Volgograd traktor zavodi

Volgograd traktor zavodi (1961 yilgacha Stalingrad traktor zavodi, STZ) — sobiq Ittifoq traktorsozlik sanoatining eng yirik va dastlabki korxonasi. Volgograd shahrida joylashgan. 1930 yil ishga tushirilgan. 1942 yilgacha STZ-1, STZ-5. STZ-8 g’ildirakli traktorlar ishlab chiqargan. Urush davrida harbiy texnika va qurol-aslaha tayyorlagan. 1943 yil zavod butunlay vayron etilgan. 1944 yilda zavod qayta tiklanib, gusenitsali (zanjirli) traktorlar (DT-54, DT-55 va boshqalar) ishlab chiqarishga moslashtirilgan. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalikda keng qo’llanadigan DT-75 traktorlarini ishlab chiqaradi. Zavodda ishlab chiqarilgan traktorlar 90-yillarning o’rtalarigacha O’zbekiston qishloq xo’jalik mashina-traktor parkining asosiy qismini tashkil etgan.