Pavlenko Viktor Vladimirovich

Pavlenko Viktor Vladimirovich (1932.14.4, Semipalatinsk viloyati Kukpekti qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (1985). MXAT qoshidagi teatr studiyasini tugatgan (1971). Sahna faoliyatini 1954 yildan boshlagan. Pavlodar, Kustanay, Barnaul, Saratov, Orenburg teatrlarida, 1971-92 yillar Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida ishlagan. Otello, Altifol (U. Shekspir, “Otello”, “xatolar komediyasi”), Kutuzov, satin (M. Gorkiy, “Qashshoq qalb qissasi”, “tubanlikda”), Batarsev (A. Gelman, “Imzo”), Lopaxin (A. Chexov, “Olchazor”), Avaliani (A. Chxeidze, “uchdan oltigacha”) kabi rollari bilan tanilgan. Pavlenko tragik rollar ustasi sifatida ma’lum.