Pavianlar

Pavianlar (Papio) — martishkalar kenja oilasiga mansub tor burunli maymunlar urug’i. Tanasining uzunligi 75— 80 santimetr, dumi 50-60 santimetr, og’irligi 25 kilogrammdan ortiq. Juni uzun, ba’zan yol hosil qiladi. Quymich qadog’i katta, qizil. 3— 5 yoshda voyaga yetadi, bo’g’ozlik davri 170 kun, odatda, bitta bola tug’adi. Afrika, Arabiston va Sulavesi orolida uchraydi. Qoyalarda poda bo’lib yashaydi. O’simliklarning ildiz mevalari, piyozlari, hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar va boshqalar bilan oziqlanadi. 5 turi (gamadril, babuin va boshqalar) bor. Yerda hayot kechiradi.