Vodorod generatori

Vodorod generatori – kvant generator. Vodorod atomlari dastasi yordamida ishlaydi. O’ta yuqori chastotalar diapazonida juda barqaror elektromagnit tebranishlar manbai hosil qilish uchun ishlatiladi. Vodorod generatorida vodorod atomlari vodorod molekulalaridan elektr razryadi vositasida olinadi, unda atomlar manbaidan tashqari saralovchi magnit tizim, rezonator va ftoroplast yoki teflondan yasalgan maxsus yig’uvchi kolba bo’ladi. Vodorod atomining spektral chiziqlari oddiy (to’lqin uzunligi X=21 sm) bo’lgani uchun Vodorod generatorida ammiakli molekulyar generatorga (X=1,26 santimetr) nisbatan spektr chiziqlarining kengligini aniqroq o’lchash mumkin.