Promille
Promille — biron-bir sonning mingdan bir ulushi yoki foizning o’ndan bir qismi, %s alomati bilan belgilanadi. Suvning sho’rligini aniqlashda suvning 1000 og’irlik ulushiga necha ulush tuz to’g’ri kelishini bildiradi. Sho’rligi 1%o gacha bo’lgan suv ichishga yarokli hisoblanadi. Dunyo okeani suvining o’rtacha sho’rligi 35%”. Ayrim joylarda 42%o gacha, qutbiy o’lkalarda 33-34%o bo’ladi.