Palembang
Palembang — Indoneziyadagi shahar. Janubiy Sumatra provintsiyasining ma’muriy markazi. Musi daryosining kuyilish joyidan 86 kilometr yuqoridagi port. Aholisi 1,4 million kishi (1990-yillar oxiri). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Palembang — mamlakatda neft qazib olinadigan asosiy rayonnning markazi. Neft va Kauchukni qayta ishlash, oziq-ovqat, kemasozlik, to’qimachilik, qurilish materiallari, azot o’g’itlari zavodi bor. Chetga neft va neft mahsulotlari, kauchuk, kofe va hokazolar chiqariladi.