Perfuziya
Perfuziya (lotincha perfusio —quyish) — qon tomirlari orqali qon, qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar, fiziologik eritma yoki boshqa biror suyuqlik yuborish. Tibbiyotda a’zo va to’qimalarni ko’chirib o’tqazishda, shuningdek, a’zo funktsiyasini yoki turli moddalarning ajratib olingan a’zoga ta’sirini o’rganishda qo’llanadi.