Panja
Panja — bilaguzuk turi; rang-barang (odatda, ko’zli va boshqalar) munchoqlar yoki marjonlar orasiga kumush va zarhallangan yaproq, g’uncha va boshqa shakllar terib tayyorlanadi. Rang jihatdan ta’sirchan va marjonga o’xshagan turli shakldagi bezakli taqinchoqyaratiladi. Panjani ayollar va bolalar bilaklariga taqadi. Qadimda va o’rta asrlarda yomon ko’zdan asrashi maqsadida tosh va sopoldan qo’l (panja) shaklidagi osilchoklar qilingan. 2-3 yoshdan qizlar metalldan yasalgan bilaguzuklar taqishgan.