Palma, Palma-demalorka
Palma, Palma-demalorka — Ispaniyadagi shahar, Malorka oroli (Balear orollari)da. Balear orollari viloyati va Baleares provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 319,1 ming kishi (1998). Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. To’qimachilik, oziq-ovqat, ko’n-poyabzal, kemasozlik, oynashisha sanoati korxonalari, univesitet bor. Gilam ishlab chiqariladi. Shaharga 3-asrda asos solingan. 13-15- asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Palma va uning atrofi dengiz iqlim kurorti. Turizm markazlaridan.