Pansionat

Pansionat (Fransuzcha pensionnat) — dam olish uyining bir turi yoki kurortda dam oluvchilar mehmonxonasi. Asosan, shahar tashqarisida, xushmanzara joylarga quriladigan bino va inshootlar majmui. Pansionat xonalari 1 kishiga, oilaviy va keksa kishilarga mo’ljallanganligi bilan dam olish uylaridan farqlnadi. Pansionatda yotoq korpusi, oshxona, kinokontsert zali, ma’muriy, xo’jalik va boshqa yordamchi xonalar bo’ladi.