Pavilon
Pavilon (Fransuzcha pavilion, lotincha papilio — chodir) — 1) atrofi ochiq, yengil va ixcham qurilgan ko’shksimon imorat, shiypon. Tabiat bilan o’zaro uyg’unlashtirilgan. Sharq me’morligida saroy va ibodatxonalar qurilishida, Yevropa saroy Park ansambllari me’morligida keng qo’llanilgan; 2) Yevropa saroylarining tarkibiy qismi: tomi alohida yopilgan yengil bino. Bunday Pavilonlar tarhi murabba, ko’pqirrali bo’ladi; 3) vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun qurilgan yengil inshootlar. Ko’rgazma, kino, foto, savdo Pavilonlari va hokazolar; 4) teatrda — interyerni gavdalantiruvchi dekoratsiya.