Patriarxal oila, katta oila
Patriarxal oila, katta oila — erkak boshchilik qiladigan oila. Matriarxatning patriarxatga o’tish davrida vujudga kelib, birgalikda xo’jalik yurgizuvchi qarindoshlarning bir qancha avlodidan tashkil topgan. Patriarxal oila, asosan, ilk xo’jalik jamoasi bo’lgan, uning iqtisodiy asosini yerga va ishlab chiqarish qurollariga umumiy egalik (ishlab chiqarishga ham, iste’molga ham) tashkil etgan.