Penzias (Penzias) Arno Allan
Penzias (Penzias) Arno Allan (1933.26.6, Myunxen) — amerikalik radiofizik va astrofizik. Kolumbiya universitetini tugatgan (1958). 1961 yildan “Bell telefon laboratoris” firmasida ishlab, 1964 yilda R. Vilson bilan hamkorlikda reliktiv nurlanishni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1978, R. Vilson bilan birgalikda).