Prezident
Prezident (lotincha praesidens — oldinda o’tiruvchi) — 1) hozirgi ko’pchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qo’yiladigan davlat boshlig’i. BMT ga a’zo bo’lib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortig’ida Prezident lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshqaruv shakli ilk bor AQSh da 1787 yil vujudga kelgan. O’zbekiston tarixida birinchi Prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda ta’sis etildi. 1991 yil 29 dekabrda esa alternativ asosda o’tkazilgan umumxalq saylovida I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi; 2) ayrim ilmiy va jamoat tashkilotlarida, partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar (shu jumladan, xalqaro uyushmalarda ham) ijrochi organ boshlig’i.