Qarqarali

Qarqarali — Qozog’iston Respublikasi Qarag’anda viloyatidagi shahar. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qarag’ayli (23 kilometr). Qarqarali tog’i etagida joylashgan. Qishloq xo’jalik tumani markazi. Aholisi 7,8 ming kishi (2002). Zooveterinariya bilim yurti bor. Qarqarali 1824 yil da kazaklar stanitsasi sifatida vujudga kelgan.