Volf-raye yulduzlari
Volf-raye yulduzlari – temperaturasi yorituvchanligi juda yuqori bo’lgan yulduzlar sinfi. Boshqa qaynoq yulduzlardan keng polosali nurlanish spektrida vodorod, geliy, kislorod, uglerod, azot mavjud bo’lishi bilan farqlanadi. Volf-raye yulduzlari frantsuz astronomlari V. Volf va J. Raye nomlari bilan bog’liq. Shu olimlar o’sha yulduzlarning xususiyatlarini birinchi marta aniqlashgan (1867). Galaktikada taxminan 130 Volf-raye yulduzlari ma’lum. Ularning yorituvchanligi Quyosh yorituvchanligidan 4000 marta ortiq, effektiv temperaturasi 50000° dan yuqori. Ularning radiusi 10-15 Quyosh radiusiga teng, massasi 10 Quyosh massasini tashkil qiladi. Ko’pchilik Volf-raye yulduzlari yaqin qo’shaloq yulduzlar hisoblanadi. Odatda, yo’ldoshlari 0 spektr sinfidagi normal qaynoq yulduzlar jumlasiga kiradi. Volf-raye yulduzlari spektrlarida nurlanish polosalari kengligi 50-100 A.