Vodorod tsianid

Vodorod tsianid, tsianid kislota, HCN — kuchli zahar; rangsiz, uchuvchan, o’ziga xos hidli suyuqlik; qaynash temperaturasi 25,7°; suyuqlanish temperaturasi -13,1°, juda kuchsiz kislota; achchiq bodom, o’rik, shaftoli va olcha mag’zida glyukozidlar tarzida uchraydi. Sanoatda ammiak va metanning havo bilan aralashmasini katalizator (platima) ishtirokida, laboratoriyada esa ba’zi tsianidlar (NaCN), K4[Fe(CN4),,)] ga suyultirilgan sulfat kislota qo’shib, qizdirish yo’li bilan olinadi. Vodorod tsianid organizmda fermentativ jarayonlarni to’xtatadi. Vodorod tsianid qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash, dezinfektsiyalashda ishlatiladi. Kimyo sanoatida polimerlar (akrilonitril, metakrilat va boshqalar) ishlab chiqarishda, sintetik sut kislota tayyorlashda, tuzlari oltinni rudalardan ajratib olishda va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi.