Qarg’alar

Qarg’alar — qarg’asimonlar oilasiga mansub 2 tur: kulrang Qarg’alar va qora Qarg’alarning umumiy nomi. Ba’zan 1 turning 2 kenja turi sifatida qaraladi. Uzunligi o’rtacha 47 santimetr. Kulrang Qarg’alar pati kulrang va qora; qora Qarg’alarniki — faqat qora bo’ladi. Bu 2 tur areali chegarasida oraliq tusli gibrid formalar ham uchraydi. Qora Qarg’alar Yevropa va Osiyo g’arbida va shimoliy Amerikada; kulrang Qarg’alar Yevrosiyoning boshqa hududlari va shimoliy Afrikada tarqalgan. O’rmonlar, xiyobonlar, ba’zan qamishzorlarda uya quradi. Kulrang Qarg’alar har xil muhitga moslana olishi va murakkab xulq-atvori tufayli shaharlarda ko’p uchraydi. Ayrim joylarda o’rdaklar va boshqalar qushlar uyasidagi tuxumlari va bolalarini yeb, birmuncha ziyon yetkazadi.