erishadi.
Uni Milliardlar sohibi deb bekorga aytmadim

7804. Shundan keyin so‘fining tili aylandi:
— Shoshma, fitna! «Yo‘q» dema, mayli, bora qolsin…
— Qachon keladi?
— Indinga erta bilan yo kechqurun.
— Eshonoyimning ra’ylariga qarasin.”
Ushbu so’zlar qaysi asardan olinganini anglagan bo’lsangiz bizga Fitna va uning qizining ismini ayting?

Javob: “Kecha va Kunduz” dan
Qurvonbibi, Zebi
Izoh: Razzoq So’fi ayolini Fitna deb chaqirgan

7805. Charlz Dikkens doim u ishni qilgan. Shu ishi orqali u o’zining yozuvchilik mahorati yanayam yaxshilanadi deb o’ylagan
Savol: u nima qilgan?

Javob: Shimolga qarab yotgan

7806. Insonlar undan bir necha ming yillardan beri foydalanib kelishadi. U hozirda ommabop (ayniqsa internetda) hisoblanib, undan ko’pchiligimiz foydalanamiz. Qadimgi Rimda u “jang”chilarning o’limiga ham sabab bo’la olgan. Bangladeshda esa u haqorat ramzi hisoblanadi. Diqqat! Gap nima haqidaligini bilgan bo’lsangiz, menga uning internetdagi nomini aytib bering?
Javob: Like yoki Dislike

7807. Davom ettiring:
“Yuk ko‘targan odam yuzaga chiqadi”, deydilar. Chiqadi. Albatta chiqadi! Faqat….

Javob: yuk ko‘targanni
ko‘tarib yuboradigan Qo‘l bo‘lsa bas! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10112?comment=80750)
“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridan

7808. Bu ajoyib mahsulot dunyoning ko’plab davlatlariga keng tarqalgan. Lekin u AQShda qonun bilan taqiqlab qo’yilgan ekan. Bunga sabab bolalarning “be etiborligi” va ” nafsi” ekan.
Diqqat. Siz menga mahsulotni emas, mahsulot ilk marta nechinchi yili sotuvga chiqqanini aytib bering?

Javob: 1974-yilda Kinder Syurpriz sotuvga chiqadi

7809. Savol: Kuppa- kunduzi chiroq ko’tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi Diogendan nimani qidiryabsan deb so’rashibdi.
Ko’pchilik eshitgan hikmatga boy javobini toping?

Javob: Insonlarni (odamlarni)

7810. Bu jihozni XIX asr boshlarida fransiyalik rashkchi erlar o’ylab topishgan. Shuning uchun ham uning bugungi nomi rashk deb ataladi. Bu jihoz haqidagi taasurotlar doimo bir jonzot, kattagina bir hayvon surati orqali uyg’otiladi. Qaysi hayvon surati orqali?
Javob: Bu jihoz orqali uyning ichida tashqaridan ko’rib bo’lmaydi. Uni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar esa bir hayvonni o’zlarining emblemalariga aylantirib olishgan. Bu – zebra. Jihozning nomi jalyuza.

7811. Qisqa_savollar_3taligi
1.ANNA KURNIKOVA 2004-yilda turmushga chiqqan xonandaning otasi qaysi san’atkor?
2.Mazda firmasining bosh offisi joylashgan shaharda 1945-yilda qanday voqea bo’lgan?
3.Qaysi AQSh prezidenti ma’muryati “sovuq urush”ni keskin kuchaytirgan yangi, “yalpi qasos” doktrinasi bilan chiqdi?

Javoblar:
1.Xulio Iglesias
2.Atom bombasi tushgan
3.D. Eyzenxauer.

7812. Alfa kimgadir zarar yetkazsa
kimgadir omad olib kelarkan.
Ruzveltga alfa baxtsizlik olib kelgan.
Y.Nikulinga esa aksincha. Alfa unga juda yoqgan.
Savol: alfa nima bo’lishi mumkin?

Javob: 13 raqami

7813. Biz bilamizki deyarli hamma davlatning o’z bayroqlari to’rtburchak shaklda, lekin bitta davlat borki, uning bayrog’ining shakli uchburchak. Bu qaysi davlat bayrog’i?
Javob: Nepal

7814. Savol: To’rt sadaf guharining durji ul, Yetti falak axtarining burji ul.
“Hayrati ul-abror”dan olingan yuqoridagi misrada nimaga ta’rif berilgan?

Javob: So’zga

7815. Rivoyat qilishlaricha Bir payg’ambarimizga Alloh taolo 80 Yil molu davlat beradi hech nimadan G’ani kamchiligi bo’lmaydi shunday Iblis Alloh aza jallaga mengayam bu narsalarni berganingda men ham senga tinmay sajda qilardim deydi. Alloh iblisga qarata aytadi: Bu solih bandam boridayam yo’g’idayam menga sajda qiladi,ibodat qiladi deb aytadi. Alloh shu bandasiga bir og’ir dardni beradi ya’ni O’sha payg’ambar joylaridan turolmay qoladilar bu hol 18 Yil davom etadi u kishidan hamma yaqinlari vos kechadi birgina ayollari qoladi birin ketin farzandlardan ayriladilar shunda ham Robbimizga Ibodat qilib tasbex aytishda davom etadilar. Ayollari tinmay ishlaydilar bora bora ayollarni ham hech kim ishga olmaydi “ering kasal” senga ham yuqqan bo’lishi mumkin deya haydab solishadi. Shunda ayollari uyga 2 kun ovqat olib keladilar. U Payg’ambar bunga chidolmay Allohga duo qilib “Ey Alloh meni Shayton o’rab oldi” meni o’zing qutqar deya duo qiladilar va tuzalib ketadilar.
Savol: Qaysi payg’ambar haqida gap ketyapti? Va ayollari 2 kun hech qayerda ishlamay qayerdan pul olib erlari uchun yegulik olib keladilar?

Javob: Ayyub a.s haqida gap ketyapti.
U kishini ayollari sochlarini ozroq qismini sotib erlari uchun yegulik olib keladilar.

7816. Savol: Rivoyat qilishlaricha dunyoda 3 ta chaqaloq gapirgan ekan bulardan biri payg’ambar bo’ladi. Bu qaysi payg’ambar ekanligini toping?
Javob: “Iso Payg’ambar”
Izoh: “Iso a.s” ni alloh aza jalla Otasiz yaratdi u kishining onalari turmushga chiqmagan Soliha ayol bo’ladilar Iso a.s ni onalari Payg’ambarimizni daraxt tayida tug’gan paytlarida odamlar Payg’ambarimiz onalariga tuxmat qilib turgan paytlarda Iso a.s shunday deydilar: “Bo’ldi bas men Allohning bandasiman Alloh meni otasiz payg’ambar qilib yaratdi men o’zimga salom aytdim” degan edilar.

7817. Bu sport turi rus tilidan “o’z o’zini himoya qilish” degan ma’noni beradi. Qaysi sport turi?
Javob: Sambo

7818. Miloddan avvalgi 680-yilda boshlab antik Olimpiada o’yinlariga bu sport turining ilk ko’rinishi kiritilgan. XVI asr boshida Italiya, Fransiya, Ispaniya, Avstriya kabi davlatlarda bu sport turning maxsus maktablari paydo bo’ldi. Bu sport turi taxminan 3 ming yillik tarixga ega. Qaysi sport turi?
Javob: Ot sporti

7819. Bu sport turi “Qirollar o’yini” hisoblanadi. Shuning uchun Yevropada uni boy va mansabdorlar sevib o’ynashadi. 1874-yilda bu sportning zamonaviy qoidalari ishlab chiqiladi. Respublikamizda esa bu sport XX asrning so’nggi 10 yilligida keskin rivojlandi. Qaysi sport turi?
Javob: Tennis

7820. Bu sport turi o’rta asrlarda Daniyada paydo bo’lgan. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstraliyada tarqalgan. 1900 va 1904-yillarda Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan. Asosan o’rta va katta yoshdagilar o’ynashadi. Poytaxtimizda bu sport turiga moslashtirilgan joy 1998-yilda qurilgan. Sport turini toping?
Javob: Golf. 1998-yilda Toshkent golf klubi ochilgan

7821. 2007-yil aprel Germaniya Shtutgart. Dunyo boks ixlosmandlari orziqib kutgan ring. Kutilmagan natijalar. Oddiy savol: ringda kimlar jang qilgan?
Javob: R.Chagayev va Valuyev

7822. Bu “sport” turi Sanskrit tilida “birlashish”, “qo’shilish” degan ma’noni anglatadi?
Javob: Yoga

7823. Kinochilik tarixi. 1910-1911 yillarda B.Britaniyada ilk serial ommaga taqdim etildi. U besh seriyadan iborat. Bu serial qaxramoni adabiy qaxramon. Siz bizga serial qaxramonini emas, serial nomini ayting?
Javob: Sherlok Holms

7824. Ikkinchi jahon urshi davrida Adolf Gitlerning dushmanlari xatto Germaniyaning uzida ham yetarlicha bo’lgan. Ikkinchi jahon urshini ayni avji olgan paytida Germaniyada ……… tashkiloti tuzulgan bo’lib bu tashkilot asosan fashistlarga qarshi bo’lgan va yolg’iz qolgan fashistlarni yo’q qilish bilan shug’ullangan. Gitlerning extiyotkorligi bu o’rinda unga yordam bergan, sababi ….. tashkilotining o’zi Gitler hayotiga 2 martta suiqasd qilgan afsuski ikkala urinish ham natijasiz yakun topgan. Savol: Tashkilot qanday nomlangan?
Javob: “Oq atirgullar” tashkiloti

7825. Xitoyning Shanxay shahrida Gorillalar saqlanadigan hayvonot bog‘i bo‘lib, unda yuzlab Gorilla maymunlari mavjud. Mabodo, shu zooparkka borib qolsangiz va sizda alfa bo‘lmasa, tomoshaga kirayotganingizda ehtiyot chorasi sifatida sizga uni berib turishadi. Alfa nima?
Javob: Gorilla juda baquvvat va o‘ziga yarasha xavfli hayvon. Uning jahlini chiqarish yaxshilikka olib bormaydi. Alfa- qora ko’zoynak. Gorilla odamning ko’zidagi tajovuzkorona nigohni sezar ekan. Keyin hujumga o‘tadi. Qora ko‘zoynak ostidan esa bemalol o’qrayish ham, do‘q qilib qarash ham mumkin.

7826. Bir necha yil oldin. Italiya A seriyasining bir tur o’yinida Inter o’z uyida Roma jamoasini qabul qiladi . Inter himoyachisi o’z jarima maydoni ichida topni qabul qiladi va Roma o’yinchilaridan biri yaqinlashib kelayotganini ko’rgach topni darvozabonga uzatadi hakam himoyachi topni uzatgan joydan Inter darvozasi tomon jarima zarbasini belgilaydi . Savol hakam himoyachini qaysi ishi uchun jarima zarbasi belgilaydi?
Javob: Birinchi topni suniy ravishda boshi bilan darvozabonga oshirgani uchun
Izoh: ya’ni himoyachini o’zi topni havoga ko’tarib oshirgan

7827. Koreys filmida shunday gapni eshitdim: Dunyoda qancha U bo’lsa, shuncha shirin taom ham mavjud! Diqqat savol: U ni toping?
Javob: Ona!
Izoh: Har bir inson uchun eng yaxshi pazanda onasidir!
Manba: ,,Oshpaz” filmi!

7828. Real Madrid sobiq himoyachisi S. Ramos jamoasi haqida fikr bildirarkan Real doim yuqori o’rinlar uchun kurashadi va taslim bo’lmaydi realning bu xususiyatini bir hayvonga o’xshatadi: Realning ham alfa hayvon kabi 9 ta joni bor. Savol alfa ni toping?
Javob: Mushuk

7829. “Yuventus” klubida to’p surgan bir o’yinchisiga hamma “Professor” deyishadi. U ilmiy ish yozib, dissertatsiya yoqlamagan. Lekin ham futbolda ishtirok, ham institutda tahsilni birga olib borgan.
Bu futbolchi kim?

Javob: Fransiyalik himoyachi Lilian Tyuram

7830. Bu futbolchiga siz “Supermen” deb murojaat qilsangiz hech ranjimaydi. Chunki uning eng sevimli Kinoqahramoni aynan “Supermen” ekan. Qaysi futbolchi?
Javob: Italiyalik darvozabon Jan Luidji Buffon

7831. Bir paytlar Portugaliya terma jamoasida to’p surgan bu futbolchini “Santa Klaus” (qorbobo) deb atashadi. SABAB uning oppoq soqollari, “qirov tushgan” sochlarini ko’rib Kim ham unga bu laqabni ravo ko’rmaydi deysiz. Futbolchi Kim?
Javob: Bir paytlar Portugaliya terma jamoasida to’p surgan Abel Shaviyer

7832. Savol: Qushlar orasida alfa ni eng baxtsiz, omadsiz deyish mumkin! Chunki o’zi in qura olmaydi, qanoti bor ucha olmaydi, tabiatan yomg’irdan juda qo’rqadi. Qaysi qush?
Javob: Tovuq

7833. O’zlarining oppoq ro‘dapo kiyimlari va konussimon qalpoqlari bilan XIX asr oxirlarida ular amerika xalqini dahshatga solishgan.
Kimlar?

Javob: Ku-kluks-klan

7834. Bu sport turiga o’xshash o’yin turi miloddan 2 ming yil avval ham Misr, Yunoniston, O’rta Osiyoda va boshqa joylarda mavjud bo’lgan. O’rta Osiyoda avvaliga chorvadorlar orasida o’ynala boshlagan. XIX asrning ikkinchi yarmida B.Britaniyada bu sport turining klublari ochildi. Qaysi sport turi?
Javob: Chim ustida xokkey

7835. Bu ko’p eski ravot, …. unga nom
Tun-kun tulporiga bor bunda orom.
Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,
Bu go’rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.
U.Xayyom qalamiga mansub bu ruboiyda tushirib qoldirilgan so’zni toping?

Javob: Olam

7836. Savol: A.S.Pushkin bu san’at haqida shunday fikrlarni aytgan: «U qalbdan ijro etilgan parvozdir». Bu qaysi san’at turi?
Javob: Balet

7837. Savol: «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qayerda joylashgan?
Javob: Oyda

7838. “Etik kiygan mushuk”, “Qizil shapkacha”, “Kuloyim”(Zolushka) ertaklari muallifini hammamiz bilamiz. Hammaga sevimli bo’lgan Sharl Perro mashhur Luvr muzeyida X bo’lib ishlagan. Savol oddy kim bo’lib?
Javob: Arxitektor(Muhandis)

7839. Mashhur animator Walt Disneyning aytishicha: dunyodagi har bir insonning qalbida qaysidur ma’noda u yashar ekan. Siz ushbu insonning kasbidan kelib chiqqan holda U ni toping?
Javob: Bolalik

7840. Diametri 76.2 mm , qalinligigi 25.4 mm vazni 140-170 gramm. Gap qaysi sport anjomi haqida ketmoqda?
Javob: Xokkey shaybasi

7841. Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgprod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi, Yekaterinburg. Bularni nima bog’lab turadi?
Javob: Futbol Jahon Chempionati 2018 o’tkaziladigan joylar

7842. Bu termin futbolga sirkdan kelgan. Bu so’z ,,ko’zboylagich fokus” so’zlarini sinonimi hisoblanadi. Tarjimasi esa “shlyapali tryuk ” degani ekan. Bu bugungi kunda futbolda ishlatilayotgan qaysi termin?
Javob: Xettrik
Inglizcha Hat va Trick

7843. O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o’yinlardan biri. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o’ziga to’q odamlar, hatto oddiy aholi ham bu o’yinni tashkil qilgan. Bu o’yin milliylik ramzi. Kelajak avlodni mard, jasur, do’stlikka vafoli qilib tarbiyalashga yordam beradi. Qaysi sport turi(o’yin)?
Javob: Ko’pkari(uloq)

7844. Uning yaratilishiga qish fasli sababchi bo’lgan. Bu sport turining vatani AQSH. Uning Xalqaro Federatsiyasi 1932-yilda tashkil qilindi. Olimpiada o’yinlariga esa 1936-yildan kiritildi. U sport turini toping?
Javob: Basketbol
Izoh: Sport ustozi talabalar qishda shug’ullanishi uchun o’ylab topgan

7845. 32 ta 6ta qavatda joylashgan xonasi, 35 ta hammomi, 412 ta eshigi, 147 ta derazasi, 28 ta kamini, 8 ta zinapoyasi va 3 lifti bor.
SAVOL: Gap ketayotgan bino uchun oxirgi “jang”da kim g’alaba qozondi?

Javob: Jo Bayden
Izoh: Gap bu yerda Aqshdagi “Oq uy” binosi haqida edi

7846. Shimoliy Amerika xalqining shunday nomi borki, u sal kam rasmiy nom hisoblanadi. Bu so’zning ma’nosini aniqlash maqsadida Oxford lug’atiga murojaat qilishganida, bu so’zning eng qadimiy shakli “o’ta qo’rqoq odamlar” degan ma’noni bildirar ekan. 2015-yil yilning eng qimmat brendi ham shu nom bilan atalgan.
Savol: Bu qaysi nom?

Javob: YANK (Yanki)LAR

7847. Ibrohim Adham Arab halifaligining amirlaridan hisoblangan. Kunlardan bir kuni Ibrohimni xizmatkorlaridan biri uni oltindan bo’lgan yotog’ini yig’ishtirib bo’lganidan so’ng yotoqqa bir marta yotib ko’ray deb uxab qolibti. Birozdan so’ng Ibrohim uni o’zining yotog’ida ko’rib jahli chiqib ketib uni ura boshlabti. Xizmatkorni har urganida u kular emish. Ibrohim urishdan charchab undan kulayotganini sababini so’raganida u shunchalik oqilona javob beradiki Ibrohim o’sha vaqtning o’zida bor boyligini tashlab chiqib ketadi va darveshlik hayotini tanlaydi.
SAVOL: Xizmatkor unga nima deb javob bergan?

Javob: Agar men shu bir zum yotib shuncha kaltak yegan bo’lsam, har kuni yotgan siz – erta qiyomatda qanday javob berar ekansiz, degan.

7848. Ona tilichi filologlar uchun savol:
Fransuz adabiyotshunosi Roland Bart ijod mohiyati ustida fikrlab, “yozuvchi” va “yozg’uvchi”ni shunday farqlaydi: Yozuvchi vazifa bajaradi, ya’ni garchi ilhomi bo’lsa-da o’z so’ziga ishlov berib, pardozlaydi. Yozg’uvchi esa X bilan mashg’ul bo’ladi.
Adabiyotshunos bu ikki toifaning birini “ega”ga, birini “kesim”ga o’xshatadi.
SAVOL: 1.Yozg’uvchi nima ish qiladi?
2. Qaysi toifa “ega”, qaysi biri “kesim”?

Javob:
1.Yozish bilan
2.Yozuvchi – ega, yozg’uvchi -kesim

7849. Quyidagi ayollar ismi: Kleopatra, Janna d’Ark, Ekaterina II, Mariya Kyuri, Roza Lyuksemburg, Klara Tsetkin, Indira Gandi vatandoshimiz Nodirabegim…
Ularning soni 116 ta. 1991 yili XAI bosh assambleyasi ularni tasdiqladi. 116 ta ayol nomi berilgan joy nomini toping?

Javob: Venera sayyorasida 116 krater va dengiz topilgan, xalqaro astronomik ittifoq ularga mashxur ayollarning nomini berishga qaror qilgan.

7850. Ularni 6 tasigina Tauer ko’prigida yashashlari shart ekan Bu holat esa Angliya qiroli Karl II davridan amalda bo’lib qirolning fikricha ular ketsa monarxiya tugar emish… SAVOL : Ular nimalar?
Javob: Qarg’alar
Londonda ularni mudom saqlanishi monarxiya davomiyligi bilan bog’lanar ekan . Ehtimol qarg’alarni uzoq ko’radigan umriga nisbatlangandir

7851. U birinchi bo’lib 1817- Yil 17-oktyabrdan 1824-yil 21-fevralga qadar, Lixteynshteyn gersogi Yevgeniy Bogarniy uchun ishlagan.
Biroq o’sha davrda unga hech kim kerakli buyum sifatida qaramagan ekan. SAVOL : U nima?

Javob: Soat
Yana bir ma’lumot, XX asr boshiga qadar ulardan faqat ayollar foydalanishgan ekan

7852. Ularni ilk ajdodlari bundan 220 million Yil oldin yashagan deb taxmin qilinadi . Ularni hozirgilari o’z ajdodlari qiyofasini saqlab qolga, faqat tishlari yo’q.
SAVOL: Gap nima haqida?

Javob: Toshbaqa.
Olimlarning izlanishiniga ko’ra oldingi davrlarda yashagan ilk toshbaqalarni tishlari bo’lgan ekan . Afsuski bunday tur hozir mavjud emas

7853. Hindistonlik Vojid Alixonning “Matla ul ulum” asarida, Hazrat Alisher Navoiyning so’zlarini takrorlagan holda, uni qora tanli qul bo’lganligini, donishmand, zukko, aql zakovati barkamolligi natijasida ozod qilinganligi va ulug’ tabib bo’lib yetishganligini yozadi . SAVOL : Gap kim haqida ketayapdi?
Javob: Luqmoni Hakim

7854. Ruminiyada 1999-yil 11-avgustda quyosh tutilish hodisasi yuz berdi. Ruminlar uni kuzatish uchun antiqa usuldan foydalanishgan. Bu antiqa usulni siz aytasiz?
Javob: Ruminiya bu hodisa uchun maxsus 2000 lei qiymatidagi pul bosib chiqaradi, bu orqali esa tutilgan quyoshni ko’rishni imkoni bo’lgan ekan.

7855. Bu ikki qora tanli odam bir biriga umuman aloqasi yo’q bo’lsada o’xshash tomonlari bilan hayron qoldirgan. Chunki ularni ko’rinishi, ismi ham bir xil edi. Qizig’i ular xatto bitta turmada o’tirgan. Endi sizlardan ularni kimligini so’ramaymiz, savol ular qanday ixtiroga sababchi bo’lganini ayting?
Javob: Barmoq izi bilan odam shaxsini aniqlash.
Izoh: Savolda aytilgandek bu ikkala inson har jihatdan bir xil. Va qamoqda ajratib olish uchun barmoq izi orqali shaxsni aniqlash kashf etildi.

7856. Bola so’radi “Dada yoshligingizda yoshingiz nechchida edi?”.
-Yoshimmi yuzda, yo’q hech qancha, yo’q mingda edi, adashdim bir va yuz edi yoshim.
Otaning kasbini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Komik
Izoh:
100=C
0=O
1OOO=M
1=I
100=C

7857. Tushda ularni ko’rish judayam yaxshi holat ekan. Bu tush egasi yaqinda maosh olishi hamda boyib ketishini bildirar ekan Uni tushida ko’rganlar hayotda uni ko’rishsa bir seskanib olishadi .
SAVOL: U nima ?

Javob: Ilon

7858. Bizga g’alati nomi bilan tanish bo’lgan bu sharsharalar bunday atalishiga odamlarni original nomini talaffus qila olmasligi sabab bo’lgan. Uning original nomi esa -Manavaiopuna . Sayyohlarga qulay bo’lishi uchun sharsharalar nomi Stiven Spilbergning mashhur filmi nomi bilan aytiladi. Bu sharsharalarni aynan shu film mashhur qilgan. Kauai tog’ining yuqori cho’qqilarida joylashgan bu 120 metrli sharsharalarni ko’rish uchun faqat vertalyotda gitlar bilan chiqishni iloji bor. Savol: Sharsharalarning bizga tanish bo’lgan Stiven Spilberg filmini nomiga qo’yilgan nomini ayting?
Javob: Stiven Spilberg “Yura davri” filmining sharafiga Yura sharsharalari deb ataladi.
Jurassic

7859. Vasiliy Smislov fikri: “Men alfani san’at deb bilaman, lekin bu kurash natijasida dunyoga keluvchi o’zgacha san’atdir. Undagi eng muhim narsa – ijodiy quvonch, kurashdan zavqlanish. Umuman, alfa insonga ajoyib hayot sabog’ini beradi”
Alfani toping?

Javob: Shaxmat

7860. XX asrda “yangi maydon” dunyo yuzini ko’rdi. Rasmiy nomi butunlay boshqa bo’lsa ham, xalq orasida hammamizga tanish bo’lgan nomda U mashhur. Maykl Jekson, Xulio Iglesias, Xose Karreras, U2 bu yerda xalq bilan “uchrashgan”. Uni bizga eslatuvchi ranglar esa “ko’k” va “qizil”. Uni toping?
Javob: Kamp Nou( Barcelona stadioni)

7861. U 1913-yilda yaratilib, 1914-yilda qabul qilingan. Lekin ilk debyut ya’ni dunyo yuzini 1920-yil Antverpendagi bir voqea orqali ko’rgan. Va shundan keyin o’zgarishsiz kelmoqda. U ni toping?
Javob: Olimpiada belgisi bo’lmish 5ta aylana(halqa)

7862. Savol: Megardan general Orsip, cho’pon Polimnist,
Rodos orolidan qirol oilasi a’zosi Diagor,
Makedoniya qiroli Aleksandr I,
faylasuf Demokrit – bularni birlashtirib turuvchi Uni toping?

Javob: Qadimgi Olimpiada o’yini ishtirokchilari

7863. Stendal “Qizil va Qora” romanida hazrat Mologrida so’z haqida shunday fikr bildirganki, shu paytgacha so’zni madh etgan shoiru-maddoxlar fikriga u qarshi boradi.
Savol: Shunday Stendal so’z inson dilida tug’ilgan fikrni nima qilmoq uchun yaratilgan deb yozgan?

Javob: Yashirmoq uchun

7864. Sherlokni yangi sarguzashtida o’z singlisi bo’lmish Evani uchratadi(Eva grekchada shunaqa ataladi). U bilan juda ko’p bora duch keladi lekin singlisi ekanligini bilmaydi toki Maykroft aytmaguncha! Singlisi bilan kurishish uchun Shyerinford kasriga boradi(ajdodlaridan qolgan).
Singlisi bilan uchrashish paytida ajoyib holat yuz beradi. Bu albatta aka-singil uchrashuvi qay holatda o’tganini bildiradi. Bu ajib holatda shunaqa suhbat bo’ladiki yoshlikdan to hozirgacha bo’lgan voqealar esga olinadi.
Diqqatt savol! bu ajib holat qanday holatda (ikkalasini suhbati) bo’lganini Sherlokni o’zidan kelib chiqib aytib bering?

Javob: Skripka chalgan holatda

7865. U kerakli ashyo 1900 yil Norvegiyada ixtiro qilingan. U ashyochani yasalishi juda oddiy bo’lsada, haligacha uni o’rnini bosadigan vosita o’ylab topilmagan. Deyarli hamma davlatda u ashyocha chiqarilmoqda. Oslo shahrining markazida uni 250 marta kattalashtirilgan haykali bor. Savol: u qanday kerakli ashyo?
Javob: Skrepka ya’ni qisqich

7866. Onore de Balzakning “Muhabbat ostonasi” qissasi qahramoni uyining derazasiga yangi gazetalardan ilib qo‘yadigan odati bo‘lgan. Gazeta sotib olishga qurbi yetmaydigan odamlar kelib, shu gazetalarni o‘qib ketishar edi. Siz uning bu ishni nega qilganini emas kasbi nima bo‘lganini toping?
Javob: U rassom bo‘lgan.
Gazetalarni o‘qigani kelgan odamlar u yerda soatlab turishgan hamda o‘zlari bilmagan holda naturachilik qilishgan. Rassom oynaning orqasidan turgan odamlarning suratini shu zaylda tekinga chizgan.

7867. Fransiyaning Bezanson shahrida fotografiya bilan qiziquvchi rassomning oilasida 1862 yili birinchi o‘g‘il tug‘ilganida unga Ogyust deb ism berishadi, oradan ikki yil o‘tib ikkinchi o‘g‘il Lui dunyoga keladi. Ular ulg‘aygach o‘z otalarining familiyasini butun dunyoga mashhur qilishadi. Savol Siz manga o‘sha rassomning familiyasi qanday bo‘lganini ayting?
Javob: Lyumer

7868. Turk sultonligi va Rus imperiyasi o‘rtasidagi o‘zaro chetki (neytral) hududlar bo‘lgan yerlarda tashkil topgan davlat nomini ayting?
Javob: Ukraina.
Izoh: “Okraina” so‘zining rus tilidagi qadimgi varianti, “Chetki” degan ma’noni anglatadi, Usmoniy turklar imperiyasi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi rus-turk urushi davrigacha o‘zaro chetki chegara hududi.

7869. Ushbu yog’ Ayollarni yoshartirishga yordam beradigan laurin kislotasiga boy hisoblanadi. Bunda yog’lilik darajasi yuqori bo’lgani sabab sifatli va uzoq vaqt o’z holatini o’zgartirmaydi.
By nimadan olinadigon yog’ ya’ni nimani yog’i?

Javob: Kakos yog’i

7870. Bu sport AQShda paydo bo’lgan. Ilk nomi “Mintonett”. Bu sport Xalqaro Federatsiyasi 1947-yilda asos solingan. 1964-yildan Olimpiya o’yinlariga kiritilgan. Yurtimizda u bilan 700 mingdan ortiq odam shug’ullanadi.
Qaysi sport?

Javob: Voleybol

7871. Zamonaviy uning vatani Angliya(XVI-XVII asrlar). Dastlabki qoidalar ham shu yerda qabul qilingan. Zamonaviy u XVIII asrdan shakllana boshladi. XX asr 20-yillarida O’zbekistonda ommalashdi. Ilk musobaqa Toshkentdagi “Fortuna” sport jamiyatida o’tkazilgan. Oldingi sonlarimizda bu sport haqida emas aynan yurtdoshimiz g’alabasi haqida savol berilgan edi. Qaysi sport turi haqida gap ketmoqda?
Javob: Boks

7872. Bu sport XIX asr 60 yillarida Kanadada paydo bo’lgan va Yevropaning shimoliy davlatlarida ham keng tarqalgan. Ilk assotsiyasi Torontoda tuzilgan. 1886-yilda ilk qoidalari ishlab chiqildi. Monrealda U uchun dastlabki sport majmuasi qurilgan. Bu sport turli maydonlarda o’ynaladi. Yuqorida berilgan ma’lumotlardan foydalanib menga maximal aniqlikda javob bering?
Javob: Muz ustidagi shaybali xokkey
Qo’shimcha: xokkeyning uchta turi mavjud.
Chim usti xokkey
Muz ustida to’pli xokkey
Muz ustida shaybali xokkey

7873. Bu sport nomi fransuzchadan olingan. Vatani Xitoy va Hindiston. XVI-XVIII asrda Yevropada ayniqsa Fransiyada keng tarqaldi. Bu sporti anjomlaridan biri asosan fil suyagidan yasaladi. Bu sportni toping?
Javob: Bilyard
Bilyard toshlari fil suyagidan yasaladi

7874. Alfa qadimdan kishilik jamiyati turmush tarzining bir qismi bo’lgan sport turi sifatida XV-XVI asrlardan Ispaniya va Italiyada shakllana boshlagan. 1517-yil Italiyada ilk o’quv qo’llanmasi yaratilgan. XVII asr oxirida Fransiyada qoidalar ishlab chiqildi. 1913- yilda Parijda alfa Xalqaro Federatsiyasi tuzildi. 1896-yildan Olimpiya o’yinlariga kiritildi. Bu sport turi anjomi italyanchadan “sovuq qurol”. Gap qaysi sport turi haqida ketmoqda??
Javob: Qilichbozlik

7875.
Hazil savol
Davom ettiring.
Bir o’zbekdan so’rashibdi:
— Nimaga sizlar savolga savol bilan javob qaytarasizlar?
O’zbek javob qaytaribdi:
— …

Javob: Qachon shunday qildim?

7876. XVII-XIX asrlarda Vatikanda bilim olish katolik dinidagi yoshlarning katta orzusi bo’lgan. O’qishning birinchi davrida ularni “Prelatlar” deb atashgan. Ikkinchi bosqichda ularni “Monsinyorlar” deb atashgan. Uchinchi bosqichda esa “Episkoplar” deyilgan. Ikkinchi bosqichdagi monsinyorlardan yashil, uzun paypoq kiyib yurish talab etilgan. Faqat bir holatda monsinyorlar yashil paypoqni yechishgan. Yashil paypoqni yechish bilan ular nimani bildirishgan?
Javob: Uylanishni ixtiyor qilgan talaba yashil paypog’ini yechgan.

7877. Fransiyalik yozuvchi E.Labule shunday degan ekan: “alfa” bugunning zo’r dushmanidir. “alfa: bizni bor-budimizdan ayiradi, faolsizlikda ushlab, oxir-oqibat notavon qiladi.
Diqqat savol! alfani toping?

Javob: Ertaga

7878. Blits
1.Bu futbolchi 1985-yil tug’ilgan.
Terma jamoasida 196 o’yin o’tkizgan, bu ko’rsatkichi bo’yicha jahonda ikkinchi o’rinda turadi. 2006 va 2010 yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo’lishga nomzod bo’lgan.
Bu Futbolchining familiyasini toping.
2.Bu so’z arabcha —” ishboshi” , “boshqaruvchi” ma’nolarini bildiradi. Islom tarixida vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf yerlarini ijaraga berish, vaqf mulkida xoʻjalik ishlarini yuritishni boshqargan .
Savol, bu qaysi lavozim?
3.Ushbu shaxs 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida tugʻilgan.Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Shuningdek, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlarini yozgan, bir necha opera va film, jumladan, „Maftuningman“ filmi musiqasini bastalagan.
Diqqat bu ijodkorning ismi nima?

Javoblar:
1.al Mutava
2.Mutavvali
3.Mutavakkil (Burhonov)

7879. “Shahzoda va bo’ri 4” multfilimida  sfinks shahzoda va bo’riga quyidagicha savol beradi:
Nima kelmasdan keladi-Ketmasdan ketadi.
Bo’ri javobni topadi.
Diqqat savol: Bo’rining so’ngi javobini ayting?

Javob: Xotira

7880. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida “To‘qayli yer uchmoh, og‘ochsiz yer tamug‘ ” maqoli keltirilgan. Uchmoh va tamug‘ turkiy so‘zlar bo‘lsada uni kam ishlatganimiz uchun deyarli tilimizdan chiqib ketdi. Agar siz uchmoh va tamug‘ nimaligini topgan bo‘lsangiz, Iqbol Mirzoga ko‘ra uchmoh bilan qaysidir ma’noda geopara bo‘lgan joy nomini yozib bering?
Javob: O‘zbekiston.
Izoh: turkiy tilda uchmoh – jannat, tamug‘-do‘zaxdir (maqolning ma’nosi daraxtzor yer – jannat, daraxtsiz yer do‘zax). Iqbol Mirzoning she’rida “Agar jannat ko‘kda bo‘lsa ostidadir – O‘zbekiston,
Agar jannat yerda bo‘lsa ustidadir – O‘zbekiston
Degan misralar uchraydi. Bunda O‘zbekistonning jannat bilan geopara yoki uyg‘unligiga ishora qiladi.

7881. U Denni Rubin asari asosida yaratilgan. U Denni Rubin asari asosida yaratilgan. U Denni Rubin asari asosida yaratilgan.
Savol. Uni aniq yozib bering. Uni aniq yozib bering. Uni aniq yozib bering?

Javob. “Sug’ur kuni” filmi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10211?comment=81965)
Izoh: Savol matni va savol formasi takror-takror keltirilishi filmdagi sug’ur kunining qayta-qayta kelishiga ishora edi.

7882. Olmaxon – jussasi kichkina, ammo serharakat jonzot. Serharakatligiga daraxtda yurgani sabab emas ekan. Yana bir holatga diqqatingizni qarating: olmaxon qishin-yozin qalin dumlariga o’ranib uxlar ekan. Olimlar uning bunday uxlashiga aniq bir sabab bor, deb ko‘rsatishadi. Qanday aniq sabab ko‘rsatiladi?
Javob: Olmaxonda tabiiy bir kamchilik bor ekan, ya’ni uning tana harorati tezda pasayib ketadi. Uxlaganda o’ranib yotmasa, uyqudan turguncha, hatto nobud bo‘lishi ham mumkin ekan.

7883. Tarqatma
Siz quyida ko’rib turgan tarqatmada dizayner Yudjeni Kuitlet tomonidan Air France (Eyr Frans) aviakompaniyasi foydalanuvchilari ovqatlanishi uchun ishlab chiqilgan bir martalik jihozlar to’plami ko’rsatilgan. Qiziqarli tomoni shundaki bu jihozlar faqatgina ovqatlanish uchun bir martalik bo’lib, undan keyin esa boshqa vazifani bajarishi maqsad qilingan. Diqqat savol: ushbu jihozlar ovqatlanib bo‘lingandan so’ng nima vazifani bajarishi mumkinligini aniq ayting?

Javob: o‘yinchoq samolyot yasash uchun

7884. O’zbekiston qonunchiligiga ko‘ra uning oddiy, noto‘g‘ri, qiyosiy va yashirin turlari belgilangan?
Javob: Reklama

7885. Yilning boshlarida qo’zilatish mavsumi bo’lib o’tadi. Bir-ikki oy emgan qo’zichoqlarni onasidan ajratish juda katta muammo bo’ladi. Katta podada ularni ajratib boqishni iloji yo’q. Agar ajratib qo’yilsa, ular mustaqil o’tlab, kunini ko’rib ketadi. Shunda cho’ponlar bir tadbir qo’llashadiki, qo’zichoqlar emishdan to’xtaydi.
Cho’ponlar qanday tadbir qo’llaydilar ?

Javob: Bahorda ona qo’ylar yungi olinadi va cho’miltiriladi. Ularning tashqi qiyofasi ham, hidi ham o’zgaradi. Tajribasiz qo’zichoq onasini tanimay qoladi.

7886. Aniqlanishicha, bu ro’yhatning ikkinchi o’rnida burgutlar, undan keyin otlar, sigir va fillar tasvirlangan ekan. Birinchi o’rinda nima tasvirlanadi va bu qanday ro’yhat?
Javob: Birinchi o’rinda SHER. Yuqoridagilar gerbda tasvirlangan hayvonlar.

7887. Bu shahar o’rni qadimda botqoqlik bo’lgan. Shahar ana shu botqoqlik ustiga qoraqarag’ay daraxtlarini yotqizish orqali qurilgan. Hozirgi kunda bu shahar ichidan 500 ta kanal oqib o’tadi. Ancha chiroyli shahar. Gap qaysi shahar haqida ketmoqda?
Javob: Amsterdam

7888. Me’mor Sostrad Knidskiy vaqti kelib odamlar meni unutib yuborishlari mumkin degan o’yga borib, toshga shunday so’zlarni yozib qoldirgan: «Kniddan chiqqan Deketifonning o’g’li Sostrad xavf-xatardan saqlovchi tangriga bag’ishladim deb». Hurmatli bilimdonlar, gap qanday xavf-xatarni oldini oladigan loyiha xususida ketmoqda?
Javob: Uning balandligi 120 m, 1-qavati toshdan, 2-qavati oq marmardan, 3-qavati ustunlar bilan to’rtburchak qurilgan xandak. Xandakdan yoqilgan shu’la bir necha 10 kmdan ko’rinib turgan. Bu – Faros orolida qad ko’targan Iskandar mayog’i edi.

7889. Xalq tomonidan “Amiri Mas’um” deb chaqirilgan Amir Shohmurod qayerni xukmdori bo’lgan?
Javob: Buxoro

7890. Kovent Gardenda ikki marotaba 1808 va 1856 yillari, Parijdagi Odeon teatrida 1799, 1806 va 1819 yillari, Moskva Katta teatrida turli yillarda 3 marotaba bir xil xodisa bo’lgan.Savol Xo’sh nima bo’lgan??
Javob: yong’in bo’lgan

7891. Alfalar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Yevropada esa XIV – XVII asrlarda ko’plab yaratila boshlangan.
Alfa larning eng yirigi Fransiyada bo’lib 1526-yilda qurilgan va dastlab qirol saroyi vazifasini bajargan.
Diqqat savol: alfa ni toping?

Javob: Muzey

7892. Bu sportga o’xshash o’yinlar mil.avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida ma’lum bo’lgan. Keyin Yevropaga o’tgan. 1848-yilda Zamonaviy bu sport qoidalari ishlab chiqilgan. Ilk klub Sheffildda ochilgan. 1896-yildan Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi. Qaysi sportligi toping?
Javob: Futbol

7893. 1920-yil dunyo u sporti ixlosmandlari nigohi Belgiyaning Antverpen shahriga qaratilgan. Musobaqalashayotgan 2 jamoada 6tadan o’yinchi ishtirok etadi. Yakuniy natijalar esa Kanada – oltin, AQSH – kumush, Chexoslavakiya esa – bronza medalini qo’lga kiritgan.
Qaysi sport?

Javob: Xokkey

7894. Turkiyaning so’nggi 50 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan bu futbolchini “Bolqon Xo’kizi” deyishganicha bor. Zero, U bunday ta’rifga munosib ekanligini allaqachon isbotlagan. U kim?
Javob: Xoqon Shukur ( Shukur afandi)

7895. Futbol sharhlovchisi nutqidan: “Yon chiziq hakami chiroyli holatlar ko’rsatmoqda. Avval u bilan shug’ullangan bo’lsa kerak” ( u lekin sport turi emas.)?
Javob: Balet bilan.

7896. Xorvatiyada hatto ayollar ham bu futbolchining ismini ”yaxshi” bilishadi chunki bu ism tarjimasi oltin deb tarjima qilinadi. Bu futbolchi 2016 yilning o’zining eng qo’pol hazili bilan taniqli. Hattoki u bir futbolchining tug’ilgan kunida o’z suratini yuborib sen ham doim menga o’xshab yur degan tabrik xati yozgan. Savol xorvatlarning oltini yoki bu futbolchi ismi?
Javob: Zlatan Ibragimovich. Uning eng qo’pol hazili PSJdagi futbolkadagi Eyfil o’rniga o’zini suratini qo’yishlarini so’ragani va CR7 ni tug’ilgan kuniga o’z suratini yuborib sen ham Zlatandek bo’l degan sovg’asi.

7897. U aslida oqish rangda bo’ladi. Aynan mutaxassislar uni qalbakilashtirilishini oldini olib, qizg’ish och qizg’ish rangda ishlab chiqaradi. Uni qalbaki ishlab chiqaruvchilar uchun qizg’ish ranga kiritishlari mushkul va bu ularga qimmatga tushadi. Uni xohlagan dorishunos ajratib olishi mumkin. Savol: Aytingchi nimaga rang berish haqida gap ketmoqda?
Javob: Benzin

7898. Hind Braxmanlari bilasiz, jonzotlarni ozor bermaslik tarafdorlari hisoblanishadi. Xatto qurt-qumursqalarni ham bexosdan bosib olmaslikka harakat qilishadi. Xaydarobod shahrida hind ruxoniylari yarador qushlar uchun kasalxona ochishgan. Bir katakda yarador burgut, lochin, qirg’iy kabi kushlar, yana bir katakda to’tiqush, kanareyka, sa’va kabi qushlar, keyingi katakda tovus kabutar, oqqush kabi qushlar saqlangan va h.k. Kasalxonada yana bir toifa qushlar ko’p saqlanmaydi. Tez birinchi yordam ko’rsatilib, ulardan tez qutulishga harakat qilishadi. Sizlar u qanday kushlar ekanligini va ulardan nega tez qutulishga harakat qilishlarini toping?
Javob: Bu yirtkich qushlar. Ularni kasalxonada uzoq asrash ruxoniylarning e’tiqodlariga zid. Ularni boqish uchun qaysidur jonzotni o’ldirib, uni go’shti bilan yirtkich qushlarni boqishlariga to’g’ri keladi.

7899. Uning tahminiy marshruti quyidagicha: Puding-leyndan — Fish-stritga va ko‘prik orqali Temz-stritdan — Old-Suon-Leyn — Daugeytlarga. So‘ngra, Chipsayddan daryo bo‘ylab Tauer-stritga va Fencherch-strit orqali va Bey-ards-kaslga. Aytingchi, bu erta kuzgi “sayyoh”ning ajoyib sarguzashti qaysi yili amalga oshgan edi?
Javob: 1666 yili. Gap london yong’ini haqida bormoqda

7900. Ma’rifatparvar adob Abdulla Avloniy yozgan: “U shahvatni iffatga, g‘azabni shijoatga, manmanlikni tavozega, yomonlikni yaxshilikka aylantira oladi”. Adib nimaga nisbatan bu ta’rifni bergan?
Javob: Sabrga